G’oziev E.
Umumiy psixologiya. – Т., 2002. – Б. 25
7
–
pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
–
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug’ilganidan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va
o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi
tamoyillarini o’rganadi;
–
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari
natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinma
va xulq-atvorlarni o’rganadi;
–
muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari
operatorlarining faoliyatini,
odam-texnika
o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;
– harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon
bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi
munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
–
savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari,
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat
ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi;
–
tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o’rganadi.
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi,
boshqaruv
psixologiyasi,
shaxs
psixologiyasi,
sport
psixologiyasi,
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko’plab sohalar mavjudki,
ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning
fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi. Texnik muxandis xodimlarning
faoliyati jamiyatda mavjud bo’lgan barcha kasblardan, avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlari sifatida ish ko’rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat
ma’lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko’rishni talab etadi. Bu esa
texnik muxandis xodimlarning faoliyatida yuz beradigan psixik holat va
jarayonlarni alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o’rganishni taqozo etadi.
8
Xo’sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima?
Kasbiy psixologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy psixologiya fani
tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda
kasbiy psixologiya
o’ziga xos
predmet
bo’lib,
odam-texnika
o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi.
Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi.
Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli
faoliyatlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Bundan ko’rinadiki, har ikkala
fanning ob’ekti va sub’ekti shaxs, inson hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya
tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni soxaviy, masalan, texnik
muxandis xodimlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini
o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning
qonuniyatlarini o’rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun
tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani
texnik muxandis xodimlarining munosabatlari,
odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va
qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining
psixologik asoslarini o’rganish
maqsad
qilib qo’yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi
– texnik muxandis xodimlar
faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro
munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko’nikma va
malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat:
–
texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o’rganishdan
hosil bo’lgan bilimlar;
–
texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik
holatidan hosil bo’lgan xulosalar;
–
texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va
9
faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.
Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o’z ob’ekti mavjud,
ular quyidagilardan iborat:
–
texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi;
–
texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi;
–
fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;
–
shaxsning tuzilishi;
–
shaxsning faoliyati;
–
shaxsning faolligi va uning shakllari.
Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi
mavjud:
1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishlarini paydo bo’lishi, shuningdek
psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mexnat sharoitlari va usullari,
ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining
shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi.
2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mexnat psixologiyasining
rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining
mehnatda namoyon bo’lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy
maslahat va mexnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal
qiluvchi mexnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo
bo’lishi mexnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana
boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo’yicha
tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi
va birinchilardan bo’lib AQShda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko’zga
tashlangan.
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga
yo’naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib
10
borgan. Xususan, “Differentsial diagnostik so’rovnoma” (DDS) metodikasini
ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning
kasbiy mexnatga o’rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko’nikma va
malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb
psixologiyasi masalalarini o’rganish bo’yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov,
B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug’llanganlar.
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining
faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi,
rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Dostları ilə paylaş: |