Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
3. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida 
Kasbiy psixologiya fani ham ma’lum bir psixologik qonuniyatlarni 
o’rganadi va ularni amalda qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Psixologik qonuniyat 
u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va 
rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog’liqligidan iboratdir. Bunday 
psixologik qonuniyatlardan biri ma’lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning 
takror namoyon bo’lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish – muayyan psixik 
hodisani tushunish, oldindan ko’ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. 
Shuningdek, muxandis xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy 
xususiyatlarini chamalab ko’rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, 
ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda 


16 
xatoga yo’l qo’ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual 
xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni 
hamisha o’rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik qonuniyatlar 
umumiy va juz’iy bo’lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga 
yoki ko’pchilikka aloqador bo’lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda 
sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo’zg’atuvchining kuchiga nisbatan 
(o’rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o’sib boradi. 
Juz’iy qonuniyatlar ba’zi yoshdagi kasb egalari va ba’zi toifadagi 
shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, o’smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik 
bilan rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o’smirlarga xos bo’lgan juz’iy 
qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o’ylab tashkil qilingan hamda 
rejali ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik 
murakkab bo’lishidan qat’i nazar, ko’pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis 
uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. 
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba’zi asosiy bosqichlarga ham bo’lish 
mumkin. 

Masalaning qo’yilishi
. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi, 
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega bo’lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda 
qanchalik o’rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni 
o’rganishdan boshlanadi. 

Tekshirish metodikasini tanlash
. Psixologik kuzatishlar turli metodlar 
(bu metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning 
muvaffaqiyatli chiqishi ko’p jihatdan metodni tanlashga bog’liq bo’ladi. 

Aniq ma’lumotlarni to’plash
. Ma’lumotlar, I.P.Pavlov ta’biri bilan 
aytganda, olim uchun go’yo havodek zarur narsadir. To’plangan ma’lumotlar 
o’rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma’lumotlarga bo’lgan 
asosiy talab – ularning to’liq va izchil bo’lishidir. To’plangan ma’lumotlar 
o’rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 

Aniq ma’lumotlarni ishlash
. To’plangan ma’lumotlarni matematik va 


17 
mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni 
tasodifiy materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to’plangan 
materiallarning o’rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar 
aniqlanadi, songa oid ma’lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma 
ko’rinishlarida aks ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma’lumotlarni 
aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qo’llanadi. 

Qonuniyatning ifodalanishi
. Bu tekshirishning eng qiyin va mas’uliyatli 
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatini chuqur 
tushunish, ularning o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak bo’ladi, binobarin, 
bitta ma’lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan 
xulosalar taxminiy xususiyatga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar
uchun asos bo’ladi. 

Qonuniyatni amalda qo’llash
. Aniqlangan qonuniyat ma’lum bir 
amaliyot sohasida, masalan, ishlab chiqarish jarayonida insoniy munosabatlar 
psixologiyasini o’rganishdan to’plangan tajriba keyingi jarayon uchun kerak 
bo’ladi. Ko’pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda 
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo’lsa ham, har 
holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo’lmaydi, 
boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi. 
Kasbiy psixologiya fani o’rganishi kerak bo’lgan qonuniyatlarni quyidagi 
uch guruhga ajratish mumkin: 
-
Texnik muxandis xodimlarning shaxsi va ish faoliyati bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan psixik qonuniyatlar; 
-
Faoliyat turi bo’yicha shaxsning psixikasini o’rganishga qaratilgan 
psixologik qonuniyatlar. 
Hozirgi kunda o’zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy 
izlanishlar olib bormoqdalar. 
Kasbiy psixologiyaning o’ziga xos printsiplari mavjud. Har qanday usulda 
o’tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator tamoyillarga rioya qilishni talab 


18 
etadi. Masalan: sub’ektiv (psixologik) asosga nisbatan ob’ektiv (moddiy) 
asosning birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning etakchilik roli
psixik hodisalarning o’ziga xos bog’liqligi tamoyili, psixologik faoliyatni 
o’rganishda ob’ektivlik tamoyili, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi 
tamoyili

Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asosning birlamchiligi tamoyili 
psixika 
moddiy bo’lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib 
chiqadi. Shaxsni o’rganishda biz psixik faoliyatning ko’plab tashqi 
ko’rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari: 

og’zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o’zi (shaxsiy hisobot 
ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g’oyat muhim hisob- lanadi. Nutq orqali 
shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarash- lari, intilishlari, bilimi va boshqalar 
haqida xulosaga kelish mumkin; 

shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o’z 
qo’llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va 
boshqalar aniqroq ma’lumot beradi; 
- psixik faoliyatning tashqi ko’rinish va tanada namoyon bo’lishi. Bu ko’z 
qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon 
aylanishining o’zgarishi, miya elektr faolligining o’zgarishi va hokazo. 
Shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi 
namoyon bo’lishigina emas, balki psixikaning o’zi tashqi namoyon bo’lishiga 
qarab ham o’zgaradi. Bu fanda determenizm tamoyili deb nomlanadi. 
Psixikani tashqi namoyon bo’lish shakli orqali o’rganish vositali bilish 
deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o’rganishning 
asosiy metodi sifatida o’z-o’zini kuzatish (introspektsiya) metodidan foydalanib 
kelingan. Biz o’z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o’z-
o’zini kuzatish metodi o’ta qulay tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash 
xatodir, chunki o’z-o’zini kuzatish ko’pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni 
farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto’g’ri ko’rsatadi.


19 
Psixika taraqqiyotida faoliyatning etakchi o’rin tutishi tamoyili 
inson 
psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib 
chiqadi. Shunga ko’ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda 
o’rganish mumkin emas. 
Psixik hodisalarning o’zaro bog’liqlik tamoyili 
bizning ichki dunyomiz 
yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan 
shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan 
shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o’rganishning o’zi asosiy 
maqsad bo’lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning 
boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olib, inson 
texnika munosabatlarida tadqiq etish lozim bo’ladi. 
Psixik faoliyatni o’rganishda ob’ektivlik tamoyili 
boshqa tekshiruvchilar 
qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o’rganishni, real holatni 
ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo’l qo’ymaslikni 
talab qiladi. 
Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi tamoyili 
nazariya amaliyot uchun 
asos ekanligini, u o’z qobig’iga o’ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi 
yo’nalishlar ko’rsatishni anglatadi. 
Kasbiy psixologiya fanining bu tamoyillari birgalikda qo’llaniladi va ular 
har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin