Образование и инновационные исследования (2023 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
303
http://interscience.uz
boradi. Chunki har bir individ o‘ziga xos milliy-madaniy an’analar, me’yorlari bo‘lgan,
ya’ni bugungi ijtimoiy psixologik tushunchalar bilan aytganda ijtimoiy norma, ijtimoiy
qoida, ijtimoiy qonuniyat va ijtimoiy talablar asosida o‘zi yashab turgan jamiyatida
shakllanadi. Ana shu urf-odat, me’yorlar, an’analar ruhida ijtimoiylashuvi uni ana
shu madaniy-tarixiy birlikning a’zosiga aylantiradi. Bu jarayonni boshqacha tarzda
chakaloqning yo fransuz, yo hind, yo o‘zbek bolasiga, o‘smirga aylanish jarayoni deb
ham ifodalash mumkin. Chaqaloqning (milliy tarbiya ob’ekti sifatida) o‘zbek sifatida
shakllanishi o‘zbeklar uchun an’anaviy bo‘lganligi tufayli ko‘zga tashlanmaydi,
tadqiqotlar shuni qayd qilmoqdaki, shaxs madaniylasha (ukrainlasha, arablasha,
o‘zbeklasha...) borar ekan, bu milliylashuv jarayoni milliy-ijtimoiy rollar talablaridan
kelib chiqib, jamiyatning uzluksiz nazorati ostida amalga oshadi. “Milliy-ijtimoiy rol”
tushunchasi, zamonaviy ijtimoiy rollar sotsiologik konsepsiyasi va I.S.Konning (132)
ijtimoiy rolga bergan ta’rifidan foydalangan holda milliy rolni muayyan milliy birlik
ichida an’anaviy ma’qullangan, shu millatga mansub a’zolaridan ularning yoshi, jinsi
va muayyan vaziyatdan kelib chiqib kutiladigan xulq-atvor namunasi» deb ta’riflash
mumkin.
Metodika. Talabalarda harakatni amalga oshirishda holatga va harakatga
yo‘nalganligi. Tadqiqotimizda talabalarning holatga yoki harakatga yo‘naltirilganligini
aniqlash uchun mazkur metodikadan foydalandik. Olingan natijalar 1-jadvalda aks
ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: