Milliy tarbiya ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida



Yüklə 126,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix25.12.2023
ölçüsü126,34 Kb.
#195039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2404-Текст статьи-6385-1-10-20230423

Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
306
Education and innovative research 2023 y. №2
«negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so‘zi esa bir necha ma’noni; 1) din: mazhab; 
2) ummat: bir mazhabga mansub aholi: 3) xalq ma’nolarini anglatadi. «Millat», 
«milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g‘arbona va 
sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘ramiz. Aniqrog‘i, g‘arbiy talqin xristian, sharqiy 
talqin esa islomiy o‘zbeklarga borib tutashadi. Ya’ni Ovrupo xalqlari tillariga «millat» 
tushunchasi lotincha «natio» - qabila, xalq sifatida xristian dini bilan birga kirib 
kelgan bo‘lsa, Osiyoga esa Islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib 
kelib singdi.
«Tarbiya» so‘zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo‘lganligi 
tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, xolis ilmiy-pedagogik ta’rif 
bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so‘zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim 
bermoq; o‘rgatish; odob o‘rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko‘rsatish: ko‘z-quloq 
bo‘lish; himoya qilish kabi ko‘pqirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» so‘zi esa shu 
ko‘pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir. Demak, milliy tarbiyaning 
lug‘aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida 
shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.
Ijtimoiylashuv va milliy tarbiya ta’sirlari orasidagi uygunlik yoki ziddiyat milliy-
ma’naviy taraqqiyotga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tiborga bog‘liqdir. Yangi 
O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat o‘zbek davlatchiligi, an’analari va milliy, 
umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga, inson qadrini eng oliy darajaga 
chiqarishga asoslanadi; iqtisodiyot milliy xususiyatga ega; O‘zbekiston xalqining 
umumiy davlat manfaatlarini ifodalovchi milliy bosh milliy g‘oyasi mavjud: xizmat 
ko‘rsatuvchi muassasalar tili - Davlat tilidir va h.k.
“Milliy tarbiya, milliylashuv esa rivojlanayotgan bola shaxsiga ilk yoshlardanoq 
bevosita ta’sir qilish orqali samaradorlik, tabiiylik, ustivorlik kasb etadi. Dastlab 
birinchi, keyinchalik ikkinchi signallar sistemasi mazmunini belgilovchi milliy muhit, 
milliy ruh, oila, mahalla, qishloq muhiti shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi nazariy manbalarga asoslanib ko‘tarilgan masala yuzasidan, quyidagi
nazariy xulosalarni ilgari surish mumkin, jumladan,
- milliylik - ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy tamoyili natijasida yig‘ilgan madaniy 
qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya - ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan 
holda yosh avlodni zamonaviy sharoitga va kelajakka mos ravishda shakllantirish 
jarayonidir: shaxsning milliyligi va zamonaviyligi - uning ijtimoiylashuvining 
madaniy darajasidir;
- har bir milliy madaniyat - umuminsoniy qadriyatning muayyan ko‘rinishidir. 
Chunki insoniyat - bu xalqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai-nazardan milliy tarbiya - 
har bir insonni o‘z milliy madaniyati manbaida, ya’ni muayyan umuminsoniy qadriyat 
asosida shakllantirishdir;
- har bir inson o‘z Hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o‘taydi. Bu rollar 
mazmuni, ko‘lami, namoyon bo‘lish jabhalari ilk yoshlardan boshlab ko‘payib, 
kengayib, murakkablashib, milliylashib boradi. Ana shunday tug‘ma va ilk 
o‘zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri – shaxsning milliy rolidir;
- xalqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya jarayoni bizning xoxishimizdan 
tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. Shuning uchun 
bu jarayonni davlatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo‘naltirilsa, milliy 
tarbiya ulkan yaratuvchan taraqqiyparvar ma’naviy kuchga aylanadi;
- har bir zamonda shakllanayotgan avlod bilan oldingi avlod vakllari orasidagi 
milliy fazilatlar, milliy qadriyatlar, milliy xarakter xususiyatlaridagi o‘zgarish va 
tendensiyalarni kuzatib borish, ular orasidagi bog‘liqliklarni psxodiagnostik metodlar 
orqali doimiy ravishda tekshirib, ahamiyatga molik jihatlarini monitoringini olib 
borish maqsadga muvofiq;
- oilada farzand tarbiyasi - oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo‘lib 
yetishidagi ota–onaning sa’yi- harakati hisoblanadi. Oiladagi farzand tarbiyasi
uning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi. Demak, bola oilada 



Yüklə 126,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin