Anguage and literature


“Keys uslubi (ingl. Case method – keys uslub



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
uzb-2019 3-son

“Keys uslubi (ingl. Case method – keys uslub
Case-study – keys-stadi, aniq vaziyat uslubi, vazi-
yatli tahlil uslubi) – real iqtisodiy, ijtimoiy va biznes-
vaziyatlar ning tavsiflaridan foydalangan holda 
o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni shakllantirish tex-
nikasidir.
O‘quvchilar vaziyatni tahlil qilishlari, muammo mo-
hiyatini tushu nishlari, mumkin bo‘lgan yechimlarni tak-
lif etishlari va ularning eng yaxshilarini tanlashlari ke-
rak. Keyslar real vaziyatga yaqin bo‘lgan materiallarga 
asos lanadi”.
“Case-study” uslubi ishlab chiqilgan joy Garvard uni-
versiteti (AQSH) hisoblanadi. Dastlabki keysdan 1870- 
yili Garvard universitetining huquq maktabi o‘quv jara-
yonida foydalanilgan. Ushbu uslub 1920-yildan e’tibo-
ran Garvard biznes maktabi (Harvard Business School)
ga joriy qilingan. Garvard biznes maktabi o‘qituv chilari 
biznes yo‘nalishida o‘qiyotgan aspirantlarning dastur-
iga mos darsliklar mavjud emasligini tezda tushun-
dilar. Ularning ushbu muammoni hal etish bo‘yicha 
qabul qilgan birinchi qarorlari biznes bo‘yicha yetak-
chi amali yotchilardan intervyu olish va bu menejerlar 
nima bilan shug‘ullanganliklari, shuningdek, ularning 
faoliyatiga ta’sir etadigan omillar haqida to‘la-to‘kis hi-
sobot yozishdan iborat bo‘ldi. Tinglovchilarga tanishish 
va mustaqil hamda jamoaviy ravishda muhokama mo-
baynida yechimini topish uchun real tashkilot faoliyati-
da vujudga kelgan aniq bir vaziyatning tavsifi berilgan.
Bu uslub dastlab biznes sohasida kashf qilingan 
bo‘lsa-da, hozirda dunyo mamlakatlarida ta’limning 
turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda. 
Shuning uchun 
bu metodga umumiyroq qilib, real vaziyatlardan olin-
gan muammo asosida o‘quvchilarda aniq ko‘nikmalarni 
shakllantirish texnikasi 
deb ta’rif berish mumkin. 
Keyslar turli xususiyatlariga ko‘ra, bir necha toifaga 
bo‘linadi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin