veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
23
навбатчи
Mumtoz shoirlarimiz ismi shariflari, ularning lug‘aviy
ma’nolari, hayot yo‘llari haqidagi ma’lumotlar
ilm uchun
va birinchi navbatda, ularning vorislari –
yosh avlod
uchun mo‘tabardir. Jumladan, ismi noma’lum bo‘lib ke
-
layotgan Mavlono Lutfiy hayoti haqidagi ma’lumotlar
ham.
Alisher Navoiyning she’riyatdagi ilk ustozi, unga
oq yo‘l tilab, ilk g‘azaligayoq tan bergan kishi Mavlono
Lutfiydir. Daho shoirimiz bu kishi haqida “Majolis un-
nafois” va boshqa asarlarida uch-to‘rt marotaba ma’lu-
mot bergan va uni “Malik ul-kalom”, ya’ni “Badiiy so‘z
podshosi” deb sharaflagan.
Chunonchi, “Majolis un-nafois” asarida: “Mavlono
Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi.
Forsiy
va turkiyda naziri yo‘q erdi. Ammo turkiyda shuhrati
ko‘prak erdi va turkcha devoni ham mashhurdir. Va mu
-
taazzir ul-javob matla’lari bor. Ul jumladin biri budurkim:
Nozukluk ichra belicha yo‘q tori gesuyi,
O‘z haddini bilib, belidin o‘lturur kuyi.
Yana biri bukim:
Sayd yetti dilbarim meni oshufta sochdin,
Soldi kamand bo‘ynuma ikki qulochdin.
Va Mavlononing “Zafarnoma” tarjimasida o‘n ming
baytdin ortuqroq masnaviysi bor. Bayozg‘a yozmag‘on
uchun shuhrat tutmadi. Va lekin forsiyda qasidago‘y us
-
todlardin ko‘pining mushkul she’rlarig‘a javob aytibdur
va yaxshi aytibdur. To‘qson to‘qquz yashadi. Va oxiri
umrida radifi “oftob” she’ri ayttikim,
zamon shuarosi
barcha tatabbu’ qildilar. Hechqaysisi matla’ni oncha
ayta olmadilar...
Mavlononing qabri shahr navohisida – Dehi
Kanordakim, o‘z maskani erdi, andadur”.
Alisher Navoiyning “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”
manoqibida bu tabarruk zotning
Lutfiy ijodidan uchta
baytni yod aytib yurgani qayd etilgan.
Keyingi yillarda Mavlono Lutfiyning tavallud joyi, va
-
foti yili, faoliyati haqida ko‘plab yangi ma’lumotlar davriy
matbuot va kitoblarda yoritildi.
Birinchi yangilik shundaki, sobiq Dehi Kanor qish-
log‘ining hozirgi nomi Nangoboddir.
Bu qishloq Hirotdan
25 kilometrlar masofada bo‘lib, Xalqaro Bobur fondi
raisi Zokirjon Mashrabov tashabbusi bilan 2007-yilda
Nangobod yaqinidagi yaydoq
yerda xuddi yashil orol-
dek daraxtzor maskandan Mavlono Lutfiy qabr toshi
topilgan. O‘sha yili mazkur
fond rayosati qaroriga mu-
Dostları ilə paylaş: