Anguage and literature


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
uzb-2019 3-son

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 9-jild. Majolis un-nafois. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa 
ijodiy uyi, 2011. 330-bet.
2. “Fan va turmush” jurnali. 2000-yil. 4-son, 11-bet.
3. Ismatulloh ibn Ne’matulloh Mo‘jiziy. Tavorixi musiqiyun. – Toshkent: “Mumtoz so‘z” nashriyoti, 2010. 29–30-betlar.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
25
навбатчи
Tahlil
Ma’lumki, arabcha “adab” so‘zining ko‘pligini ifoda-
lagan adabiyot bir qancha ma’nolarga ega. Uning ma’no-
laridan ba’zilari yaxshi axloq, yaxshi odobga o‘rgatish, 
yaxshi tarbiya berish, xushmuomalalikdir. Falsafa esa 
yunoncha “donolikni sevish”ni anglatadi. Demak, ada-
biyot insonni odob-axloqqa yo‘naltirsa, falsafa bilimli, 
donishmand bo‘lishga chorlaydi. Ikkalasini mukammal 
egallagan kishi komillikka erishadi. Dunyoning buyuk 
mutafakkirlari, daho shoir va yozuvchilari, donishmand 
olim va faylasuflari bu ikki sohani chuqur egallaganliklari 
sababli o‘z davrininggina emas, barcha zamonlarning 
komil insoni timsoliga aylanganlar. 
Mutafakkir «Ruhiy tabobat» asarida insonning 
xulq-atvori, odamiyligi ijtimoiy va ruhiy muhitdan kelib 
chiqishi g‘oyasini ilgari suradi. Inson hayotning barcha 
jabhalarida faqat o‘z tafakkuri tufayli muvaffaqiyatlarga 
erishishi mumkinligini tahlilga tortadi.
«Ruhiy tabobat» nafaqat falsafiy, balki tarbiyaviy 
asar sifatida ham e’tirof etilib, xalqimiz pedagogik tarixi-
da alohida o‘rin tutadi. Asar mazmun-mundarijasi komil 
inson ezgu fazilatlar va go‘zal axloq sohibi bo‘lishidan 
iboratdir. Bu haqida Roziy shunday yozadi: “Ruhiy ta-
bobat”ning asosiy maqsadi nafs, fe’l-atvor, axloqni isloh 
qilishdan iboratdir. Biz bu mavzuni mo‘jaz usulda bayon 
etamiz”. [3:19]
Har bir inson hayoti axloqiy tarbiyasi bilan chambar-
chas bog‘liq. Qachonki, inson o‘z axloqiy qadriyatlarini, 
ya’ni o‘zligini anglasa, xarakterida ham shunday fazi-
latlarni barqaror etib boradi. Shu nuqtayi nazardan u 
axloqiy tamoyillar asosida yashashga o‘rganadi. “Ruhiy 
tabobat”da hoy-u havasni idora qilish va bo‘ysundirish, 
ulfatbozlik, takabburlik, hasadgo‘ylik, g‘azab va yolg‘on-
chilikdan o‘zni tiyish, to‘yib ovqat yeyish, mayparastlik, 
mansabparastlikka berilmaslik, fazilatli amallar axlo-
qning asosiy kategoriyalari sifatida talqin etiladi. Roziy 
ta’biricha, inson hasad va nafs kasalligidan ko‘plab 
zararli oqibatlarga duchor bo‘lishi mumkin, shuning 
uchun u parhezkor bo‘lishi ya’ni qahr-u g‘a zabdan o‘zini 
tiyishi lozim. Yolg‘ondan hazar qilib, mol-u mulk sohibi-
ni emas, balki hunarmandlarni badavlat hisoblashi, oqi-
bati pushaymonlik keltiradigan amallardan o‘zini tiyishi 
zarur. 
Ruhiy tarbiya – insonni komillikka yetaklovchi 
yo‘llardan biri. O‘qituvchilar esa shaxsning axloqiy ji-
hatdan shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadilar. 
Mutafakkir o‘qituvchining sohibi ehtirom bo‘lishini alo-
hida ta’kidlab, uni ta’lim va tarbiyaning asosiy omili 
deb hisoblaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning ruhiy hola-
tini hisobga olgan holda ular bilan oqilona va mohiro-
na muomalada bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Asarning 
o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, muallif aksari 
hollarda yomon axloqni tanqid ostiga olib, ularni osh-
kor etish zaminida xushxulqlikni ta’rif va targ‘ib etadi. 
Xushaxloqlik insonda faqat tarbiya vositasidagina vu-
judga keladi, bu insonga insoniylik belgilaridan eng 
muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat, axloqiy tarbiya 
esa uni komillik sari eltuvchi yo‘llardan biridir. 
Asardagi odob-axloqni egallash va komil insonni tar-
biyalashga doir masalalar barcha zamonlarga tegishli
bo‘lganidek, hozirgi istiqlol davridagi buyuk davlatimiz 
va xalqimiz uchun ham nihoyatda muhimdir. Zero, 
odob-axloqni to‘kis egallamay turib, o‘qishda ham, ish-
da va hatto yashashda ham muvaffaqiyatga erishish 
nihoyatda mushkul. Shunday ekan, yoshlarimizni komil
inson sifatida tarbiyalashda mumtoz shoir va faylasuflar 
asarlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin