Anguage and literature



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
uzb-2019 3-son

“Qobusnoma”
asari XI asrda yaratil-
gan. Bu asar O‘rta asr Sharq mintaqasi tafakkurida fal-
safiy-axloqiy g‘oyalarni targ‘ib etuvchi mashhur didaktik 
asar hisoblanadi. “Qobusnoma” 44 bobdan iborat bo‘lib, 
Kaykovus bu asarni o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlaydi.
Bu uchala asar pandnoma bo‘lib, yaratilgan asri 
ham bir-biriga yaqin. 
“Qutadg‘u bilig”da: 
“Yoving­bir­bo‘lsa-da,­mingdir­zarari,
Ming­do‘sting­bo‘lsa-chi,­birga­teng­bari.
Kishi dushmanidan ko‘rmadi nafni,
Agar ko‘rgan esa, u mard sarvari”
1
 –
zatsiya natijalari hayratlaridan iborat. Ular o‘z vatanla-
rida zulmatda qolgan xalqning og‘ir turmushidan afsus 
chekadilar. El-yurt boshida turgan noqobil insonlar-
ning antigumanistik, millat manfaatiga zid qilmishlarini 
qoralaydilar hamda yorug‘likka chiqish yo‘lini ilmda, 
ta’lim-tarbiyada deb hisoblaydilar. Bu turkum asarlarda 
asosiy e’tibor vatandoshlarimizning safar taassurotlari 
asosida Turkistondagi ta’lim va tarbiya tizimini o‘zgar-
tirishga nisbatan bildirgan fikrlari, qolaversa, vatan va 
millat ravnaqi uchun qayg‘urgan inson sifatidagi mulo-
hazalari keltirilgan. Turkiston zaminida yaratilgan asar-
lar, Yevropa sayohatnomalaridan farqli ravishda, chet-
dan vatan uchun, xalq uchun yangilik, ilm-u urfon va 
madaniyat namunalarini keltirishga qaratilgan.
Ma’rifatparvarlik asarlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
yevropalik mualliflar sayohatnomalarida uzoq va qoloq 
o‘lkalarga yevropaliklar tomonidan olib borilgan sivili-
zatsiya namunalari haqida hikoya qilinsa, o‘zbek ma’ri-
fatparvarlari esa aksincha, taraqqiy topgan o‘lkalardagi 
madaniyat va ilm-fan natijalarini o‘z yurtida joriy qilinishi-
ni targ‘ib qilganlar. 
Har ikki holatda ham ma’rifatparvarlik ruhidagi 
asarlarning g‘oyalari xalq va millat taraqqiyoti uchun ijo-
biy rol o‘ynagan, ijtimoiy hayot tasviriga bag‘ishlangan 
adabiy asar sifatida ma’lum bir estetik ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Bunday asarlarning keng tarqalishi va o‘qishli 
bo‘lishi ularning sodda, ravon va jozibali tilda bayon qi-
linganligi bilan izohlanadi. 


28
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
1
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. – Toshkent: Cho‘lpon nashriyoti, 2007. 126-bet.
2
O‘sha manba.127-bet.
3
Ahmad Yugnakiy. “Hibat ul-haqoyiq”. – Toshkent: www.ziyo.uz.com kutubxonasi, 18-bet.
4
Kaykovus.“Qobusnoma”. – Toshkent: O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011. 111-bet.
degan misralar O‘gdulmish tili-
dan bayon qilinadi. Deyi 
ladiki: 
o‘rtoqlarning ko‘pi yaxshi. Ularni 
ko‘paytirish yaxshi xislat. Notanish 
kishi yov emas.Yovi bor kishida 
sevinch bo‘lmaydi.Yovning soni 
kam bo‘lsa ham zarari ko‘p. Ezgu 
kishilarning birortasi yovdan foyda, 
naf keladi deb aytgan emas. Bu 
o‘rinda adibning badiiy mahorati-
ni ham sezish qiyin emas. “Yov” 
va “do‘st”, “bir” va “ming” so‘zlari 
tazod san’atini yuzaga keltirgan.
“Do‘stlik, yaqinlik ikki xil bo‘la-
di: biri ezgu niyatlar tufayli yuzaga 
kelsa, boshqa bir do‘stlik shaxsiy 
manfaatlarni deb bo‘ladi. O‘z nafi ni 
o‘ylab qilingan do‘stlikka juda tez 
soya tushadi. Do‘st kishining shun-
day hikmatli gapi mavjud: “Do‘st-
ni foyda-zarar ichida sinash ker-
ak. Sen do‘st bo‘lish uchun oyoq 
qo‘ysang, o‘zingni mahkam tut. 
Do‘stning haqiqiy dilini bilmoq chi 
bo‘lsang, sinash uchun unga tilingda g‘azab qilib yoki 
qovog‘ingni solib ko‘r. Do‘stingning senga qanchalik 
muhabbati borligini bilmoqchi bo‘lsang, uning eng yax-
shi ko‘rgan narsa sini so‘ra. Shunda hamma narsa ayon 
bo‘ladi”.
2
Yusuf Xos Hojib asarida Aql ramzi – O‘gdul-
mish orqali do‘stlik mavzusini ochib beradi. Asarda-
gi O‘gdulmish obrazi XX asr adabiyotshunosligidagi 
romantik obrazlar sirasiga kiradi, desak mubolag‘a 
bo‘lmas. Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq” asarida:
Mingta do‘sting bo‘lsa aslo ko‘p ko‘rma,
Bitta dushman bo‘lsa uni oz, dema”,
– deb ta’kid-
laydi.
Adib do‘stlik haqidagi ibratli pandlarni yozadi. Bunda 
adibning xalq og‘zaki ijodidagi maqollardan foydalan-
ganini ko‘rish mumkin.
“Qanday esh uchrasa, avval razm sol,
Do‘stingning ko‘nglini yaxshi bilib ol,
O‘zingni yaqin tut, sevinchli ishga,
Qayg‘u-alam bo‘lsa, undan uzoq qol”.
3
Adib Ahmad Yugnakiy asarida ham do‘stni yaxshi-
roq bilishni, uni yaqinroq olib sinab ko‘rishni ta’kidlaydi. 
Adib bu asarida “do‘st” va “dush-
man”, “oz” va “ko‘p”, “ming” va 
“bir”, “uzoq” va “yaqin” so‘zlaridan 
foydala nishi tazod san’atini yuzaga 
keltirgan.
Kaykovus “Qobusnoma” asari-
da do‘stlik haqida quyi dagi ibra-
tomuz pandlarni aytadi. Muallif 
imkon qadar bo‘yoqdor fikrlar yo‘li
-
dan boradi. Fikrimizcha, quyidagi 
satrlarda badiiyat unsurlari balqib 
ko‘zga tashlanadi:
1. Har kishining do‘sti ko‘p 
bo‘lsa, ayblari shuncha sir tutiladi 
va fazilati ko‘payadi.
2. Do‘stlarning do‘stlari ham 
do‘stlaringdur.
3. Agar do‘sting sening dush-
maningni sevsa, bunday do‘stdin 
ehtiyot bo‘l.
Kaykovus rangin tasvirlardan 
mohirlik bilan pand-nasihatga o‘ta-
di:
1. Aqlsiz odamlar bilan hargiz 
do‘st bo‘lmag‘il.
2. Do‘stim ko‘p deb barchasiga umid bilan ko‘ngil 
bog‘lamagil.
3. Hasadchi kishilarga hargiz do‘st bo‘lmag‘il, chunki 
hasadli kishi do‘stlikka loyiq emasdir.
4
Kaykovusning do‘stlik haqidagi qarashlari 28-bob-
da berilgan bo‘lib, Kaykovus yashagan zamon uchun 
g‘oyalarning dolzarb tamoyillariga mos ravishda yoritib 
borilgan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yug-
nakiyning “Hibat ul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusno-
ma” asari – ulkan ma’naviy-axloqiy, ta’limiy-falsafiy, ijti
-
moiy-irfoniy xazina. “Qobusnoma” garchi fors adabiyoti-
da yaratilgan bo‘lsa-da, uning yozilish davri yuqoridagi 
ikki asar bilan bir vaqtda yozilgan. Ana shunday noyob 
didaktik asarlarimiz bizning eng katta ko‘z qorachig‘iday 
asraydigan boyligimizdir. Ular hech qachon eskirmay-
di, inqirozga yuz tutmaydi, yaroqsiz holga kelmaydi. 
Ular inson yo‘lini yoritib turuv chi zanglamaydigan oltin, 
eskirmaydigan tarix, aqchaga sotilmaydigan g‘urur va 
millat sha’nidir. Unda ilgari surilgan g‘oyalar asrlar osh-
sa hamki o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Ularning barcha 
fazilatlarini sharhlamoq, talqin etmoq, zamon tarbiyasi 
manfaatlari yo‘lida xiz mat qildirmoq uchun jild-jild kitob-
lar bitmoq kerakdir.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
29
навбатчи
Tahlil

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin