Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari


Vujudga keltirgan mamlakatiga ko‘ra



Yüklə 5,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/121
tarix25.12.2023
ölçüsü5,05 Kb.
#195343
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari (2)

Vujudga keltirgan mamlakatiga ko‘ra
qurilish tashkilotlarida 
ishlatiladigan materiallar mahalliy materiallar va xrijdan keltirilgan materiallarga 
bo‘linadi. 
Materiallar hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ular 
qiymatini to‘g‘ri baholash hisoblanadi. Respublikamizning 4-son BHMS «Tovar-
moddiy zahiralar»ga muvofiq qurilish tashkilotlarida materiallarning hisob bahosi 
bo‘lib ularning tannarxi hisoblanadi. Qurilish materiallarining tannarxi ularning 
kelib tushish manbasiga ko‘ra turli elementlardan tashkil topadi. Chunonchi, sotib 
olingan materiallarning tannarxi o‘z ichiga
 
ularning sotib olish baholaridagi 
qiymatini hamda sotib olishga doir barcha qo‘shimcha harajatlar (tashib keltirish, 
bojxona to‘lovlari, sertikatlash, brokerlarning xizmat haqlari va boshqalar)ni oladi. 
Sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini materiallar 
qiymatiga qo‘shish yoki qo‘shmaslik qurilish tashkilotining bu soliqning 
to‘lovchisi yoki to‘lovchisi emasligiga bog‘liq. QQS to‘lovchi qurilish 
tashkilotlarida ta’minotchilarga (bojxonaga) to‘langan QQS summasi materiallar 
qiymatiga kiritilmaydi, balki byudjetga to‘lanadigan QQS summasini topishda 
kamaytirishga 
olib 
boriladi. 
Ixchamlashtirilgan 
soliq 
rejimida 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan qurilish tashkilotlarida sotib olishda ta’minotchilarga (bojxonaga) 
to‘langan QQS summasi bevosita materiallar qiymatiga (tannarxiga) kiritiladi. 
O‘z ishlab chiqarishidan olingan materiallar tannarxi ularni ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq barcha moddiy, mehnat va boshqa harajatlardan tashkil topadi. Bunda 
bir birlik materialning o‘rtacha tannarxi kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan qurilish 
materialini ishlab chiqishga sarflangan harajatlarning jami summasini jami ishlab 
chiqilgan materialning miqdoriga bo‘lish orqali topiladi. 
Ta’sischilardan olingan hamda beg‘araz (bepul) kelib tushgan materiallarning 
tannarxi deganda ularning shartnomalarda ko‘rsatilgan baholardagi qiymati 
tushuniladi.


Turli 
manbalardan 
olingan 
materiallar 
omborlarda 
va 
qurilish 
maydonchalarida FIFO, AVEKO yoki bir o‘zini identifikatsiyalash usullaridan biri 
asosida hisoblangan qiymati (tannarxi) bo‘yicha hisobdan chiqarib boriladi. 
FIFO usulda qurilish materiallarining chiqimi (qurilish ishlariga sarfi va 
boshqa chiqimlari) ularning kelib tushish ketma-ketligidagi qiymati (tannarxi) 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, 200_ yil 1 may holatiga omborda 10 tonna 
har bir tonnasining kirim bahosi 80000 so‘m bo‘lgan jami 800000 so‘mlik sement 
mavjud bo‘lgan, may oyida ularning tushumi quyidagicha bo‘lgan deylik: 

Yüklə 5,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin