Kimga tegishlishiga ko‘ra
qurilish ishlarida ishlatilayotgan materiallarni
pudratchi qurilish tashkilotning va buyurtmachi tashkilotning materiallariga bo‘lish
mumkin. Birinchi turdagi materiallar asosida
bajarilgan ishlar pudratchi
tashkilotning o‘z materiallari asosida bajarilgan hisoblansa, ikkinchi turdagi ishlar
esa buyurtmachilar materiallari asosida bajarilgan ishlar hisoblanadi. Har ikkala
holatda ham sarflangan materiallar qurilish ob’ektining qiymatiga (tannarxiga)
kiritiladi. Agar qurilish ishlari buyurtmachilarning bergan materiallari asosida
bajarilgan bo‘lsa, u holda ularning qiymati o‘zaro
hisob-kitoblar summasiga
kirtilmaydi.
Ishlab chiqilganligiga ko‘ra
qurilish tashkilotlarida ishlatiladigan materiallar
o‘zi ishlab chiqqan va o‘zi ishlab chiqmagan materiallarga bo‘linadi. Chunonchi,
qurilish tashkilotining yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan ishlab
chiqilgan va qurilish ob’ektlarida ishlatilgan g‘isht, blok, eshik, ramka, turli
moslama va konstruksiyalar o‘z ishlab chiqarishidan olingan
qurilish materiallari
hisoblanadi. Sotib olingan, buyurtmachilardan, ta’sischilardan
va boshqa tashqi
shaxslardan kelib tushgan materiallar o‘zi ishlab chiqmagan materiallar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: