Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
Rabbim Alloh debon ko’zdin
yoshim sochsam,
Qulum debon maning holim so’rg'oymukin?
Yuz ming turluk gunohimdin tavba qilsam,
Rahmi kelib tavbam qabul qilg'oymukin?
Tilim bilan
Alloh zikrin joriy qilsam,
Sahar vaqtda qo’pub yig'lab zori qilsam.
Himmat qilib kecha-kunduz kori qilsam,
Dargohida Xojam nazar solg'oymukin?
Masjid
kirib namoz qilsam zohidlardek,
Ishq o’tig'a kuyub yong'on oshiqlardek.
Yalg'on so’zni tilga olmay sodiqlardek,
Oriflardek Haqqa vosil bo’lg'oymukin?
Pir etogin tutub Haqdin qilg'oy talab,
Har maqsudum bo’lsa pirdin qilsam talab.
Ushbu yo’lda
doim pirdin madad tilab,
Madad bo’lsa, ishim ravon bo’lg'oymukin?
Yo Rabbano, yoding bilan bo’lsam mudom,
Bori umrum zikring bilan bo’lsa tamom.
…………
6
Talab qilsam hojat ravo bo’lg'oymukin?
Qo’l ko’torib pirdin duo olsam derman,
Belin bog'lab xizmatida tursam derman.
Himmat qilib rost yo’lig'a
kirsam derman,
Ko’ngul borib anda nishon bo’lg'oymukin?
Har kechani qadr bilib uyg'oq tursam,
Xizr bilib kimni ko’rsam, duo olsam.
Quli bo’lub ma’no so’ray, kimni ko’rsam,
Ushbu ishdin murod hosil bo’lormukin.
G'ayrat qilib dargoh sori qadam qo’ysam,
Erta sahar g'aflatdaman yotmay tursam.
Sivo bo’lub barchasidin Haqni so’rsam,
Sivo bo’lsam Haqdin madad bo’lg'oymukin?
Qul Xoja Ahmadni ushbu so’zi orzu erur,
Orzusig'a yetolmayin qayg'u yeyur.
Taqlid
qilib Hu zikrini oytib yurur,
Hu-Hu desam sohibdilon bo’lg'oymukin?
- 38 -
6
Matndan tushib qolgan va o‘qib bo‘lmaydigan o‘rinlarga ko‘p nuqta qo‘yildi.
Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy
Dostları ilə paylaş: