Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
58
Dargohiga yetgung oxir izlab yurgil. 
San sirringni nodonlardin asrab yurgil
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Oshiqlarni ko’zlaridin qoni oqar, 
Ko’zni qonin ko’rub anda ma’shuq boqar. 
Ma’shuq o’zi oshiqlarg'a o’tlar yoqar, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Alloh suygon oshiqlari ingrab yurar, 
Oriflarni suhbatig'a o’zin urar. 
Mehnat tobsa oshiqlari javlon qilar
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Oshiqlarni ma’shuq o’zi chorlag'usi, 
Qoydasan deb, qoydasan deb ingrang'usi. 
Alloh dardin tortib oshiq bo’zlag'usi, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Alloh suygon oshiq tongla Buroq minar, 
Buroq minib mahshargohda javlon qilar. 
Huru qusur ko’zlamaslar, diydor tilar, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Mahshargohda oshiqlarni bo’ynida g'ul, 
G'ul toqilg'on oshiq ishi Haqqa maqbul. 
Ul oshiqqa Alloh o’zi ko’rsatur yo’l, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Maloyiklar zanjir toqib olib yurgoy
Ul oshiqni ahvolini Alloh so’rgoy. 
Allohimga oshiqligi maqbul bo’lgoy, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Mehnat tortgon oshiqlarni Alloh suydi, 
"Kel beri" deb ul oshiqqa sharob berdi. 
Sharob ichgon oshiqlarni Alloh suydi, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
Qul Xoja Ahmad, oshiqlarga o’zungni qot, 
Kecha-kunduz mehnat qilib alamlar tort. 
Oriflarni bozorida o’zungni sot, 
Tongla mahshar oshiqlarni Alloh chorlar. 
- 54 - 
Oshiqlarga Tangrim o’zi qilg'oy rahmat, 
Qabr ichra partav solib qilg'oy shafqat. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
59
Jannat kirib, diydor ko’rub, ayshu rohat, 
Lutfu karam ato qilib yurur bo’lg'oy. 
Oshiqlari qoyda borsa xilvat istar
Erga hojat ermas yaxshi bolin bistar. 
Haqni topmay yig'lab yurub bo’lub muztar, 
Ishq bog'ida navo qilib yurur bo’lg'oy. 
Oshiq kuyor, jondin to’yor, Haqni sevor, 
Alloh uchun dunyo, uqbo taloq qo’yor. 
Bag'rin teshib, boshdin ayoq qong'a bo’yor, 
Oshiq o’zi yakto bo’lub yurur bo’lg'oy. 
Ey yoronlar, ishq elini somoni yo’q, 
Davo so’rmang, ishq dardini darmoni yo’q. 
Bu yo’llarda oshiq o’lsa, tovoni yo’q, 
Jonin tandin judo qilib yurur bo’lg'oy. 
Joni judo o’tda kuygoy tani o’zga, 
Kimni ko’rsa, izin olib surtor ko’zga. 
Hikmat o’qub, tolib bo’lub, yetsa so’zga, 
Aqlu hushin dono qilib yurur bo’lg'oy. 
Bulhavasni tani kuysa, joni kuymas, 
Ani uchun ishq qadrig'a yetib bo’lmas. 
Yaxshilarni suhbatidin bahra olmas, 
Rizqi duo riyo qilib yurur bo’lg'oy. 
Bu olamdin sivo qilg'on Alloh o’zi, 
Ey ummatlar, Haq Mustafo oyg'on so’zi. 
Ro’zi mahshar ravshan bo’lg'oy xalqg'a yuzi, 
Dillarini safo qilib yurur bo’lg'oy. 
Chin oshiqlar tirik o’lg'on joni bejo
Parvoz qilib uchay desa saxlar Xudo. 
Ichmish-emish, talablari dardu balo, 
Ishqin boshqa balo qilib yurur bo’lg'oy. 
Qul Xoja Ahmad, darvish bo’lsang, bedor bo’lgil, 
Javru jafo, dardu mehnat, g'am istagil. 
Yuz ming balo boshg'a tushsa, ingronmagil, 
Alloh o’zi jafo qilib yurur bo’lg'oy. 
- 55 - 
Haqni tobgon devonalar behush so’zlar, 
Dardu holat paydo qilib yurur bo’lg'oy. 
Maqomlari baland maqom, Arshni ko’zlar, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin