Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
Rahmat bilan aybim yobsang, oting Sattor, 
Umid tutub dargohinga kelmayinmu? 
Haq taolo rahmat birlan manga boqti, 
Rahmat suyi ko’zlarimdin tinmay oqti, 
Oshiqlarg'a ishq chaqmoqin yoqib choqti, 
Ishqin o’qub xaloyiqg'a yoymayinmu? 
Qulluq ichra odat qilay qilsang qabul, 
Yo’qluq ichra ado bo’lsam misli rasul, 
Bu olamda hech kim yo’qtur mandek malul, 
G'arib bo’lub ostonangda o’lmayinmu? 
Lutfu karam ehson qildi, bilolmadim, 
Shokir bo’lub aning shukrin qilolmadim, 
Parvonadek ming tasadduq bo’lolmadim, 
Parvonadek kuyub axgar bo’lmayinmu? 
Tun saharlar bedor qildi yig'lasun deb, 
Yoshin to’kub ishqqa belin bog'lasun deb, 
O’rtab-kuyub yurak bag'rin dog'lasun deb, 
Dog'in olib Haq qoshig'a bormayinmu? 
Vahdoniyat daryosidin xabar berdi, 
Alloh o’zi Hodiy bo’lub yo’lg'a soldi, 
Do’zax ichra qolmasun deb qo’lum oldi, 
Jonu dilim ondog' Haqqa bermayinmu? 
Alloh aydi: "Jonni berdim toat qilg'il, 
Yuz ming balo sanga solsam toqat qilg'il", 
Mani izlab yig'lamaqni odat qilg'il, 
Balosig'a sobir bo’lub yurmayinmu? 
Haq taolo salom aydi kuygonlarga, 
Qonlar to’kub ikki ko’zin o’yg'onlarg'a, 
Jonni jong'a payvand qilib yurgonlarga, 
Xanjar olib ko’zlarimni o’ymayinmu? 
Haq partavi kimga tushsa, dono qilur, 
Ko’ngli yorub botinlarin bino qilur. 
Ma’rifatni oytib o’zin go’yo qilur, 
Go’yo bo’lub Haq yo’llarin oymayinmu? 
Salom aydi do’stlarig'a Haq mehribon, 
"Munda yig'lang, oxiratda qilay xandon". 
Haq yo’lida oshiqlarni joni qurbon, 
Bu so’z eshtib yuz ming jonim bermayinmu? 
Man daftari soniy oydim dardga darmon, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
Biru borim bandam desa qolmas armon. 
Harna qilsa, O’zi qilur, Haqdin farmon, 
Farmonida hozir bo’lub yurmayinmu?! 
Qul Xoja Ahmad, bu dunyoda beg'am o’tdung, 
Haqdin qo’rqmay tong otquncha ko’pub yotding. 
Dunyo tilab Haq zikrini toshlab otding, 
"Tubu ilayh" o’quy-o’quy o’lmayinmu?! 
- 45 - 
O’lum elchisi keldi, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
Soqol-soching oqorub, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
Taningda qolmadi quvvat, 
vujuding 
borchasi 
zahmat, 
Alardin olmayin ibrat, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
O’lumni elchisi keldi, 
sango 
emdi 
xabar 
berdi, 
Sango na bo’ldi, kelib 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
Qamug' yoronlaring ketti, 
ko’rsatti 
bo’yini 
tutti, 
Kelib yer qo’ynida yotti, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
Bu dunyoni nega suydung,
g'alat qilding, xato qilding, 
Qani uqbog'a na qilding, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
Bu tandin joning olmoqqa, 
malak 
keldi 
oyirmoqqa, 
Sani qo’ymas dam urmoqqa, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
Qul Xoja Ahmad, na ish qilding, 
o’zung 
asragu 
qilding, 
Bu dunyo jirkanib yig'ding, 
yarog'ing 
nega 
qilmassan? 
- 46 - 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin