www.pedagoglar.uz 45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 78
qolgan hozirgi davrda o’quvchilarning nutqini o’stirish muammosi o’quv-tarbiya
tizimining eng dolzarb masalalaridan biri deb qaralmog’i kerak. Shuning uchun ham
olimlar K.B. Barxin, B.I. Sokolov M.A. Ribnikova vaboshqalarning metodik
asarlarida o’quvchilarning og’izaki va yozma nutqini o’zaro muvofiq holda o’stirish
masalalariga alohida e’tibor berilgan. Olimlar tomonidan maktabda o’qitish
jarayonida
ro’y
berayotgan
quyidagi
kamchiliklar
tanqid
qilinadi:
1. O’qituvchilarning ko’pchiligi og’zaki nutqning hayotiy ahamiyatini hali ham
yetarli tushunmayaptilar. Shuning uchun ular maktab maxsus og’zaki nutq o’stirish
mashqlari o’tkazishga muhtoj emas, deb hisoblab xato qilmoqdalar. Bunday
o’qituvchilar, o’quvchi mukammal, bexato yozishni o’rganib borsa, ularning nutqi
o’z-o’zidan o’sib boradi, deb hisoblab amalda og’zaki va yozma nutqning
aloqadorligini
unutib
qo’yadilar.
2. O’quvchilarning nutqi mazmun juhatdan nihoyatda kambag’al va qator
kamchiliklarga ega. Chunki yuqori sinflarda o’qituvchi nutq masalasiga e’tibor
bermaydi.
Shuning uchun o’qitish jarayonida o’quvchilar nutqiy tafakkurni o’stirish, nutq
madaniyatini shakllantirish uchun o’qituvchilarga quyidagi tavsiyalardan foydalanish
joiz deb hisob hisoblayman:
1. Har bir o’qituvchi o’quvchi nutqini o’stirishga mo’jallangan xilma – xil
metodik shakl va usullarni foydalanishi.
2. O’quvchilar uchun og’zaki nutqini o’stirishga mo’jallangan mashqlar
tizimini tashkil qilish.
3. O’quvchilar og’zaki nutqni o’stirishga mo’jallangan mashqlar tizimida
monologik va dialogik nutq ko’nikmasini hosil qilish.
Endilikda nutq odobi, nutqiy mahorat, notiqlik, notiqlik mahorati maktablar
hayotidan keng o’rin olmog’i lozim. Ayniqsa, o’qituvchining nutqida ifodalilik
yetarli bo’lsa, albatta, bunday nutq bolalar nutqiga ham ta’sir etadi.
Muloqot madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni, kishilar o’rtasidagi tinchlik va
osoyishtalikning eng muhim tamal toshi ekanligi avvaldan ma’lum. Zero, barcha