www.pedagoglar.uz 45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 82
tuzadilar. Bunda ularning lug’at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to’g’ri tuzish,
tovushlarni to’g’ri tallaffuz qilish, ijodiy va mustaqil fiklash qobiliyati shakllanadi.
O’qituvchi faol ishtirokchilarni vaqti - vaqti bilan rag’batlantirib borishi
o’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi va bundan - da faol bolishiga
ubndaydi. Mazkur o’yinlar darsdan tashqari mashg’ulotlarda va to’garaklarda ham
bemalol
foydalanish
mumkin.
“
Qarama-qarshi so’zlar.” Bu o’yin mantiqiy tafakkurning hamda nutqnining rivojlanishiga yordam
beradi . O’yinni individual tarzda ham, guruh bilan ham o’tkazish mumkin. O’yin
sharti quydagicha: o’qituvchi bola yoki o’quvchiga bir so’zni aytadi, o’quvchi shu
so’zning ma’nosiga qarama - qarshi bo’lgan so’zni topib aytishi kerak. Masalan: katta
- kichik, issiq - sovuq, achiq - shirin, qorong’u - yoruq, keng-tor, uzoq-yaqin va
hokazo. Odatda bolalar o’yin boshida biroz qiynalshadilar, aytilgan so’zga javoban
antoni so’zni emas, sinonim so’z bilan javob beradi, masalan: katta - baland, uzun -
uzoq kabi. Ammo o’yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so’ng o’quvchilar
yaxshi o’ynaydilar. O’yin bir necha marta o’tkazilganidan so’ng o’quvchilar abstrakt
tushunchalarni ham osonlik bilan tushunadilar va javob beradi, shunda
o’quvchilarning nutqi ham rivjlana boradi, masalan: chaqqon - yalqov, ishchan -
dangasa kabi so’zlarga ham tez javob topa oladi.
”
To’rtinchisi ortiqcha.” Bu o’yin rasmlarsiz o’ynaladi. O’quvchiga yoki bolaga bir guruhga kiruvchi
uchta predmet va boshqa guruhga mansub bitta predmet nomi aytiladi. Masalan:
atirgul, boychechak, binafsha, qo’ziqorin. O’quvchi ular orasidan ortiqchasini
aytganidan so’ng undan fikrini asoslab berishi so’ralishi kerak. Bu o’yinlar
o’quvchilarning tafakkuri rivojlanishiga yordam berishi bilan birga nutqning
o’sishiga ham yordam beradi. O’yin individual tarzda o’tkazilsa ham yaxshi samara
beradi, guruhda musobaqa ko’rinishida o’tkazilsa o’quvchilarning qiziqishi yanada
ortadi.
”