Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish ahamiyati



Yüklə 82,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix25.12.2023
ölçüsü82,56 Kb.
#195392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
76-85

www.pedagoglar.uz 
 
45-son 7–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 77 
belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat 
bilan o’qishning amaliy ahamiyatini o’stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya 
qilish, o’qish, o’qish metodlarini takomillashhtirish yo’llarini izlash va eng 
qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur. Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, ko’p 
qirrali hodisadir. Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning 
yoshlikdan nutq madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim. Til 
qonunlarning ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishdagi 
usullarni to’g’ri qo’llashi (ko’rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog’ozlar bilan 
ishlash yo’llarini bilish) usullari takomillashtiriladi. O’quvchilarning bilish 
faoliyatlarining o’ziga xos taraqqiy etishini hisobga olish, ayniqsa, ularning ruhiy
fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarga yetarli ahamiyat qilish lozim. 
Ularga nisbatan e’tiborni kuchaytirish, mehrli va hamisha shirinsuxan bo’lish zarur. 
Bola shaxsi pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan juda nozik his-tuyg’ularga boy 
bo’lib, o’qituvchi ana shu tuyg’ularni ilg’ashi. Bola ruhiyatini ko’rsatishi, ta’lim 
jarayonida insonparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berishi zarur. O’qituvchining 
turli fanlarni o’qitishdan maqsadi o’quvchilarning nutq madaniyatini, nutq 
ko’nikmalrini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi masalalarni 
o’z ichiga oladi. O’qituvchi nutqi o’quvchilar uchun namunadir. O’quvchilarning 
nutqi ravon, tushunarli bo’lishi uchun eng avvalo uning nutqidagi nuqsonlarni 
bartaraf etishga e’tibor berih zarur. Nutq ichki va tashqi ko’rinishiga ega. Ichki nutq 
odamning o’z ichiga gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikinchi kishining ishtirokini 
talab qilmaydi. Shuning uchun bu nutq o’z – o’ziga qaratilgan sanaladi, uni nazorat 
qilib bo’lmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. 
Tashqi nutq boshqlarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo’lgan faol nutq bo’lib, 
u og’zaki va yozma ko’rinishiga ega. Yozma nutqning og’izaki nutqdan yana bir farqi 
shuki, yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz. Yozma nutqning muvaffaqiyatli chiqishi 
uchun yig’ilgan materialni sistemalashtirish, reja tuzish, ishning homaki nusxasini 
tayyorlash, matn ustida qayta ishlab takomillashtirish va oqqa ko’chirish zarur. 
To’g’ri va ifodali gapirish har bir o’qimishli kishi uchun hayotiy zaruriyat bo’lib 



Yüklə 82,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin