Quyuq va sabzavot aralashmasini qadoqlash apparati.
Bunday apparatlarning quyish moslamasi quyidagi qismlardan iborat (5-
rasm). Stanina 1 ichida elektrodvigatel 12 va reduktor 13 joylashgan.
Reduktor
yordamida karusel 11, bankalarni qabul qilish va olib ketish yulduzchalarning 9
vali, transportyorni 8 harakatlantiruvchi yulduzcha 10 aylanadi. To‘ldirgich
quyish baki 4, porshenni 15 boshqaradigan pastki
harakatlanmaydigan moslama
14, yuqori harakatlanmaydigan moslama 5 va roliklar 3 dan iborat.
To‘ldiriladigan banka (5-rasm) richag 7
ni siljiganda, rolik 3 ko‘tariladi va
mahsulot idishga quyiladi. Banka bo‘lmaganda strelka 16 prujinani 6 tortib turadi
va rolik moslamaning 5 pastki qismida harakatlanadi. KNZ to‘ldirgichda
mahsulotni uch litrli idishlarga qadoqlash uchun to‘rtta
quyish moslamasi
mavjud. Quyish bakning hajmi 100
l
.
Yopish mashinalari.
Tayyor mahsulotni uzoq saqlash uchun idishlarni gemetizatsiya qilish lozim. Bu
jarayon yopish mashinalarda bajariladi.
Yopish mashinalari yarimavtomatik va avtomatlashtirilgan, vakuumli va vukuumsiz, to‘ldirgich
bilan agregatlangan va agregatlanmagan, tunuka va shisha idishlar uchun mo‘ljallangan
bo‘ladi.
Ko‘p pozitsionli yopish apparati tarkibiga quyidagilar kiradi (7-rasm): val 1, tishli g‘ildirak 3,
markaziy vallar 2, yunaltiruvchi 14, ichi bush vallar 12, mushtlar 11, ikki elkali richag 8,
sharnirlar 9, siqish roliklari 10, yopish roliklari 5, yuqori patronalr 6, o‘qlar 7, bankalarni
suruvchi 13 mexanizm.
Banka germetizatsiyalash jarayonida yopish roliklari maksimal uzoqlashganda pastki patronlar
bilan yuqori patronlarga ko‘tarilib unga qisiladi. Richag 8 yordamida yopish roliklari bankaga
yaqinlashib uning atrofida aylanadi va qopqoqni banka og‘ziga qistirib qo‘yadi.
Apparatning konstruktsiyasiga ko‘ra germetizatsiya jarayonida banku o‘z o‘qi bo‘yicha
aylanishi yoki harakatlanmaydigan bo‘lishi mumkin. Germetizatsiya tamom bo‘lgandan keyin
yopish
roliklari bankadan siljiydi,
pastki patron tushadi, itaruvchi
mexanizm yuqoridan
bankaga bosadi. Yopilgan banka pastki patron bilan tushib transportyorga o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: