2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

 
Mavzu bo`yicha tayanch iboralar:
Fan, fan qonuniyatlari, Fan tarixi, fan 
funktsiyasi va dinamikasi, uyg`onish davri, ilmiy texnika inqilobi, fanning vazifalari, 
fan klassifikatsiyasi. 
Hozirgi zamon ilm fani va uning tarixini tadbiq etish xar bir tarixchi uchun 
bilish shart bo`lgan ijtimoiy extiyojlaridan biridir. Tabiat, inson, jamiyat orasidagi 
munosabatlarni uyg`unlashtiruvchi fanlarni urganish «Fan va texnika tarixi» kursini 
asosiy maqsadidir. Jamiyatni rivojlantiruvchi taraqqiyot bu – fandir. 
Har bir fanning vujudga kelishi nazariyasi, shakllanishi va rivojlanish tarixi 
mavjud. «Fan va texnika tarixi» kursini o`qitishdan maqsad fanlarni funktsiyasi va 
taraqqiyoti qonuniyatlarini borliqning barcha kurinishlari bo`lgan tabiat, jamiyat, 
inson urtasidagi uzaro munosabatlarini uyg`unlashtiruvchi, ularning rivojlanishga 
ta`sir etuvchi ilmiy bilimlar majmui fan-tarixini urganishdir. 
Ushbu kursning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
o
Jamiyat, davlat taraqqiyotini yo`nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini 
belgilash va ilmiy bashorat qilish; 
o
Ilmiy fikrlar tarixini, faninng tarixiy bosqichlarini urganish; 
o
Ilmiy texnika inqilobi va uning jamiyat taraqqiyotiga qo`shgan xissasi; 
o
Ijtimoiy gumanitar va tabiiy fanlarni vujudga kelishi, dinamikasi nazariy 
qonunlarini jahon tsivilizatsiyasidagi urnini tadbiq etish. 
Fan – tadqiqot usullarining tizimi, nazariy tafakkur va dalillarni mantiqiy 



baxolash orqali muayyan predmet xaqidagi bilimlarimizni boyitishdir. Ilmiy ish dadil 
fikr xamda faraz va nazariyalarni tasdiqlash maqsadida sinchiklab to`plangan 
materiallarni majmuasidir. 
Fan – dunyo xaqida ob`ektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong shakllaridan biridir. 
Fan tabiat, jamiyat va tafakkur xaqida yangi bilimlar xosil qilishdan to ularni 
tadbik qilishgacha bo`lgan faoliyatni uz ichiga oladi.
Kishi organizmi, atrof-muxit bepayon olam sirlari rivojlanish mexanizmlarini 
urganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanning 
bevosita maqsadidir. Keng ma`noda voqealikni nazariy aks ettirishdir. Fan 
hayotimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy jixatlarida, moddiy ishlab 
chikarish munosabatlarida muxim rol uynaydi. 
Fanni uch nuqtai nazardan urganish mumkin: 1-bilimlarni uziga xos tizimi 
sifatida; 2-uziga xos xususiyatga ega bo`lgan odamlar ishlaydigan tashkilotlar va 
korxonalar tizimi sifatida; 3-uziga xos kurinishga ega bo`lgan faoliyat kursatuvchi 
ilmiy tadqiqotlar tizimi sifatida. 
Fan ijtimoiy xayotda uziga xos urni bor. Kimdir stanokda ishlay oladi, kimdir 
komp’yuterda ishlaydi, kimdir samalyotni boshqara oladi. Insonni bilimi turli tuman 
va ular turli faoliyatlarga borib taqaladi. YAna yuqoridagi keltirilgan misollar 
insonning amaliy faoliyatiga xos bo`lgan, ya`ni «Inson amalga oshira oladigan» 
xolatlar deb tushunmoq darkor. Abu Rayxon Beruniy bobomizning bundan 10 asr 
burun aytgan fikrini eslasak: «Ilm-fan kishilarning xayotiy extiyojlarini qondirish 
zaruriyatidan paydo bo`ladi». 
Fanning ijtimoiy tarixiy qonuniyatlarini birinchi marta shvetsariyalik botanik 
olim A.Dekondon uzining 1873 yilda yozgan «Fan tarixi va ikki asr olimlari» asarida 
keltirib o`tadi. 1892 yilda Frantsiyada birinchi marta «Fan tarixi» kafedrasi ochildi.
Fanning ayrim elementlari qadimdan falsafa va xususiy fanlar tomonidan 
urganilgan. Arastu uz asarlarining nomini «Fizika, metafizika, analitika» deb qo`yishi 
fan klassifikatsiyasi soxasida dastlabki g`oyalardandir.
Muxammad al-Xorazmiy ilmiy ijod kashfiyot, ilmdagi qiyinchilikni 
engillashtirish, xatolarni to`g`irlab ketishdan iborat deb biladi. Farobiy, Ibn Sino 
fanlarni klassifikatsiya qilish xaqida qiziqarli fikrlar yozib qoldirishgan. Abu Rayhon 
Beruniyning ilmiy tadqiqot metodlari, jumladan tarixiy axborotlar, eksprement va 
kuzatishdan qay yo`sinda farq qilishi xaqidagi muloxazalari qimmatlidir.
Jamiyatda fanlarning rivojlanishi uch bosqichi mavjud: 
1. Fanlar jamiyat ishlab chiqarishga oid amaliy-ijtimoiy talab va extiyojlarga 
javob berishi asosida paydo bo`ldi va rivojlandi: Astronomiya, geometriya, 
matematika, mexanika fanlari vujudga keldi. 
2. XV-XVIII asrlardagi fanlar empirik darajadan nazariyot darajasiga o`sdi. 
Falsafadan fizika, kimyo, zoologiya, biologiya fanlari rivojlandi. 
3.
XIX-XX asrlar fanlar amaliyot yaqinlashib ishlab chiqaruvchi kuchlarga 
aylandi. 
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ilmiy bilimlar xilma-xil vazifalarni 
bajaradilar. Sharoit va taraqqiyotning extiyojlariga kura fanning jamiyat 
taraqqiyotidagi urni va roli ham uzgarib turgan. Masalan, qadimgi fan matematika va 
astronomiya fanlarining tadqiqotlari natijasida to`plangan natijalarga suyangan (Misr 
va Mesopotomiyadagi qadimgi jamiyatlarda). O`sha paytlardagi ilmiy bilimlarning 
elementlari jamiyatning rivojlanishida va boyitishda katta rol’ o`ynagan. Bu ilmiy 



yutuqlar cheklangan edi, ammo ular yerga ishlov berishda, qurilishda, savdo va 
san`atda foydalanilgan. 
Uyg`onish davrida esa inson muammolari va uning ozodligi masalasiga, ya`ni 
yakka ijod gumanitar ta`limga fanda katta e`tibor berila boshlandi. eramizning 
birinchi ming yillari va ikkinchi ming yilliklari oxirlarida fanning tezkor rivojlanishi 
uchun ob`ektiv shart-sharoitlar vujudga keldi. Mana shu paytga kelib, fanning 
vazifasi dunyoqarashni shakllantirishga qaratildi. Dunyoqarashni shakllantirishga 
ahamiyatli bo`lgan juda ko`plab muammolarni yechishga: moddiy materiyaning 
tuzilishi, olamning tuzilishi, hayotning paydo bo`lishi va uning moxiyati, insonning 
kelib chiqishi masalalariga katta e`tibor berildi. Dunyoqarashga daxldor bo`lgan 
savollar umumiy ta`limning umumiy elementiga aylandi. Chunki busiz fan 
madaniyatning asosiy shakllaridan biriga aylana olmas edi. Shunday qilib, xozirgi 
paytda xam eng dolzarb bo`lgan, fan madaniy dunyoqarash vazifasiga aylandi. 
XIX asrga kelib fan bilan ishlab chiqarish urtasida munosabatlar uzgara 
boshladi, ya`ni fan bevosita ishlab chiqarishga aylana boshladi. Keyinchalik olimlar 
va sanoatchilar fanda ishlab chiqarishni uzluksiz shakllantirishning kuchli 
kltalizatorlik rolini kura boshladilar. Bugungi kunda fanda yana bir muxim vazifa 
fanning jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy kuch bo`lib maydonga chiqish, bevosita 
ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarini boshqarishga qo`shilishida namoyon bo`lmoqda. 
FAN — dunyo haqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. 
U yangi bilimlarni egallash bilan bog’liq, faoliyatni ham, bu faoliyatning 
mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham 
o’z ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Fanning 
bevosita maqsadi o’zining o’rganish predmeti hisoblangan voqelikning 
qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini 
ta’riflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir. 
Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan bog’liq 
holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo’lgan.
Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qadimgi Sharq va 
Yunonistonda paydo bo’la boshlagan. 
Izoh-(tafakkur-bu inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obektiv 
voqelikning ongida aks etish jarayoni). 
Mifologiya fanga o’tish bo’sag’asida ma`um bosqich vazifani bajargan.
Izoh (yun.- mifos, afsona, rivoyat, asotir. Qadimgi odamning borliq olam 
haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo’lib,koinotning yaratilishi, 
inson,o’simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy 
jismlarning paydo bo’lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, 
afsonaviy qahramonlar, ma’budalar va ilohlar to’g’risidagi e’tiqodiy 
qarashlarni o’z ichiga olgan). 
Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya o’rninini naturfalsafa egalladi. 
Avestoda mifologiya va fan unsurlari ham o’z aksini topgan. 
Izoh-(naturfalsafa-ya’ni tabiat falsafasi, tabiatni bir butun tizim sifatida, 
asosan, jonli mushohada negizida yoki tabiatshunoslikdan o’zlashtirilgan 
bilimlar orqali talqin etish va tushuntirish, uning umumiy manzarasini 
tasvirlash borasidagi falsafiy urinishlar majmuasi. Mas.Yunon faylasuflaridan 
Fales, Anaksimandr, 
Anaksimen, 
appoloniyalik 
Diogen, 
Geraklik 
naturfalsafaning asoschilari bo’lganlar). 



Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa qadimgi zamon mutafakkirlari 
tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim ayrim ravishda 
bayon etishga o’rina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi 
tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo’ldi. 
Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo 
bo’ldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, 
mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi.
Izoh-(Ellinizm-bu Makedoniya, Yunoniston, O’rta dengizning sharqiy 
sohillari G’arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining 
Aleksandr istilosi mil.av.334-323y dan mil .av. 30 y.dan Misr Rim qo’shinlari 
tomonidan ishg’ol etilgan paytgacha o’tgan davr. 
Ellinizm atamasi ilmda daslab nemis olimi I.G.Droyzenning 1836-43 y.da 
chop etilgan 2 jildli «Ellinizm tarixi» asarida qo’llangan va ushbu atama orqali 
ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligiga va ular madaniyatining 
Sharq xalqlari madaniyati bilan uyg’unlashib hosil qilgan Yangi madaniyat 
tushunilgan. 
Izoh- (G’arbiy Osiyo-Old Osiyo-Osiyo qit’asining g’arbiy va Jan-g’arb 
qismida joylashgan hududlarning shartli nomi. G’arbiy Osiyoga tabiiy jihatdan 
Kichik Osiyo, Arabiston, Sinay yarim orollari va ularga yondosh orol va 
hududlar-Kipr, Kavkaz bo’yni, Sharqiy Tavr toqlari va Eron tog’ligining katta 
qismi, Mesopotamiya pasttekisligi hamda O’rta dengizning sharqiy sohilidagi 
hududlari) 
Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti o’rtasidagi yaqinlashuv XIV—XVIII 
asrlarda manufaktura ishlab chiqarish bilan bog’liq holda sodir bo’ldi. Bungacha 
moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. 
Teologiya va sxolastika ta’siridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab 
chiqarishga hech qanday salbiy ta’sir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan. Ilmiy va 
texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yo’nalishi sifatida 
yuksala borgan. 
XVI asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub o’zgarishlar bir qancha aniq 
vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uyg’onish 
davri g’oyalari ta’sirida sxolastika an’analarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. 
Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiy-texnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik 
kashfiyot bo’ldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida 
qo’llanilishi ba’zi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada 
charxpalak g’ildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, qarshilik va ishqalanish 
ta’limotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2-bosqichi mashina ishlab 
chiqarishning XVIII asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bog’liq bo’lib, bunda fan 
bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Bu davrda ishlab 
chiqarish faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga da’vat etuvchi fanning 
maxsus bo’g’inlari paydo bo’ldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, 
amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k.
Fan texnika taraqqiyotining 3-bosqichi fan-texnika inqilobi bilan bog’liq. Uning 
ta’sirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni 
hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Fan 
texnika taraqqiyoti shuningdek, ijtimoiy fanlar yo’nalishlari, iqtisod va ishlab 
chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq 



ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita ta’sir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan 
yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon bo’ladi, fan texnikani uzluksiz 
inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. O’z navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qo’yadi. Hozirgi zamon 
fan-texnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy 
hayotning turli sohalari: qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, tibbiyot, ta’lim, maishiy 
xizmat kabilarni qamrab olganligidadir. 
Geometriya sohasida revolyutsion ta’limot yaratildi: asrlar davomida 
hukm surib kelayotgan Yevklid geomotriyasi yagona emasligi, balki noevklid 
geometriyalar ham borligi N. Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va u 
keyinchalik isbotlandi. D. I. Mendeleevning davriy sistemasi har xil kimyoviy 
elementlar orasidagi ichki dialektik bog’lanishni ifodaladi. 
Matematika va fizikada XX-asrda hal katta yutuqlar qo’lga kiritildi, 
texnika Fanlarida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo bo’ldi.
Fan va texnikaning yanada rivojlanishiga ta’siri borgan sari ortib 
borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo Fanlaridagi 
muvaffaqiyatlar xujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroq, 
o’rganishga imkon berdi, bu hol qishloq xo’jaligi va tibbiyot fanlarining 
rivojlanishiga olib keldi. Fanning ishlab chiqish bilan yaqin hamkorligi yuz 
berib uning ijtimoiy hayot bilan aloqlari mustahkam„ ana boshladi. Hozirgi 
Fanlar fan-texnika inqilobning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Fanlar tizimi umuman qo’yidagi katta guruhlarga bo’linadi: 
1.Tabiiy fanlar, 
2.Gumanitar fanlar, 
3.Texnika fanlari
4. Ijtimoiy fanlar. 
Bu guruhlarning har qaysisidan juda ko’p mustaqil fan sohalari ajraladi. 
Mustaqil fanlar bir-biriga bog’liq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va 
istiqbolli muammolarini yechishga to’g’ri keladi, bu hol hozirgi paytda 
fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni 
muxofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu muammo 
texnika fanlari, yer tugrisidagi fanlar, biologiya,, matematik. tibbiyot, 
iqtisodiyot va boshqalar b-n qo’shilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiy-texnik 
muammolarni xal qilish uchun xozirgi (fanlarda tadqiqotlarni dasturiy-
maqsadli tashkil etish metodi keng qo`llaniladi.
Ilmiy tadqiqotlarni ikki guruhga: 
1. Fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, 
jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqo tlarning, bu 
tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiy -amaliy muammolarni hal 
qilish uchun qo’llash amaliy tadqiqotarning vazifasidir. 
Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va 
ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar 
o’rtasidagi o’zaro bog’liklikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini 
amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan 
biridir. 
Hozirgi davrda fan jamiyat taraqqiyotining olg`a siljituvchi kuch va vosita 
bo`lib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini 



shakllantirish, ta’lim-tarbiyaviy, axloq normalarini vujudga keltirish, 
ma’naviy barkamol kishinni tarbiyalashda fan alohida o’rin tutmoqda.
3. Mustaqillik sharoiti O’zbekistonda fanning rivojiga katta ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi. Avvalo, fanimiz strukturasi keskin uzgardi: ma’naviy fanlar 
hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yo`l ochildi.
Izoh
-(Tasavvuf-so`fiylik-islomda insonni ruhiy va ahloqiy jihatdan 
komillik sari yo`llovchi ta’limot. Tasavvuf suzining o’zagi va mazmuni 
haqida, turlicha fikrlar mavjud

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin