F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


lozim bo‘Isa, bunda har bir tur areali alohida shartli belgilar (nuq-



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
lozim bo‘Isa, bunda har bir tur areali alohida shartli belgilar (nuq-
ta, uchburchak, aylana va boshq.) bilan belgilanadi. Bunday usul
o ‘rganilayotgan turning boshqa turlar bilan o ‘zaro qanday biotik mu-
nosabatda bo‘lishini, muayyan yashash muhitida turlami birga jamoa
holida uchrashini ta’minlovchi ekologik omillami, mazkur jamoada
qaysi turning zich va siyrak joylashganligini hamda uning sabablarini
aniqlash va tegishli tartibda xulosalash imkoni yaratiladi.
4.1. Areal xaritasini tuzish uslublari
Zoogeografiyada areallar xaritasini tuzishda quyidagi uslublar
qo‘llaniladi:
1. Nuqtalar orqali xaritalashtirish uslubi. Mazkur uslub asosiy uslub-
lardan biri hisoblanadi va bunda muayyan hududda o ‘rganilayotgan
tur uchraydigan har bir joy nuqtalar yoki kichik aylanalar yordamida
kontur xaritaga tushiriladi. Bu uslubning afzalligi shundaki, turning
tarqalishi to‘g ‘risida ma’lumotlar juda kam bo‘lganda yoki u faqat
bir joydagina uchratilganda aynan mazkur uslubdan foydalaniladi.
Nuqtalar orqali xaritalashtirishda olingan natijalaming aniqlik da-
rajasi mavjud materiallaming miqdoriga va xaritaning masshtabiga
bog'liq bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, xaritaga turning alohida
vakillarini birma-bir tushirish yaramaydi. Turga mansub vakillar
muayyan joyda qancha miqdorda uchrashidan qat’i nazar, o ‘sha joy
xaritaga yagona belgi orqali tushiriladi. Bunday xaritalashtirish faqat
arealning geografik tabiatini ifodalaydi. Yaxshi o ‘rganilgan tur are­
alini xaritalashtirishda, mazkur tur uchraydigan barcha joyni xaritada
tasvirlash shart emas. Agarda turning muayyan arealda tarqalishi bir
tekis bo‘lsa, ya’ni tur hududda yoppasiga tarqalgan bo‘lsa, u vaqtda
tur egallagan barcha joy bo‘yaladi yoki shtrix chiziqlar bilan belgi­

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin