Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ВАЗИРЛИГИ
ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИНИНГ КАСБИЙ МАЛАКАИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МАРКАЗИ
Курс иши
Мавзу: Қон паразитларини аниқлаш усуллари
Бажарди: Ахматходжаева Дилноза
Қабул килди: Турғунова Сайёра
Тошкент 2021
Mavzu; Qon parazitlarini aniqlash usullari Mundarija Kirish
Reja; I bob. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi va tanasiga kirish yo’llari. 1.1. Bir xujayrali hayvonlar qonlarda parazitlarni tarqalishi
1.2. Bir xujayrali parazit hayvonlarni xo’jayin tanasiga kirish yo’llari
II bob. Qonda parazitlarni aniqlash usullari va tadqiqot sharoitlari 2.1 . Odamlarda parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlar tuzilish xususiyatlari va tarqalishi
2.2. Qonda parazitlarni aniqlash usullari
2.3. Tadqiqot sharoitlari
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Yuqumli va parazitar kasalliklar qadim zamonlarda
ham uchragan. Chinchechak, o’lat, vabo va boshqa xatarli yuqumli kasalliklar
vaqti-vaqti bilan keng tarqalib millionlab kishilarning yostig’ini quritgan,
jamiyatga ko’p talofat yetkazgan. Parazit kasalliklarning mohiyati, ularning kelib
chiqish sabablari uzoq vaqt davomida noma’lum bo’lib kelgan. Lekin o’sha
zamonlarning donishmand kishilari bu kasallikning bemordan sog’lom odamga
yuqish xususiyati bor ekanligiga e’tibor qilganlar. Parazitar kasalliklarning sababi
parazit hayvonlar ekanligi o’z tasdig’ini topgandan so’ng bu ta’limot rivojlana
boshladi. Bu XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri kelib, bunda yuqumli
omillarning tabiati va ularning patogenlik mexanizmlari o’rganildi.
Parazitar kasalliklar boshqa kasalliklardan ko’pgina xususiyatlari bilan farq
qilad. Avvalo, ushbu kasalliklarni maxsus patogen hayvonlar qo’zg’atadi, parazit
organizmga tushgandan so’ng kasallik darhol namoyon bo’lmay, ma’lum bir
yashirin davr o’tadi. U hastalangan odamdan sog’lom kishilarga yuqib, katta
hududlarga tarqalishi mumkin.
Bir xujayrali hayvonlar yer yuzida ancha keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda
ularning 35000 ga yaqin turi malum bo’lib aksariyati okean va chuchuk suvlarda,
nam tuproqda yashaydi. Ularning 9 mingdan ko’prok turlariga parazitlik bilan
moslashgan bo’lib, turli umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda va odamda yashab
ancha og’ir kasalliklarni keltirib chikaradi [30]. Sodda hayvonlarning ko’pgina
turlari odam va umurtqali hayvonlarda parazitlik qilib, protozoonoz kasalliklarini
keltirib chiqaradi.
Odamda parazitlik qiluvchi bir xujayralilardan 30 turga yaqin bulib, ular
organizmning turli organ va tuqimalariga, jumladan ovqat hazm qilish
sistemasida, qonda, markaziy nerv sisitemasida, jigarda, o’pkada va boshqa
organlarda yashaydi. Odamda parazitlik qiluvchi bir xujayralarning aksariyati
transmissiv yo’l bilan yani qon so’ruvchi bo’g’imoyoqlilarni iskaptoparlar,
pashshalar, qandalalar va kanallar yordamida tarqalsa, ayrim turlari odam
organizmiga notransmissiv yo’l bilan yani iflos qo’l va oziq ovqat mahsulotlari,
bazan kasallangan odamning kiyim kechaklari orqali sog’lom organizmga
yuqadi.[39]
Bunday kasalliklarning ayrimlari yer yuzida juda keng tarqalgan. Jahon
sog’likni saqlash tashkilotining malumotlariga binoan yer yuzi aholisining 70% i
malum bir turga mansub bo’lgan parazitni tashuvchisi hisoblanadi. Keyingi
yillarda odamlarning amyobiaz, liyshmanioz, troxomonoz va bezgak kasalliklarga
chalinishi ancha ko’paydi. Masalan, bezgak dunyoda eng ko’p tarqalgan yuqumli
kasalliklardan biri bo’lib, Jahon sog’likni saqlash tashkilotining (JSST) so’nggi
ma’lumotlariga ko’ra 2012 yilda 100 ga yaqin mamlakatlarda bezgak bilan 207
mln kishi kasallangan va ulardan 627 ming kishi ushbu kasallikdan nobud
bo’lgan, yer yuzi aholisining 15% i ichburug’ amyobasi bilan zararlanganligi
aniqlangan.
Bizning Respublikamizda ham ayrim protozooy kasalliklari ancha keng
tarqalgan. Bunday protozooy kasalliklarga lyamblioz, trixomonadoz, leyshmaniozi
kabilarni aytib utish urinlidir.
Respublikamizda tarqalgan protozooy kasalliklarni tarqalish arealini
aniqlash, ularning tabiiy manbalarini o’rganish va ularga chora tadbirlarni ishlab
chiqish muommalari bilan Samarkanddagi L.M.Isayeyev nomli tibbiyot
parazitologiyasi tarkibidagi protozoy kasalliklari ilmiy tadqiqot laboratoriyasi va
klinikasi shug’ullanadi.
Bu kasalliklarni qo’zg’atavchi organizmlarning xususiyatlarini o’rganish,
tarqalish yo’llari va hududlarini aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni
takomillashtirish kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biridir. Tadqiqotlarda
odamda uchraydigan protozoonoz qo’zg’atuvchilari, ularning ekologik
xususiyatlari va tarqalishi o’rganiladi hamda profilaktik chora-tadbirlar rejasi
ishlab chiqiladi.