F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


gan. 1858-yil F.Skleter quruqlikni Palearktika, Efiopiya, Hindiston



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
gan. 1858-yil F.Skleter quruqlikni Palearktika, Efiopiya, Hindiston,
Avstraliya, Nearktika va Neotropik kabi 
6
asosiy faunistik oblastga
ajratishni taklif etgan. 1876-yil A.Uolles Skleteming faunistik ra-
yonlashtirishini qabul qilgan holda, Hindiston oblastini Sharqiy
oblast deb atagan. Skleteming oblastlar klassifikatsiyasi hozirda ham
ko‘pchilik tomonidan tan olinadi. Ammo uning klassifikatsiyasi bir
81


necha bor qayta tuzatilgan. Faunaning tarixiy aloqalarini o ‘zida aks 
ettiruvchi ancha yuqori rangdagi zoogeografik birlikni yaratishga 
ham urinishlar bo‘lgan. Jumladan, 1890-yil A.Blenford Skleter tak- 
lif etgan oblastlami 3 ta guruhga (Arktogey, Janubiy Amerika, Avs­
traliya) birlashtirgan. Bu guruhlami R.Lidekker zoogeografik rang 
sifatida “gei” yoki “sarstva”, y a’ni hayvonot olamiga (Notogeya, 
Neogeya, Arktogeya) ajratishni taklif etgan va eng katta rang sifa­
tida hayvonot olami barcha ko‘rsatkichlari bo'yicha o ‘xshash b o ‘lgan 
bir necha oblastlami o ‘ziga birlashtirgan. Ammo bunda yer yuzida- 
gi faunistik va floristik oblastlar tizimi ko‘pincha o ‘zaro bir-biriga 
mos kelmaydi. Uolles yashagan davrda faunaga xos xususiyatlami 
yoritishda yaxshi o ‘rganilgan umurtqalilar (asosan qushlar va sutem- 
izuvchilar) gumhi tanlangan. Hasharotlar, mollyuskalar va boshqa 
umurtqasiz-laming tarqalishi to ‘g ‘risidagi dunyo bo‘yicha yig‘ilgan 
yangi faunistik m a’lumotlar mavjud faunistik oblastlami qayta ко‘rib 
chiqish uchun asos borligidan dalolat beradi. Xuddi shunday yo‘nalish 
1976-yil O.L.Kijanovskiyning “О принципах зоогеографического 
районирования суши” (“Quruqlikni zoogeografik rayonlashtirish prin 
siplari haqida”) nomli ishida o ‘z ifodasini topgan. Myulleming (1973) 
fikricha, “hozirgi vaqtda tekislik va tog‘liklardan iborat tropik o‘rmonlar, 
savannalar va dashtlarda yashovchi hayvonlaming tur tarkibi, soni va 
areali qisqargan. Endilikda yer yuzini faunistik hududlarga bo‘lish ma- 
salasi juda murakkab bo‘lib, zoogeografik oblastlarga ajratishda ayrim 
hayvon gumhlari tomonidan oblastlararo chegaralaming “buzilishi” hi 
sobga olinmasligi kerak va buning imkoni ham yo‘q” deb ta’kidlaydi.
Yer yuzini zoogeografik rayonlashtirishga nisbatan har bir davr­
da turlicha qarashlar b o ‘lgan. Landshaftlaming o ‘zlashtirilishi va 
iqlimiy o ‘zgarishlar u yoki bu hudud orasidagi tabiiy chegaralami 
aniqlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Shunday b o lish ig a qaramasdan, 
tabiiy zonallilik, faunistik majmualar orasida qadimda yuz bergan 
va hozirda sodir bo ‘layotgan munosabatlar, paleontologik dalillar va 
boshqalarga asoslangan holda yer yuzasini zoogeografik rayonlashti­
rishga harakat qilinadi.
82


Yer yuzini zoogeografik oblastlarga ajratishda nisbatan to ‘liq 
o‘rganilgan sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar sinflari 
asosiy mezon sifatida k o ‘rsatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat tadqiqotlarda F.Skleteming (1858) prin- 
siplari asosida quruqlikni 6 ta asosiy faunistik oblastlarga ajratish qa 
bul qilingan (6-rasm).
6

Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin