F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a



Yüklə 352,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/92
tarix25.12.2023
ölçüsü352,6 Kb.
#195941
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
N azorat topshiriqlari
1 .Zoogeografik rayonlashtirish deganda nimani tushunasiz va
uning ahamiyati nimadan iborat?
2. Quruqlikni zoogeografik rayonlashtirish prinsiplari va uning
mazmun-mohiyati haqida nimalarni bilasiz?
3. Quruqlikni zoogeografik rayonlashtirish sohasida olib borilgan
tadqiqotlar to ‘g ‘risida so ‘zlab bering.
4. Quruklikdagi zoogeografik oblastlar va ulam ing geografik
о ‘m in i xaritadan foydalanib ко ‘rsating.
5. Yer yuzini faunistik oblastlarga bo ‘lishning murakkabligiga sa
bab nima?
5.1.Efiopiya zoogeografik oblasti
Geografik о ‘mi va tabiiy sharoiti. Efiopiya oblasti tarkibiga Af- 
rika materigining katta qismi (shimoli-g‘arbiy qismidan tashqari) va
85


Arabistonning janubiy qismi kiradi. Skotra, Vozneseniya va Shimoliy 
Yelena orollari ham mazkur oblastga tegishli. Oblast chegaralari shi 
molda tropik mintaqadan tashqariga chiqmaydi, janubda esa subtropik 
mintaqaga ancha kirib boradi. Afrika materigi m a’lum darajada yirik 
shimoliy materikka yaqin joylashgan b o ‘lib, bir paytlar uning hayotiy 
komponentlari mazkur materik bilan yaqin aloqada bo‘lgan (8-rasm).
8
-rasm. Efiopiya zoogeografik oblasti (Darlington, 1966).
B a’zi qarashlarga ko‘ra, Afrika bir paytlar Yevropaning 0 ‘rta Yer 
dengiziga tomon siljigan va hozirgi holatni egallagandan so‘ng siljish
86


dan to‘xtagan. Bunday qarashlar, Afrika va Yevrosiyo faunasining 
m a’lum daraja o ‘xshashligi, o ‘ziga xos xususiyatlarining hozirda ham 
mavjudligi bilan o ‘z isbotini topadi. Uchlamchi davrda esa bunday 
o ‘xshashliklar bu ikkala materik orasida yana ham ko‘proq b o ‘lgan. 
Paleontologlar uchlamchi davrda Afrika faunasining Yevropaga to 
mon bir necha bor migratsiya qilganligini aniqlashgan. Xuddi shun 
day teskari migratsiya ham sodir bo‘lib turgan. Hozirda Afrikada 
uchraydigan qator tuyoqlilar uchlamchi davrda Yevropada va Hindis 
tonda yashagan. Yuqorida keltirilgan m a’lumotlar, Afrika, Yevrosiyo 
va hatto Shimoliy Amerika faunalarining taqdiri oz bo ‘lsa-da o ‘zaro 
bog‘liqligidan dalolat beradi. Efiopiya faunasi qator belgilari bilan 
Indo-Malay oblasti faunasiga ham o ‘xshab ketadi.
Yuqorida qayd etilgan materiallar faunalar qadimda umumiy xu 
susiyatlarga ega bo‘lgan, ular o'zaro o ‘xshash va shakllanish tarixi- 
ning ayrim jabhalaridagi o'xshashliklar mazkur materiklar faunalari 
bir xildagi shakllanishga ega, degan xulosalami keltirib chiqarmaydi. 
Chunki ushbu materiklardagi faunalaming hozirgi holati va yig‘ilgan 
barcha m a’lumotlar ulaming alohida faunistik oblastlar ekanligini 
tasdiqlaydi.
Afrika materigi o ‘zining geografik ixchainligi bilan xarakterlanadi. 
Afrikaning tabiiy sharoiti uning relyefi va geografik joylashuvi bilan 
belgilanadi. Relyefida dengiz sathidan ancha baland bo‘lgan ulkan 
yassi tog‘liklar shakllangan. Efiopiyaning tabiiy sharoitini belgilash- 
da uning sharqida joylashgan Efiopiya tog ‘lari va Markaziy Afrika­
ning zanjirday tizilgan vulqonli tog‘lari, janubiy chekkasidagi Drakon 
tog‘lari, g ‘arbidagi Kamerun va Gvineya tepaliklari muhim o ‘rin 
tutadi. Materik chegaralaridagi mazkur to g ia r nam dengiz shamol 
lari uchun to ‘siq bo‘lib xizmat qiladi va natijada materik markazida 
quruq tropik iqlim humkronlik qiladi. Materikning chekka janubiy 
qismi m o‘tadil iliq iqlimi ( 0 ‘rta Yer dengiziga xos iqlim tipi) bilan 
ajralib turadi.
Efiopiyaning katta qismini turli tipdagi savannalar (kam o ‘rmonli, 
baland o ‘tchil, quruq) egallagan. Quruq mavsumda yog‘in miq-
87


doriga nisbatan bug‘lanadigan namlik miqdori ancha yuqori b o iib , 
yog‘ingarchilik k o ‘p b o ‘lgan yillari esa aksincha holat kuzatiladi. 
Daraxtlar issiqqa juda chidamli b o ‘lishiga qaramasdan, quruq mav- 
sumlarda bargini to ‘kadi. 0 ‘rmonsiz savannalar asosan boshoqli 
o ‘simliklar bilan qoplangan (fil o ‘tlari). Daraxtlardan baobab, soya- 
bonsiraon akatsiya, moyli palma va sutli daraxtsimonlar keng tar- 
qalgan. Nam ekvatorial yoki yom g‘irli joylarda tarqalgan o ‘rmonlar 
massivi Afrikaning g ‘arbi hamda markaziy qismini egallaydi va ular 
asosan Kongo daryosi bo‘ylari hamda Gvineya ko‘rfazining janubi 
ga to ‘g ‘ri keladi. Tog‘liq hududlarda asosan, namgarchilikni (yog‘in 
miqdori kamida 2000 mm) yoqtiradigan va issiq sharoitda o ‘sadigan 
nam o ‘rmonlar, daryo va vodiylarda esa galerey o ‘rmonlari shakllan 
gan. Ekvatorial o ‘rmonlarning o ‘simliklar dunyosi juda xilma-xil va
1 ga maydonda o ‘rtacha 50 turdagi daraxtlami uchratish mumkin. Bu 
jo y da taxminan 600 turdagi daraxtlaming uchrashi qayd etiladi. A f 
rikaning nam o ‘rmonlarida gulli o ‘simliklaming 11000 turi uchraydi.
Efiopiyani shimoldan ajratib turuvchi keng cho‘l mintaqasi hamda 
k o ‘pgina ichki suv havzalari uning faunasini shakllanishida muhim 
ahamiyatga ega. Efiopiyada tipik tropik o ‘rmonlar, o ‘rmon dasht, 
dasht (buta va daraxt o ‘simliklari bilan), janubi-g‘arbida esa (Kala- 
xara) cho‘liar shakllangan.
M azkur oblast o ‘ziga xos ekologik xususiyatlari bilan boshqa 
oblastlardan ajralib turadi va katta maydonni egallagan cho‘llaming 
mavjudligi hayvonot olamida tubdan farq qiluvchi moslanishlaming 
shakllanishiga olib kelgan. Ayrim hayvon turlarining ekstremal sha 
roitlarda yashashini o ‘rganish (jazirama issiq, namlikning yetishmas- 
ligi) ulaming muhit sharoitlariga moslashish qonuniyatlarini oydin- 
lashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Garchi, tur tarkibi b o ‘yicha Efiopiya faunasi 0 ‘zbekiston faunasi- 
dan farq qilsa-da, ular o ‘zaro morfologik, fiziologik va ekologik xu­
susiyatlari bilan qator o ‘xshashliklarga ega. Geologik tarixi b o ‘yicha 
ko‘pchilik faunalar u yoki bu darajada orol xarakteriga ega b o isa , 
Efiopiya faunasi haqiqiy qadimgi materik faunaga tegishlidir.
88


Faunasiga umumiy tavsif. Efiopiya faunasi o ‘ziga xosligi, juda 
ham xilma-xilligi va o ‘zining “qiymati” bilan boshqa faunalardan 
ajralib turadi.
Fauna tarkibida sutemizuvchilar sinfiga mansub b o ig a n 37 ta oila 
vakillari uchraydi va ulardan 9 tasi, jum ladan, suvsarlar, yerqazarlar, 
mushuksimonlar, olmaxonlar, cho‘chqalar, kovak shoxlilar va boshqa 
lar juda keng tarqalishga ega b o ‘Isa, tipratikanlar, otlar, maymunlar, 
viverralar va boshqalar oblast chegarasidan ancha tashqarida ham o ‘z 
tarqalish areallariga ega. Endemiklardan sutemizuvchilaming daman 
lar (Hyracoidea) turkumi vakillari, yagona turkum va oilaga mansub 
b o ‘lgan termit va chumolilar bilan oziqlanuvchi Afrika naytishi (Oryc- 
teropus afer) uchraydi. Damanlar tovushqon kattaligida o ‘simlikxo‘r 
hayvonlar b o ‘lib, o ‘rmonlarda va tog‘larda yashaydi. Ulam ing tovo- 
nidagi so ‘rg ‘ichsimon o ‘simtalar daraxt va qoyalarga chiqishga im 
kon beradi. Endemik oilalardan qunduzsimon yerqazarlar, oltinrang 
krot, suv ayg‘irlari, jirafalar, nina dumli olmaxonlar, uzun oyoqlar va 
boshqalar uchraydi. Jami endemik oilalar soni 14 tani tashkil etadi. 
Avlodlar darajasida olganda, 151 avloddan 118 tasi endemiklardir. 
Jumladan, qo‘lqanotlilaming 9 ta endemik avlod vakillari tarqal­
gan. Tuyoqlilar faunasi o ‘z tarkibida turlar sonining k o ‘pligi bilan 
boshqa oblastlardan ajralib turadi. Turli antilopalar, zebralar, jirafa 
lar, karkidonlar, suv ayg‘irlari va fillar Afrikaning “landshafit hayvon­
lari” sanaladi. Mazkur turlaming ayrimlari juda katta sonda uchraydi. 
Oblastda krotlar, ayiqlar, qunduzlar, qo‘shoyoqlar, tapirlar, tuyalar va 
b u g ‘u oilalari umum an uchram aydi. Kavsh qaytamvchilardan tax- 
minan 40 avlod vakillari antilopalarga tegishli b o ‘lib, ulardan yirik 
turlarga kannalar, kudular va gnular kiradi. Jirafalaming ikkita turi 
uchraydi. Ulardan biri okapa (Okapia jonstoni) b o ‘lib, Kongodagi zich 
o ‘rmonlarda yashaydi va balandligi 2 m ga yetadi,). Ikkinchisi - jirafa 
(Giraffa cameleopardalis) bo‘lib savanna hamda siyrak o ‘rmonli joylar 
da yashaydi va balandligi 6 m ga yetadi. Suv ayg‘irlarining ham ikkita 
turi Efiopiya uchun xos. Yirik suv ayg‘iri (Hippopotamus amphibius) 
ning erkaklarini og‘irligi 3 tonnagacha, tana uzunligi 400-420 sm ga
89



Yüklə 352,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin