rangda bo’ladi. 4.
Qisqichbaqa qunduzi qayerga yashirinadi?
Suv tagidagi toshlar ostiga yoki daraxtlarning suvdagi ildizi orasiga. 5.
Qisqichbaqa qachon, qanday ov qiladi va nimalar bilan
oziqlanadi?
Kechqurun ovga chiqadi. Asosiy ozig’i suv o’tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi) yoki ularning murdalari. U oziqni hidini yaxshi sеzadi. 6.
Qisqichbaqa tanasining qoplag’ichi nimadan iborat, u
qanday vazifani bajaradi?
Qattiq, qalin xitindan iborat, vazifasi, himoya va tashqi skеlеt. 7.
Nima uchun qisqichbaqaning xitin qoplag’ichi
tayanch skеlеt vazifasini bajaradi?
Chunki unga ichki a'zolarning muskullari va oyoqlar kеlib birikadi. 8.
Qisqichbaqaning tanasi qanday bo’limlardan iborat?
Yirik boshko’krak va yassilashgan qorin. 9.
Qisqichbaqaning boshko’krak bo’limii qanday
tuzilgan?
Bosh va ko’krakning harakatsiz birikishi tufayli hosil bo’lgan. Yaxlit boshko’krak qalqoni bilan qoplangan. Qalqonining oldingi qismi uzun pixni hosil qiladi. 10.
Daryo qisqichbaqasining boshida qanday organlar
bor?.
1 juft payachali ko’zlar, 1 juft uzun va 1 juft kalta mo’ylovlar, og’zi. 11.
Qisqichbaqaning og’zi qanday tuzilgan?
3 juft jag’ o’rab turadi. 12.
Qisqichbaqaning boshko’krak bo’limini pastki
tomonida qanday a'zolar joylashgan?
8 juft bo’g’imli o’simtalar: Ulardan 3 jufti jag’oyoqlar, 4 chi jufti qisqichlar, qolg’an 4 jufti yurish oyoqlar. 13.
Jag’oyoqlar qanday vazifani bajaradi?