Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Buni yodda tuting!

Firma foydasining real miqdori narxlar o‘zgarishini e’tiborga olgan holda 
hisoblanadi.

Firma faoliyatining samaradorligini hisoblashda foyda va xarajatlar miqdori 
e’tiborga olinadi.

Aylanma mablag‘lar aylanishining sekinlashishi firma uchun zararli 
hisoblanadi.
Topshiriq
3
2
1
4


37
37
36
MENEJER VA UNING VAZIFALARI
Boshqaruv bevosita inson tomonidan amalga oshiriladi. Firmada ishlaydigan, 
maxsus boshqaruv ilmini egallagan, ish yurituvchi va boshqaruvchi menejer deb 
ataladi. Har qanday rahbar xodim yoki menejer ish vaqtining 70 — 80 foizini 
odamlar bilan muloqot qilishga sarflaydi. Shu bois, menejmentni tom ma’noda 
qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar faoliyatini o‘zaro muloqot orqali boshqarish deb 
ham aytish mumkin. 
Menejer oldida turgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni ketma-
ket bajarishi kerak bo‘ladi: 1. Rejalashtirish; 2. Tashkil qilish; 3. Rahbarlik qilish; 
4. Nazorat qilish.
Rejalashtirish bosqichida menejerlar korxona maqsadidan kelib chiqib
istiqbolli rejalar va dasturlarni ishlab chiqadilar. Rejani amalga oshirish uchun 
korxonaning hamma bo‘limlari ishini o‘zaro muvofiqlashtiradilar. Ularning ishini 
tashkil qiladilar, bevosita rahbarlik qilib, ishning bajarilishini nazoratga oladilar. 
Menejerlar xodimlarni korxona oldida turgan ma’lum maqsadga erishishiga 
chorlovchi va jamoani bunga otlantiruvchi, safarbar qiluvchi kishilardir.
Firmani boshqarishda menejerlarning yuqori salohiyatga egaligi, iqtisodiy 
bilimlarni chuqur bilishi, o‘zining imidjiga ega bo‘lishi, ma’naviy jihatdan yetukligi, 
muomala, so‘zlashuv madaniyatining yuksakligi katta ahamiyat kasb etadi.
FIRMANING BOSHQARUV TUZILMALARI
Firmaning katta-kichikligiga qarab, boshqaruvning turli xil tashkiliy tizimlari 
tuziladi. Faraz qilaylik, kichik do‘konda uning egasi va yana bir kishi ishlaydi. Bu 
holatda, boshqaruvchi va boshqariluvchi orasidagi o‘zaro munosabat 8.1- chizma-
dagidek bo‘ladi. Bu tizim — sodda tashkiliy tizim deyiladi. Bir nechta bo‘limlardan 
tashkil topgan supermarketdagi boshqaruv tuzilmasini ko‘z oldimizga keltiradigan 
bo‘lsak, uning tuzilmasi (boshqaruv bo‘g‘inlari) birmuncha murakkabroq bo‘ladi. 
Uni sxema tarzida 8.2- chizmadagidek tasvirlash mumkin. Yangi tizimning 
avvalgisidan asosiy farqi faqat xizmatchilar sonining ko‘pligidagina bo‘lmay, 
balki bir necha quyi darajali qismlardan tashkil topganligidadir. Endi ishchi va 
xodimlarning bir qismi bevosita do‘kon egasiga emas, balki kichik bo‘limlarni 
boshqaruvchi menejerlarga bo‘ysunadi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin