Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Texnologiya darslarida turli gazlamalarda iplar o`ralishi ham



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Texnologiya darslarida turli gazlamalarda iplar o`ralishi ham 
o’rganishi nazarda tutilgan. 
II sinfda o`quvchilar tanda va arqoq 
iplarining eng oddiy polotno o`ralishli gazlamalar bilan tanishib, 


292 
bunday o`ralishning o`ziga xos maketini ular rangli qog`oz yo`llardan 
gilamcha «to`qiganda» tayyorlashgan. 
III sinfda esa gazlamalarda iplarning oddiy o`ralishni o`rganish 
davom etadi: polotno o`ralishga sarja, keyin esa satin (atlas) 
o`ralishlar qo`shiladi. O`quvchilar bu o`ralishlardagi tanda va arqoq 
iplari joylashuvi sxemasini yaxshiroq o`zlashtirib olishi uchun 
ko`rgazma materiali sifatida rangli qog`oz yo`llardan gilamchalardan 
foydalanish yaxshi. 
Sarja va satin o`ralishlarni bajarish usullarini ko`rsatish uchun 
kichik to`quvchilik romchasi – tanda iplari parallel tortilgan yog`och 
ramchadan foydalanish mumkin. Moki rolini katta igna bajaradi. 
Tanda va arqoq iplari, qalin va kontrast rangda tanlanadi (5-rasm). 
5-rasm. Gazlamlarda arqoq va tanda iplar o`ralishi: 
1 – sarja; 2 – satin 
Gazlama bo`laklarini tanda va arqoq iplari bo`ylab aniq kesish 
hamda tanda va arqoq chekka iplarini katta igna yoki bigiz bilan 
ajratish maqsadga muvofiq. Gazlamalarda iplar o`ralishini ko`rib 
chiqishda uchinchi sinf o`quvchilarini lupalar bilan ta‘minlash foydali. 
O’quvchilar 
gazlamalarda 
tanda 
va 
arqoq 
iplari 
xususiyatlarini o`rganishda, 
avvalo,
g
azlamalar nimadan va qanday 
tayyorlanishini bilish, biron-bir narsa tayyorlash kerak bo`lgan 
gazlamaning asosiy xususiyatlari va sifatini, gazlamada bo`ylama va 
ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlay olish muhim. Buyumlar va alohida 
detallarni konstruktsiyalashtirish va tayyorlashda gazlamalardan 
to`g`ri foydalanishlari uchun o`quvchilar eng muhim, ko`p tarqalgan 
va ishlov berish oson gazlamalar bilan tanishishlari kerak. 


293 
Gazlamalar tayyorlashda tanda va arqoq o`ralishlari to`g`risidagi 
oldingi bilimlarini o`quvchilar eslashlari uchun ularga to`quvchilik 
romchasi va unda eng oddiy o`ralishlar bilan qo`lbola gazlamaning 
tayyorlanishi jarayonini ko`rsatish foydali. 
Texnologiya 
darslarida 
kartondan 
oddiygina 
to`quvchilik 
romchasini tayyorlab, ochiq kontrast rangli qalin iplardan foydalanib 
polotno o`ralishli gazlamaning kichik bo`lagini to`qish maqsadga 
muvofiqdir. 
Gazlama bilan keyingi ishlash uchun uchinchi sinf o`quvchilariga 
o`zlari 
ishlatadigan 
gazlamalarda 
bo`ylama 
va 
ko`ndalang 
yo`nalishlarni aniqlashni o`rganib olish zarur. 
O`qituvchi ikkala milklari bo`lgan katta gazlama bo`lagini 
ko`rsatadi. Bu bo`lakda bo`ylama va ko`ndalang iplar qanday 
joylashishini ko`rsatib beradi: birinchilari – bo`lak bo`ylab, ya‘ni 
gazlama milklariga parallel, ikkinchilari – ko`ndalang, ya‘ni milkdan 
milkkacha o`tgan. Bu yo`nalishlarni gazlamaning kichik bo`lagida 
ham, u bo`ylama yo`nalishni ko`rsatib beruvchi milk bilan birga kesib 
olingan bo`lsa, aniqlash oson. 
Milk bo`lmagan kichik gazlama bo`lagi bilan ishlashga to`g`ri 
kelsachi? Bu holda tanda va arqoq iplari yo`nalishini qanday aniqlash 
kerak? O`qituvchi o`quvchilardan stollari ustida yotgan gazlama 
bo`laklarini diqqat bilan qarab chiqishni so`raydi. Bularning qaysi 
birida milkli gazlama bo`laklari bo`lsa, ularga oddiy o`rganish taklif 
etiladi – gazlamani avval milkka parallel yo`nalishda, keyin esa – 
ko`ndalang yo`nalishda tortish. O`quvchilar tanda iplari yo`nalishida 
gazlama arqoq iplari yo`nalishidagiga qaraganda kamroq cho`zilishini 
qayd etadilar. Xulosa chiqariladi: gazlamani ikki asosiy – bo`ylama va 
ko`ndalang yo`nalishda cho`zilishi bo`yicha unda tanda va aqoq iplari 
qanday joylashganini aniqlash mumkin. Bu xulosadan foydalanib 
o`quvchilar o`z gazlama bo`laklarida tanda iplari joylashuvini aniqlab, 
ularning yo`nalishini qabul qilingan shartli belgi – uchlarida strelkali 
to`g`ri chiziq kesmasi bilan belgilaydilar. 
O`qituvchi taklifi bo`yicha o`quvchilar igna yordamida o`z 
bo`laklari chetlaridan bo`ylama va ko`ndalang iplarni tortib 
chiqaradilar, ularning tashqi ko`rinishi va cho`zilishga qarshiligini 
taqqoslaydilar. Birgalikda xulosa chiqariladi: bo`ylama iplar (tanda 
iplari) ko`ndalang iplarga qaraganda deyarli cho`zilmaydi va ancha 


294 
mustahkamroq. Ular ko`proq eshilgan bo`lib, yuzasi arqoq ipidek 
unchalik paxmoq emas, ancha silliq bo`ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin