3
Сайёрамизнинг эртанги куни, фаровонлиги
фарзандларимиз қандай инсон бўлиб камолга етиши
билан боғлиқ. Бизнинг асосий вазифамиз –
ёшларнинг ўз салоҳиятини намоён қилиши учун
зарур шароитлар яратишдан иборат.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат
Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-
сессиясида сўзлаган нутқидан
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayoygan yangilanish,
modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari
jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga
javob bera oladigan
yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko’nikmalarini
shakllantirishni,
o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya
yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini
oshirishni taqozo
etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun
talablari asosida tayyorlashda “ Texnologiya va uni o’qitish
metodikasi “ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o’rinni
egallaydi. Mazkur fan orqali bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar
fanining asosiy ilmiy – nazariy va amaliy natijalariga asoslangan
holda o’quvchilarga
mehnatsevarlik, intizom, masuliyat, burch hissi,
ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish malakasiga ega bo’ladilar.
Darslikda texnologiya va uni uqtirish
metodikasining umumiy
asoslari, darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida
xorijiy ta’lim tizimida foydalanish, shuningdek qo’ l mehnati, qog’oz
va
karton bilan ishlash, applikatsiya, tabiiy materiallar plastilin,
gazlama bilan ishlash texnologiyalari tog’risida
amaliy- metodik
bilimlar o’z ifodasini topgan. Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida
axbarot texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va
interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib
berilgan. Texnologiya darslarini tashkil etishda o’qituvchining eng
muhim vazifalarida biri o’qituvchilarni mustaqil bilim olishga tizimli
o’rgatib borishdan iborat bo’lib,
ularni ongli, maqsadli natijaga
erishishga yo’naltirishdan iborat. Darslikda bo’lajak boshlang’ich sinf
o’qituvchilarining o’quvchilarga mehnat qurollari to’g’risida bilim
4
berish
texnologik jarayon, texnika xavfsizligi, sanitariya va gigiena
to’g’risidagi ma’lumotlar hamda mehnatni
tizimli tashkil etish va
o’quvchilarning mehnat madaniyati to’g’risida bilimlarga ega bo’lish
metodikasi bugungi kun talablari asosida yoritib beriladi.