6
yordamida hal еtiladi. Bu o’z navbatida, oliy ta’lim tizimida
o’qitiladigan texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani oldida
muhim maqsad va vazifalarni qo’yadi.
Jumladan, mazkur fanni o’qitishdan asosiy maqsad: talabalarni
boshlang’ich sinflarda texnologiya
fanining mazmuni va vazifalari,
o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni
darslarda, shuningdek, sinfdan tashqari texnologiya fanini o’qitish
jarayonida nazariy hamda amaliy tatbiq etish bo’yicha bilim,
ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o’rgatish,
ijtimoiy hayotda ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari
(texnologiyasi) haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan
bolada
kasbiy
tayyorgarlikni
shakllantirish
mehnat
ta’limi
o’qituvchilarning asosiy vazifasiga kiradi. Ma’lumki, boshlang’ich
sinflarda texnologiya fanining asosiy maqsad va vazifalari: mеhnatga
axloqiy
va psixologik tayyorlash, o’quvchilarni boshlang’ich
politеxnik bilim bilan qurollantirish, texnologiya faniga amaliy
tayyorlash, texnologik operatsiyalarining malaka va ko’nikmalari
bilan qurollantirish, o’quvchilarni texnologiya fani jarayonida har
tomonlama o’stirishni tarkib toptirishdan iborat.
Shu boisdan texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani
tarkibiga: bo’lajak o’qituvchilarga har tomonlama nazariy va amaliy
bilim berish, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida
kasblar haqida ma’lumot berish
izchilligini takomillashtirish, Davlat
ta’lim standartlari talabi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish
vazifalari
kiradi.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani ta’lim metodikalari
kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga
tayangan holda, ilg’or pedagogik tajribalar bilan boyitilgan va
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan materiallar asosida yoritib
boriladi. O’quvchilarni amaliy texnologik jarayonlarga
tayyorlash va
ularni boshlang’ich texnologik operatsiyalari malaka va
ko’nikmalarini egallashlarini ta’minlaydi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati ham muhim
hisoblanadi. U o’quvchilarda mehnat turlari haqidagi tushunchalarni
shakllantiradi,
mehnatga
bo’lgan
qiziqishni
hosil
qilib,
mehnatsevarlik,
mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi hamda
7
jamoatchilik hissini tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek,
o’quvchilarning aqliy jihatdan kamol topib borishlarida zamin
yaratadi. Iroda va axloqiy sifatlarni rivojlantirishda ko’maklashadi.
O’quvchilarda mehnatga bo’lgan his-tuyg’uning hosil bo’lishi ularda
do’stlik, birodarlik, bir-biriga ko’maklashish, jamoatchilik, hurmat-
izzatda bo’lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalardan o’rinli foydalanib, ta’limiy va
tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Maktabda
o’quvchilar texnologiya fanini qunt bilan o’zlashtirib borishlari
uchun
darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalardan
foydalanish kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalarida foydalanish,
interfaol usullarni qo’llash, ta’limiy vositalarni va ta’limiy o’yinlarni
ta’lim jarayonida tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bular
haqida keyingi mavzularda to’liqroq to’xtalamiz .
Hаr bir dаrs jarayonida o`quvchilarda bilim vа mаlаkа dоirаlarini
kеngаytirish hаmdа mustаhkаmlаsh, ulardа bаrqаrоr ijоbiy ko`nikmа
vа оdаtlar hоsil qilishni nazarda tutish bilan bir qatorda, ularni
mehnatga axloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalab borish o’ta muhim
hisoblanadi. Ya’ni, dаrs vаzifаsini fаqаt bilim bеrish vа ko`nikmа
hоsil qilishdаn ibоrаt qilib qo`ymаslik, bаlki aqliy tаrbiya bеrish vа
kаmоl tоptirish vаzifаlari bilаn hamjihatlikda bоg`lаb borish hаm
zаrur. Shuning uchun hаm o`qituvchi birоr mаvzugа tаyyorlаna turib,
mаzkur dаrs mаtеriаli аsоsidа o`quvchilarni
аxlоqiylikning qаndаy
g`оyalarni аnglаshgа оlib kеlishini, diqqаt, fikrlаsh, хоtirа, tаsаvvur,
irоdаsini rivоjlаntirish vа bоshqа shular qatorida shахs sifаtini qаndаy
kаmоl tоptirishgа erishishni аniq tаsаvvur qilmоg`i lоzim.
Dostları ilə paylaş: