51
Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi o’quvchilarning rivojlanganlik
darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir.
Darsni to’g`ri tashkil etishda har xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar
bilan ishlashning oldindan o’ylab qo’yilgan sistemasi bo’lishi
muhimdir. Darsning samaradorlik darajasini
oshirish uchun turli
tarqatma materiallar, rasmlar, andozalar, o’lchamlar, asbob-
uskunalarda o’rinli foydalanilishi lozim. Bular o’quvchilarda ko’rish,
tasavvur
hosil qilish, diqqatni jamlab qunt bilan ishlash, chiroyli va
shinam shakllar yaritishga da’vat etadi. Shuning uchun ham bo’sh
o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan
o’quvchilarga ham oldindan alohida kartochka-topshiriqlar tayyorlab
qo’yish kerak.
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lgan
ekskursiyani
ta’limning biror bo’limi boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq
mavzuga bag’ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzuni
o’tishdan keyin yoki avval o’tkazilgani maqul. Ekskursiya 15-20
o’quvchidan iborat bo’lib, frontal o’tkaziladi. Mehnat o’qituvchisi
rahbarligida ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash
texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishga qaratiladi. Obyektiv
ravishda mavjud bo’lgan munosabatlarni aniqlash va taqqoslash yo’li
bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni o’rganadi.
Har qanday ekskursiyaning mazmuni 3
bosqichda amalga
oshirilishi lozim:
1. Kuzatuv ob’yektini oldindan tanlash, maqsad va vazifalarini
aniqlash, ekskursiyaning o’tkazilish tartibi, berilgan topshiriq va
hisobotlarning shakllarini tayyorlashdan iborat bo’lgan
tayyorgarlik
davri.
2. Tayyorgarlik bosqichidagi barcha talablar nazorat qilinadi:
Ekskursiyada o’zini tutish qoidalari, turli xil ma’lumot olish uchun
suhbatlar uyushtiriladi.
3. Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo
bo’ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat.
O`quvchilarning
qiziqish va o’zlashtirishlari
turlichaligini bilgan
o’qituvchi ularning qo’llaridan keladigan topshiriqlarni oldindan
o’ylab qo’yadi. Shu orqali u faqat yaxshi o’zlashtiradiganlarninggina
emas, balki bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarning ham bilish
52
faolligini rivojlantiradi. Topshiriqlar albatta muammo xarakteriga ega
bo’lishi kerak.
Kuzatishlar o’quvchilarni predmetga diqqat bilan qarashga, uning
xarakterli xususiyatlarini sezishga odatlantiradi. O`quvchilarga
bilimlarni hayotdan olishni ham o’rgatish kerak. Agarda o’qituvchi
topshiriqqa
kuzatilayotgan
faktlarni
kuzatuvchining
qo’lidan
keladigan tahlil va umumlashtirishlarni kiritsa, kuzatishlarning
samaradorligi yanada ortadi.
Dostları ilə paylaş: