Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.
O`quvchilarni texnologiya darslariga qiziqtirishda siz qanday
usullardan foydalanardingiz?
2.
Xalq merosida mehnat an`analarining o`rni haqida gapirib
bering.
3.
Mehnat an`analarining vazifasi nimadan iborat?
4.
Texnologiya
darslarida
mehnat
an`analaridan
qanday
shakllaridan foydalaniladi?
5.
Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar qaysilar?
65
8-MAVZU. MUTAFAKKIRLAR MEROSIDA MEHNAT
TARBIYASI
Reja:
1.Mutafakkirlar merosida mehnat
tarbiyasining targ‘ib etilishi.
2.Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari.
3.Kasb-hunarga yo‘naltirishga oid o‘yin va tadbir turlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mutafakkirlar merosida
mehnat tarbiyasi, kasb-hunarga oid fikrlari kasb-hunarga
yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari.
O’tmishda yashab, ijod etgan mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi
arboblari va ma’rifatparvar shoirlar mehnatning o’ziga xos
xususiyatlari,
uning
inson
uchun
qadr-qimmati,
kasb-hunar
egallashning mazmun-mohiyati, mehnatning tarbiyaviy imkoniyatlari
to’g’risida qimmatli fikrlar bildirib o’zlaridan juda katta ilmiy meros
qoldirgan. Shu ilmiy merosning biz uchun ahamiyatli tomoni shundan
iboratki, ulardan yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda,
kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.
O’tmish tarixida qayd etilib o’tilganidek, o’zbek xalqining qadimiy
madaniyatida mehnat bilan shug’ullanish shon-sharaf hisoblangan,
kasb-korining asosiy mazmunini esa dehqonchilik, chorvachilik va
hunarmandchilikni tashkil etgan. Zamonlar o’tib milliy madaniyat
rivojlanib borgan, insonlar ongi o’sib borishi natijasida esa ularning
turmush tarzi, yashash sharoitlari ham ijobiy tomonlarga o’zgarib
kelgan. Asrlar osha shakllanib borgan kasb-hunar davr o’tib borishi
bilan ularning har biri o’z ichida o’nlab tarmoqlarni hosil qilgan. Xalq
ichidan har bir sohani yaxshi tushunadigan, o’z ishini a’lo darajada
bajaradigan ustalar, bilimli kishilar, mutafakkir allomalar kamol
topgan. O’rta Osiyoda tug’ilib kamol topgan mutafakkirlar
mehnatning, turli kasb-korlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunib
o’zlarining oltinga teng ilmiy merosini qoldirgan. Ularning kasb-
hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari biz uchun milliy merosdir.
Mutafakkirlar ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish,
ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy
66
an’analarimizga binoan hunarmand va kosib, me’mor va naqqosh,
dehqon va chorvodor, to’quvchi va nonvoy uztoz-shogird
munosabatlarini amalga oshirib kelmoqdolar. Xalqimizning buyuk
farzandi, o’zining ilmiy qarashlari bilan ulug’ mutafakkirga
aylanganlardan biri - Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
(783-850)dir. Uning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono
fikrlari
hozirgi
kunda
ham
o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham
mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati
yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida
paydo bo’lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar
ochish shunday paydo bo’lgan, deydi.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng
yirik vakillaridan yana biri Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)
hisoblanadi. Al-Farobiyning o’z davri uchun juda katta xizmatlar
qilgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri - insonlarni ilm-ma’rifatli
bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga da’vat qilishi
bo’lgan.Farobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarni bildirib, qimmatli
maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim–so’z va ko’nikmalar majmuyi,
tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan
kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning
chinakam shaydosi bo’lishini aytrgan. Bu mulohazalardan anglanib
turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan zarur hayotiy vosita
bo’lib kelgan.
Al-Farobiy
kasb-hunar
va
xalqoniy
fazilatlar
muayyan
harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini
uqtiradi. U insonning kasb-hunar egallashi bilan bir qatorda
ma’naviy madaniyatli bo’lishini e’tirof etadi. Mutafakkir bu borada,
har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga
topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o’z
“kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi
xulq- atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb ta’kidlaydi.
Xalqimizning yana bir mutafakkiri - Abu Rayon Beruniy (978-1048)
dir. Beruniy mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-saodati va
kamoloti, uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb
biladi. U kasb-hunarga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar
67
yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning
rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli m’alumotlar berilgan.
Beruniy mehnatni ulug’aydi. Ayniqsa, olimlar mehnati tufayli
ilmiy yodgorliklar bunyod etilishini tasavvur qilgan mutafakkir
sifatida alohida ko’zga tashlanadi. U “har bir kishining qadr- qimmati
o’z ishini qoyil qilib bajarishida” deb biladi.
Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat
tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar
egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida
binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini
keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish,
xayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat
ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir
mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar
haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi.
Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi
kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular
hukmronligining tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham
fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga
o’rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya
an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning
«Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida
emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning
hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna
metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham
amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning
malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Abu
Rayhon Beruniyning zamondoshi, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino
(980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham mehnatga bo’lgan ilmiy
qarashlarni ko’rishimiz
mumkin. Mehnatni va kasb-hunarni
sharaflash, mehnat xalqning qadr-qiymati ekanligini, uning manfaati
uchun esa astoydil kurashish kerakligini Ibn Sino asarlarida
uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam
ijtimoiy jondir” degan fikridan anglash mumkin. Bu fikrning ilgari
surilishi shundan dalolat beradiki, Ibn Sino odamning yaxshi yashashi,
68
sog’lom turmush tarziga erishishi uchun eng zarur narsa foydali
mehnat ekanligini muhim deb biladi.
Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga
sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart,
deydi. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa, unu hayotga tatbiq eta olsa
va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni
uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi.
Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini
ham kasb va hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan
bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini
ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz
hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy
ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.O’tmishda O’rta Osiyoda juda
ko’plab shoirlar ijod qilib o’tgan. Ular o’z asarlarida mehnat
tariyasini, ijtimoiy foydali mehnatning inson hayotidagi o’rni va
ahamiyatini ko’p bora qayd etganlar. Masalan, O’rta Osiyodagi juda
ko’plab shoirlar ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020)
o’zining “Shohnoma” asarida mehnatni ulug’lab o’tgan. Asarda o’z
xalqiga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash
malakasiga bag’ishlangan misralarni ko’plab uchratish mumkin:
Hunar bilan aqling birikkan hamon
Har ish bu jahonda yurishgay ravon
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj
Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan biri Nosir Xisrav
(1004-1088), dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar
mehnatkashlar ekanligi, bunday insonlar sirasiga jamiyat uchun
foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlar
ekanligini o’z asarlarida juda ajoyib misralar bilan bitgan:
Kasbdan shod-u xurram yo’q jahonda,
Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda.
Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay,
Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay.
Arzir uning bo’lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
69
Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi
va kasb-hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz
mumkinki, inson dunyoga kelar ekan, o’z hayoti mobaynida insoniy
qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak, buning uchun esa mehnatga oshna
bo’lmog’i darkor, shundagina mehnat hayot chirog’iga yog’ quyib
turadi. Mutafakkir Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida
jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini
ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo
hunari bo’lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur.
Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya
etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada deb qaraydi. Dehqonchilik
ilmini egallash, mazkur ishda erni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli
bo’lishni ta’kidlaydi. Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni,
mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat
bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish lozimligini bayon etadi.
Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning afzalliklarini yoritib berish
bilan birga ma’lum hunar sirlarini egallashning inson hayotidagi
ahamiyatini ko’rsatib berishga urinadi. Allomaning qayd etishicha,
muayyan hunarning egasi bo’lgan inson eng mashaqqatli damlarda
ham o’zgalarning yordami va madadiga muhtoj bo’lmaydi, balki o’z
hunarining sharofati bilan muammolarni hal eta oladi.
Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “Hunar qaynar buloq, tuganmas
davlat. Agar hunarmand molidan mahrum bo’lsa, qayg’usi yo’qdir,
chunki hunarning o’zi davlatdir. Hunarmand qayerga borsa,
qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha
mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”:
Istar esang otangdan meros,
Bog’la otang ilmiga ixlos .
Ne nafi bor otang boyligin,
Bir kun tugatursan necha oyligin.
Mehnat, kasb-hunar haqida mutafakkir Mirzo Ulug’bekning
ham o’ziga xos qarashlari bor. U bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va
ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda
chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili
sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday
deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kecha-yu kunduz
ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha, biz o’zimizga
70
qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz
qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z
ko’zlagan niyatimizga yetdik”
Mirzo Ulug’bek kabi davlat arbobi bo’lgan Zahiriddin
Muhammad Bobur ijodiy faoliyatida ham mehnat tarbiyasi haqida
qarashlari beqiyos. Bobur mehnat haqida o’z farzandlari va yaqin
birodarlariga ko’p marotaba gapirgan. U o’zining dunyoga mashhur
“Boburnoma” asarida chin ma’noda mehnatni va mehnat qilgan
jamoani qadrlash muhimligi to’g’risida yozadi. Mutafakkir alloma
Abdurahmon Jomiy esa hunarni e’zozlagan rahbarning o’z xalqi
hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lishi hamda rahbar qachonki, elning
ehtiromiga muyassar bo’lar ekan, ana shundagina mamlakat gullab-
yashnashi mumkinligini ta’kidlaydi. U hunar sirlarini o’zlashtirish
foydadan holi bo’lmasligini uqtiradi. Ayni o’rinda insonning qadr-
qiymati uning mol-u mulki bilan emas, aksincha, u tomonidan
egallangan hunarning kishilar maishiy hayotini farovonligini
ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga urg’u berib o’tadi.
Odamning qiymati emas sim-u zar,
Odamning qiymati bilim ham hunar.
Nazar sol, dunyoda hunar tufayli,
Xojasidan qadri ortiq ko’p qullar.
Qanchalab xojalar hunarsiz uchun,
Qullari oldida beo’q, besipar.
Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o’tindan boshqa narsaga
yaramaydigan mevasiz daraxtga o’xshatadi. U har bir yoshni ilm-u
hunar sirlarini o’rganishga, bu yo’lda sabrli, matonatli bo’lishga
undaydi. Insonga baxtli turmush baxsh etuvchi vosita - mehnat, har bir
inson o’z halol mehnati bilan yashamog’i lozimligini ta’kidlaydi.
Mehnating bo’lsin doim yo’ldoshing
O’zga minnatidan og’ritma boshing.
Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy
asarlarida mehnatning ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylab-
asrab faoliyat yuritish kerakligini guvohi bo’lamiz:
Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
Mutafakkirlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariydir. U ixlos
bilan qilingan mehnatning zoye emasligi, kishilarni birlashib mehnat
71
qilishga chorlaydi. Qoshg’ariy har bir ishda boshqalar maslahati,
kengash bilan ish yuritish, olim va tajribali insonlar fikriga tayanish
yaxshi fazilat ekanligini ta’kidlaydi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma
ijodiyot avloddan avlodga o’tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining
nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni
qurollantirish lozim. Zero, inson halol mehnati bilan ulug’ savoblar
vaqtida qilingan darajalarga erishish mumkin.
Atoqli shoir Nizomiy Ganjaviyning: “O’qib-o’rganilgan har bitta
hunar hunarmandga bir kun foyda keltirar”, - deb yozgani o’ziga xos
ilmiy asosga ega. Biror kasb-hunari bor kishi, albatta, hayotda o’z
o’rnini topadi. “Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa,
dunyoda hech bir xavf-xatari bo’lmaydi. Shuning uchun kishi hunar
ziynati bilan bezanmog’i kerak”, degan hikmatli so’zni Ganjaviy o’z
o’rnida juda to’g’ri ifodalagan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab o’tgan taniqli olim
va ma’rifatparvar Aliy Nazimoning Markaziy Osiyoda katta shuhrat
qozongan va maktab-madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan “Ta’limi
banot” (“Qizlar tarbiyasi”) kitobida: “Yosh qizlarga ta’lim-tarbiya
berishda ular uchun nihoyatda kerakli, o’rganmaslikning aslo iloji
bo’lmagan fandir” degan jumlalarni o’qiymiz. Zero, mehnat qilgan,
kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yaxshi mehnat qilish
orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Birinchisi, moddiy
ehtiyoj, ikkinchisi, ma’naviy ehtiyoji, uchinchisi esa mehnat ehtiyojini
qondirishdir.
Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma`naviy va mehnat
ehtiyojlari ham qondiriladi. O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish,
nafaqat mehnatni sevishga, balki u bilan shunday uyg’unlashishiga
ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin. Ularni
kasb-hunarga yo’naltirish orqali biror kasb egasi bo’lishida, mehnatsiz
biror – bir narsaga erisha olmasliklarini o’quvchilar tushunib yetsinlar.
Andre Maruo aytganidek:
“
Agar inson biror kasbni mukammal
egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi”. Shu o’rinda
Naqshbandiya ta’limotining ahamiyatli tomonlariga ham e’tibor
qaratish lozim. Naqshbandiya halol mehnat qilish orqali kun kechirish
g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari
surilgan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil Allohda, qo’l ish (mehnat)da)
72
shiori
fikrimizning
yorqin
isbotidir.
Shuning
uchun
ham
Naqshbandiya ta’limotiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot
kechirar edilar. Tun-u kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat
yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod
etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar
mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga to’la mos tushadi. Bahouddin
Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson bo’lib, mehnat qilish
evaziga kun kechirgan.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida o’tmish
merosimiz Sharq allomalarining bebaho asarlaridan to’g’ri foydalana
olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizni yuksaltiradi,
balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa
qo’shadi. Chunki inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib
kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yaxshilik, adolat, do’stlik,
tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona,
keksalarga hurmat, iymon, e’tiqod, ustoz va shogird va boshqa
umuminsoniy fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy
tarkibiy qismlariga aylanib qolgan. Mutafakkirlar ta’limotining
sarchashmalarini XIX asrning ikkichi yarmi va XX asr boshlarida
Turkiston o’lkasida ta’lim-tarbiyaning rivojlantirishga asos solgan bir
qator pedagog-olimlar faoliyatida ko’rish mumkin. Masalan,
Abduqodir Shakuriy Samarqand maktablariga birinchi bo’lib mehnat
va musiqa darslarini kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va
bog’dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan tashqari, ularga
muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlarni ham o’rgatgan, bu
mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan.
Abdulla Avloniy o’tmish mutafakkirlari kabi yoshlarni foydali
kasb-hunar egallashga chaqiradi. Adib boylik ketidan o’quvchilarni,
ularning
odamgarchilikka
to’g’ri kelmaydigan ishlar bilan
shug’ullanayotganini ko’rib, ulardan nafratlanadi. Avloniy yoshlarni
boylikka ruju qo’ymaslikka undaydi. Boylikni o’tkinchi bulutga
o’xshatadi. Abdulla Avloniy mehnatsiz kun kechirishni barcha yomon
sifatlarning ibtidosi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u, mehnatni
ulug’laydi, mehnat kishining eng go’zal fazilatidir, deydi. Bu jihatdan
uning «Aqlli bog’bon» hikoyasi xarakterlidir. Hikoyada aytilishicha:
«bir bog’bonning uch o’g’li bo’lib, ular dangasa va ishyoqmas
bo’lganlar. Otada ularga meros qoladigan tangatillo yo’q. Ota umri
73
tugayotganini sezib, farzandlari taqdiridan tashvishga tushadi. O’ylab-
o’ylab shunday yo’l tutadi. Har uchchala o’g’lini yoniga chorlaydi.
«Ko’zim ochiq ekan, vasiyatimni sizlarga aytib ketay, mehnat-u
mashaqqat ila bir ko’za oltin yiqqanman. Uni mana shu bog’ga,
toklarning birini tagiga ko’mganman. U-sizlarniki. Biroq bu ishga
ko’p yil bo’ldi. Harchand urinsam ham ko’milgan joyni xotirlay
olmadim. Uni o’zlaringiz izlab topinglar va o’zaro bo’lishib olinglar»,
deydi. Bir ko’za tilla daragini eshitib uch ishyoqmas uni izlashga
tushib ketadi. Bog’ning hamma yerini kovlab chiqishadi. Sirli ko’za
chiqmaydi. Yana erinmay kovlashga tushadilar. Kutilgan natija esa
hamon yo’q. Shu taxlit bog’ ichi bir necha qayta ag’dar-to’ntar
qilinadi. Yerlar qazilaverib, tuprog’i upaga aylanib ketadi hamki,
oltinli ko’za topilmaydi. Bu orada uzumzordagi toklarning eng chuqur
ildizlarigacha ochib ko’riladi. Bog’da o’sha yili chunonam hosil
bo’ladiki, undan bir necha ko’zani to’ldirgulik oltin oladilar. Uch
dangasa o’g’illar ota gaplarining asl ma’nosini, oltin — mehnatda
ekanligini tushunib yetadilar.
Adib o’sha hikoyasi bilan mehnatni ulug’laydi, o’quvchi qalbida
mehnatga muhabbat uyg’otadi. Kishi baxt va saodatga faqat mehnat
orqaligina yetishishini uqtiradi.
Mehnat tarbiyasi masalasi ma’rifatparvarlar ijodida hamisha faxrli
o’rin tutgan. Ular yoshlarni jamiyat manfaati uchun ishlashga
chaqirish bilan birga, ustozlar va ota-onalarning mehnat tarbiyasi
sohasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligini ham ko’rsatganlar.
Xalqimizda ajoyib odat bor: kishilarning bir-biri bilan tanishuvi, hol-
ahvol so’rashuvidan, muomala maromidan boshlanib, kasb-hunar,
kasb-korini aniqlash istagi bilan tugaydi. Shu boisdan har bir fuqaro
bir kun kelib o’z-o'ziga: ”Dunyoda qay ahvolda yashadim, qanday
g’aroyib ishlarni amalga oshirdim, o’z taqdirimdan xursandmanmi,
oldimda turgan vazifalarni amalga oshira oldimmi, ko’zlagan
maqsadimga erisha oldimmi?” kabi savollarni berishi tabiiy hol.
Shuning ushun ham har bir inson mutaffakir Jaloliddin Rumiyning
”Sen hamma narsani unutishing mumkin, yolg’iz bir narsani – nechun
dunyoga kelgansan, shuni unutmasang bas. O’zingni arzon arzon
sotmagaysan, illo bahoying baland”. Ushbu jumlalarda tafakkur
qiluvchilar, bolalarga ta’lim-tarbiya beruvchilar uchun yetarli
ma’lumot bo'lishi kerak, deb o’ylash mumkin.
74
Shu o’rinda Nosir Xisravning quyidagi fikrlari ilm
o’rganuvchilar uchun ibratlidir.
Ilm qidirishga urdim boshimni,
Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam,
Qaydaki eshitsam ilm-u donishni,
Eshigin oldida o’ltirdim mahkam.
Hunaringdan bir kun etarsan baxtga,
Hunarsiz kim etar toj ila taxtga.
Xullas, boshlang’ich sinf o’quvchilarini mehnat va kasb-hunar
bilan tarbiyalashda ulug’ mutafakkirlarimizning asarlaridan keng
foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Mutafakkirlarning
merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlarni ko’z
qorachig’iday saqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: |