Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Integratsiyalashgan ta’limning o’ziga xos xususiyatlarini 
tushuntirib bering.
2. Boshlang’ich sinf texnologiya fani qaysi fanlar bilan 
aloqadorlikda o’qitilishi mumkin? Misollarda tushuntiring 
3. 
Texnologiya 
darslarida 
integratsiyalashgan 
ta’limdan 
foydalanishning metodik xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz? 
4. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirishning 
asosiy omillariga nimalar kiradi?. 
5. Integratsiya orqali o’quvchilarda mehnat malaka va 
ko`nikmalarini oshirish yo`llarini tushuntiring. 
6. Fanlar aloqadorligida mehnat darsini tashkil qilishning sifatini 
oshirish yo`llari qaysilar? 
7-MAVZU. 
O‘QUVCHILAR
NING MEHNAT TARBIYASIDA 
MEHNAT
AN’ANALARINING
 
O‘RNI
 
Reja: 
 
1.Xalq merosida mehnat an‘analarining o‘rni.
2.Mehnat an’analarining o‘quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
3. Texnologiya darslarida mehnat an‘analaridan foydalanishning 
shakllari. 
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Xalq merosi, mehnat 
an`analari, texnologiya darslarida mehnat an`analari, Boshlang‘ich 
sinflarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy vazifalari, 
mehnat madaniyati. 
Mustaqil O'zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy 
istiqlol 
g'oyasi 
Respublika 
Konstitutsiyasida 
e'tirof 
etilgan 
insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, 
shuningdek ijtimoiy - iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori 
bosqichlariga ko'tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin 
egallashga yo`naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat 
qiladi. Bugungi kunda yangi tahrir ostidagi O'zbekiston Respublikasi 
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 
mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab 


58 
voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir. 
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o'zida ta'lim 
jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu 
bilan birga jahon ta'limi darajasiga yetkazish borasida muayyan 
vazifalarni amalga oshirishi lozim. O`sib kelayotgan yosh avlodni 
xalq pedagogikasida milliy qadriyatlar vositasida talabalarni estetik 
tarbiyalashda mamlakatning milliy ehtiyoj va manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda avlod - ajdodlarimizning turmush tarzi an’analari, urf-
odatlari hamda tajribalarini hisobga olgan holda rivojlantirish muhim 
masalalaridan 
hisoblanadi. 
Bu 
esa, 
o’z-o’zidan ma’lumki, 
Respublikamizning milliy davlat sifatida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-
madaniy kamol toptiruvchi o’z taraqqiyot yo’lini, milliy istiqlol 
mafkurasini qaror toptirish va uni barcha xalq ongiga singdirish 
zaruriyatini taqozo etadi. Kadrlarga bo’lgan hozirgi zamon talabi ham 
Prezidentimiz aytganlaridek, “Ertangi kun yangicha fikrlaydigan, 
zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan malakali mutaxassislarni talab 
etadi.” O’zbekistondagi tub o’zgarishlarni oily maqsadi – an’analarini, 
urf-odatlarini, milliy qadriyatlarini qayta tiklash, ularga yangi 
mazmun bag’ishlash va yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit 
yaratishdan iborat. Shunga ko’ra, mustaqillik ta’lim-tarbiya sohalarida 
ham, umuman jamiyat ma’naviy-axloqiy hayotida tub burilish davrini 
boshlab berdi. Bizning mavzu milliylik haqida borar ekan, bu 
jumlaning mohiyatini anglovchi, ochib beruvchi bir qancha 
tushunchalar mavjud, ya’ni bular urf-odat, qadriyat, marosim, bayram, 
an’ana kabi tushunchalardir. Urf-odat, marosim , qadriyat, bayram, 
an’ana kabi tushunchalar har bir xalqqa xos bo’lib va albatta, har bir 
xalqning o’ziga xosligini, milliyligini, tarixiy kelib chiqishini, boshqa 
xalqqa xos bo’lmagan qirralarini ko’rsatib beradi. Jamiyatning har bir 
a’zosi o’zining kelib chiqishi tarixini bilishi, qadriyat, marosim, 
bayram, an’analarini hurmat qilishi va o’z navbatida farzandlarini ham 
milliy ruhda tarbiyalashi lozim. Farzandlarimiz go’zal axloq egasi 
bo’lishi uchun, ularning ongiga avloddan avlodga o’tib kelayotgan 
an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda singdirishimiz 
lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar 
turmushimizda takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z-
o’zidan bolalar ongiga singib boradi hamda ularning tarbiyasiga, xulq-
atvorini 
shakllantirishga 
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 


59 
Boshlang‘ich maktablarda Texnologiya fani va an`analarining asosiy 
vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim 
maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini 
takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash 
hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va 
amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. Mehnat madaniyatini tarkib 
topishi uchun darslarda doimo bolalarning e’tiborini asbob va 
materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini 
to‘gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish 
usullariga, ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini 
ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka 
rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib 
borish kerak. 
Mehnatga axloqiy tayyorlash deganda eng avvalo, mehnatga ongli 
munosabatni 
shakllantirish 
tushuniladi. 
Shu 
o‘rinda buyuk 
allomalarning hadislari-yu ilm, mehnat va hunar haqidagi fikrlaridan 
foydalanamiz:
1. Ey o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal 
egallamaguningcha harakatni to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni 
egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqling yo‘l berdimi, 
uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab qo‘yma! (A. Sheroziy). 
2. Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur 
oxir (Alisher Navoiy). 
3. Aziz do‘stlar, oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al 
emas, balki es-hushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir
(Abdulla Avloniy). 
4. Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir (Abu 
Rayxon Beruniy).
5. Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z 
xulqingni mehnat tumori bilan beza (Alisher Navoiy). 6. Sen avvalo 
mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, shunda 
sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan (Imom al-Buxoriy).
7. O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing, O‘zga minnatidan 
og‘ritma boshing. Kunlaring o‘tarkan terib dur-hikmat, Kunlaring 
to‘liqdir bo‘lsa hur mehnat (Abdurahmon Jomiy). 
Agarda boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga tatbiqan gapiradigan 
bo‘lsak, ularning bu yoshidan mehnatni sevish, shu mehnat 


60 
natijalariga hurmat bilan yondashishlari nazarda tutiladi. Mehnatga 
munosabat shu mehnatning muhimligi va zarurligini tushunish, 
bunday mehnatda jonbozlik ko‘rsatish, ishga shaxsan mas’uliyatni his 
qilgan holda yondashish ijtimoiy mulkka tejamkorlik bilan 
munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mehnatga axloqiy tayyorlash — 
bolalarga jamoada ishlashni, do‘stona o‘zaro yordamni, ijodiy 
tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish va 
mehnatda xatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat.Mehnatga 
ruhiy jihatdan tayyorlash. Mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash 
murakkab, uzoq davom etuvchi va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u butun 
texnologiya fani va tarbiyasiga singib ketgandir. U garchi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lsada, mehnatga axloqiy tayyorlashga juda 
yaqindir. Bolani mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash — bu unda 
mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy 
munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko‘nikmalarni 
egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O‘qituvchining vazifasi 
o‘quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat — bu har bir kishining 
vijdoni va burchi ekanligini, inson o‘z mehnati bilan sharaflanishini, 
faqat Vatan farovonligi yo‘lida qilingan mehnatdagina insonning eng 
yaxshi sifatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligini 
anglashlariga yordam berishdir. Bolalarning mehnatga qobiliyati har 
bir kishi jamiyatning hayoti va faoliyati, uning farovonligi uchun zarur 
bo‘lgan vositalarni ishlab chiqarishda qatnashishi zarurligini 
anglashlari juda muhimdir. Shuningdek, bolalar jamiyatda kishi 
mehnatsiz yashay olmasligini ham uqib olishlari kerak. Mehnatga 
ruhiy jihatdan tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va 
takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, emotsional 
idrok, diqqat, xotira, tafakkur va shu kabi jarayonlardir. Boshqacha 
qilib aytganda, ular mehnatning psixologik tarkiblari deyiladi. 
Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, 
hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Ma’lumki, mehnat 
faoliyati, texnologiya fani uchun ham turli sezgilar yig‘indisining 
(ko‘rish, eshitish, his etish, ta’m bilish, teri, muskul harakati) 
namoyon bo‘lishi xarakterlidir. Shuning uchun o‘qituvchilar quyi sinf 
o‘quvchilariga yangi materialni yoki asbobni tanishtirayotganlarida 
bolalardagi sezgining barcha turlarini faollashtiradilar: bolalar 
qog‘ozni ushlaydilar, silaydilar, aylantirib ko‘rib chiqadilar, uning 


61 
qanday shitirlashiga quloq soladilar. Sezgilarning bunday faollashuvi 
ma’lumot haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beribgina 
qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi. 
Mehnatga tayyorlashning yanada muvaffaqiyatliroq bo‘lishi uchun 
bolalarning xotiralarini o‘stirish vazifasi ham albatta amalga 
oshiriladi. Texnologiya fani bo‘yicha o‘quv materiallarini eslab qolish 
boshqa buyumlarga nisbatan o‘ziga xos xususiyatga ega. 
Texnologiya fanini o’rganish jarayonida o’quvchilar xalqimiz 
ruhiyatini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish 
maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, 
tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko’p qirralari boy merosini 
o’rganish, o’zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo’llash vazifasini hal 
etadilar. 
Texnologiya 
fanining 
amaliy 
va 
ishlab 
chiqarish 
mazmunidagi an’anaviy sinf-dars mashg’ulotlariga nisbatan shogird-
ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi, samaraliligi, bo’lg’usi 
hunarmandning shaxsiy xislatlarini shakllanishida, ularning oilalarini 
moddiy ta’minlanishida hamda tarixiy qadriyatlarning yanada 
boyishida 
ijobiy 
ta’sir 
ko’rsatadi. 
“Ustoz-shogird” 
tizimi 
mashg’ulotlarini tashkil etishni oliy o’quv yurtlaridagi musiqa 
ta’limida talabalar bilan o’qituvchilarning yakka tartibdagi 
mashg’ulotlar o’tkazishi bilan taqqoslash mumkin.
Texnologiya 
fanida 
elektron 
hisoblash 
texnikasi, 
mexanizasiyalashtirilgan 
va 
elektrlashtirilgan 
qurilmalar 
va 
avtomatikaning qo’llanilishini o’rganish, o’quvchilarning hozirgi 
zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish 
tizimlari, robot texnika va ishlab chiqarish texnikasini, texnologiyasini 
ta’limning davr talablari darajasi va jahon andozasiga mos holda 
o’rganilishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda kam e’tibor berilayotgan, 
hatto yo’qolib borayotgan turli xildagi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar: 
o’quvchilar ishlab chiqarish jamoalari, maktablararo o’quv ishlab 
chiqarish markazlari, o’quvchilar mehnat jamoalari, mavsumiy 
ishlarida va otaliq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida 
qatnashishlari va boshqalar mazmunan va shaklan qayta ko’rib 
chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga moslashtirilishi va ta’lim tizimi 
amaliyotiga qo’llanilishi, texnologiya fanining maqsad, vazifalarini 
amalga oshirishda asosiy shartsharoitlardan hisoblanadi. Texnologiya 
fanini amalga oshirishda maktablar, maktabdan tashqari tarbiyaviy 


62 
muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq 
hunarmandlarining 
tajribalari 
hamda 
o’zaro 
hamkorlikdagi 
munosabatlari tiklanib, o’quv jarayonida foydali mahsulot–tovar 
moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim muassasalarining bozor 
iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. 
Texnologiya fanini amalga oshirishda ta’limning quyidagi 
tamoyillariga rioya etish talab etiladi: 
I.Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar:
-nazariy ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib olib borilishi;
-ta’limning politexnizm asosida qurilishi; 
-ta’limning kasbiy yo’naltirilganligi; 
-ijodiy rivojlantirishga yo’naltirilganligi. 
II.Umumdidaktik tamoyillar: 
- amaliyligi; ilmiyligi; tarbiyaviyligi; 
- ijodiyligi; -ko’rgazmaliligi; 
- moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi; 
- izchilligi; 
- uzviyligi va boshqalar. 
Ta’lim tarbiyasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq 
og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha 
yoshlarni mehnatsevar bo‘Iib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat 
ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lashi masalalariga 
alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda 
yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari: 
topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda 
ko‘ramiz. Ularda mehnat va kasb-hunar odohi, axloqi va qoidalarini 
o‘zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi. 
Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu 
Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning 
“Geodeziya”, “Minerologiya”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu 
lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher 
Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida 
mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar 
bayon etilgan. O‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda 
insoniyat mehnat faoliyati tarixini o‘rgatuvchi omillarga tayanib, 
o‘quvchilarni kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin 


63 
yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O’quvchilarni mehnat turlariga 
qiziqishini oshirish, kasb tanlash va o'zlashtirishni shakllantirib borish 
uchun pedagoglar zimmasiga o‘quvchilarga yoshligidan boshlab 
ta’lim, tarbiya berish bilan birga kasb-hunarga qiziqishishlarini to‘g‘ri 
yo‘lga qo‘yishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim: 
• boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risidagi 
tushunchalami singdirish;
• о‘quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga 
pedagogik-psixologik yondashish; 
• 
kasb-hunarga 
qiziqtirishda 
o‘quvchilarning yoshi va 
qobiliyatlarini hisobga olish;
• mahalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar 
o‘rnatish;
• mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;
• darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib, kasb-hunarga oid 
fikrlari bilan tanishtirish 
O‘tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va 
ma’rifatparvar shoirlarning, mehnat, kasb-hunar to‘g‘risidagi qimmatli 
fikrlarining biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan 
yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga 
qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. Bizga ma’lumki, 
o‘zbek xalqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik 
va hunarmandchilik bo’lgan. Ushbu kasblar yuzlab yillar davomida 
shakllanib har biri o‘z ichida o‘nlab tarmoqlarga ajratilgan va gullab 
yashnagan. 
Muqaddas kitob “Avesto”da ham mehnat moddiy boyliklar 
manbayi bo‘lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan axloqiy jihat, 
yaxshilik manbayi deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga 
chaqiradi. Xalq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar 
toshga o‘yib yozilgan naqshdir”, deb ta’kidlanadi. “Farzandlarga 
odob-hunar 
o‘rgatmak merosdur”, - deb nasihat qilinadi 
“Qobusnomada”. - “Sen odob, hunar va donishni o‘zingdan meros 
qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo'lgaysan”. Chunki xos 
kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo‘qdir. 
Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din 
yaxshiroq meros yo‘qdir. Agar xos odamlaming farzandlari yuz hunar 
bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun 


64 
ishga yaragusidir. Demak, albatta hunar o‘rganmoq zarurdir. 
Hunarning nechog‘lik zarur ekanligi qator rivoyatlar, naqllar, ertak, 
dostonlarda ham o‘z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan 
podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi 
ertaklar, “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular 
jumlasidandir. Hunar egallash ham bir fazilat, mahoratdir. Hunar 
egallashda 
halollik, 
poklik, 
sabr-qanoat, 
matonat, 
mehhnat 
madaniyatiga rioya qilish muhim rol o‘ynaydi. Ota-bobolarimiz ham 
hunar o'rganishni asosiy vazifa ekanligini o‘rgatib kelganlar. 
Aburayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan avlodga meros bo‘lib 
o‘tishini sinchiklab o‘rgangan va hunarni yuqori baholagan. U 
hunarmandchilikda, mehnatda to‘liq ustozlik san’atini egallab olish 
kerak, degan fikrni aytadi. Odatda, o‘sha davrda hunar va tabiiy 
bilimlar maktablarda o‘rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird 
shaklida. 
2. Shogird tushish, tanilgan usta qo‘lida yakka shogird bo‘lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o'rganish.
Xalqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni 
tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda 
mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni 
o‘zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. Tanlangan usta-
hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil 
hunarga ta’alluqli bo‘lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin