Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Ta’lim usuli deganda nima nazarda tutiladi? 
2. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta’limi mavzulari o`zaro 
aloqador degan fikr mohiyatini izohlang. 
3. Sizningcha, texnologiya ta’limi asoslari qaysi davrlardan 
boshlangan? 
4. Boshlang`ich sinflarda texnologiya darsining olib borilishi 
kelajak uchun nima beradi? 
5. Ta’limda «Eskini tubdan buzib tamoman yangini bunyod 
qilish» rejasi asosida qaysi mafkura ish ko`rdi vа nega? 
6. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi tuzilishining o`ziga 
xos xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi tuzilishining o`ziga 
xos mazmunini misollar asosida izohlang. 
8. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi materiallarini 
o`rganishdagi uzviylikning boisi nimada? 
 
5-MAVZU.TEXNOLOGIYA 
TA’LIMINING
 SHAKL VA 
METODLARI 
Reja: 
 
1.Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va usullari.
2.Metod tushunchalari, uning turlari.
3.O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi 
bog‘liqlik.
4.O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishning shakl va 
usullari, didaktik materiallardan foydalanish metodlari. 
 Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Boshlang`ich sinfda mehnat shakl va usullari
,
metod, metod 
turlari, boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari, o`quv 
bilish faoliyatini tashkil qilish metodi, metodlararo bog`liqlik, 
o`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish, didaktik ko`rgazmalar 
yasash metodlari. 


45 
Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan-
texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim 
mazmunini emas, balki o’qitish jarayonining usul va shaklini to’g’ri 
tashkil etilishini, o’qishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, egallangan 
bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida 
yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. “Bu esa maktab 
zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg`otish, ijodiy qobiliyatlar, har 
qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy 
masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi”. 
Boshlang`ich sinfda mehnat shakli turli-tuman bo’lib, ularni 
shartli ravishda boshlang’ich mehnat shaklining quyidagi shakllariga 
ajratish mumkin: 
turli mаtеriаllarni to`plаsh, ularga 
ishlov berish vа sаqlаshga oid 
mehnat 
qog’oz, karton, tolali materiallar 
plastik massa, lentalar 
Tеvаrak-аtrоfni 
muhоfаzа 
qilishga oid mehnat 
sinf burchagida “jonli tabiat” 
yaratish, ekinzor tashkil etish, 
sabzavotlar 
o’stirish, gulxona 
yaratish 
turli tаbiiy mаtеriаllargа аsbоblar 
va ish qurollari bilan ishlоv 
bеrishga oid mehnat 
daraxt barglari, novda, qamish, 
poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq 
qumni to’plash.
mustаqil 
ravishda 
ijоdkоrlik 
qоbiliyatlarini o`stirishga oid 
mehnat 
o’z uyida gullar parvarishlash, 
mevali 
daraxtlar 
ekish, 
turli 
hunarmandchilik 
sirlarini 
o’zlashtirish. 
obrаzlar, 
pеrsоnаjlar, 
o`yinchоqlarni yarаtishga oid 
mehnat.
tabiiy 
va 
sun’iy 
tolalarda 
o’yinchoqlar tikish, “pape 
mashe” 
qog’ozlar 
vositasida 
yasash. 
Mazkur shakllar o’quvchilarda mehnatning : 
1. Qоg`оz vа kаrtоn bilаn ishlаsh; 
2. Gаzlаmа bilаn ishlаsh; 
3. Turli mаtеriаllar bilаn ishlаsh; 
4. Tехnik mоdеllаshtirish; 


46 
5. Qishlоq хo`jаligi mеhnаti turlari bo’yicha bilim, malaka va 
ko’nikma hosil qilishga da’vat etadi 
Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanini amalga oshirib borishda 
boshqa predmetlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil 
metodlari qo’llanilib, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, 
o’quvchilarning texnologiyaga bo’lgan qiziquvchanligini va 
ziyrakligini oshirib boradi. Ma’lum mavzu doirasadagi bilimlarini 
amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. O’qitish metodi qisqa vaqt 
mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib 
oladi. 
O’qitish metodlari bilimlarning shunday darajada egallanishiga 
xizmat qiishi kerakki, unda o’quvchilar o’qituvchining berayotgan 
ko’rsatmalari asosida o’zlarining ijodkorliklari, fantaziyalarini ishlata 
olish, olingan bilimlarini shu ko’rsatmalar asosida amalda ochib bera 
olishi kerak. Albattaki, har bir metodni o’z o’rnida qo’llash kerak, 
oddiy chizma chizishni butun sinfga barobar o’rgatishda frontal, 
amaliy ish bajarishda yakka shakldan foydalaniladi.
Bitta darsning o’zida o’qitishning turli usullari qo’llanishi 
mumkin. 
O`qituvchining 
intilishi, 
xatti-harakati 
darsda 
o’quvchilarning 
diqqat-e’tiborlari 
susaymasligiga, 
fikrlarining 
jamlangan bo’lishiga, ularning charchamasliklari va zerikmasliklariga 
yo’llangan bo’lishi kerak. 
Didaktik jarayon tuzilmasiga ko’ra ta’lim metodlari 3 guruhga 
bo’linadi: 
1.
O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari; 
2.
O’quv- bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash 
metodlari; 
3.
Nazorat va o’z-o’zini nazorat (boshqarish) qilish metodlari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin