8
Texnologiya fanini o’zlashtirishga psixologik tayyorlash turli
psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda
tutadi. Bular: s
ezib anglash, psixomotor, emostional-idrok, diqqat,
xotira, tafakkur
va shu kabi prosseslardir. Boshqacha qilib aytganda,
ular
mehnatning psixologik komponentlari
deyiladi.
Mehnat ta’limi fanining o’qitilish samaradorligini oshirishda
amaliy mashg’ulotlar asosiy o’rinni egallaydi. Amaliy mashg’ulotlar
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) Ekskursiyalar uyushtirish;
2) Ustaxonada yog’och
va metalldan, tikuv materiallaridan uy
jihozlari tayyorlash.
Texnologik operatsiyalarni o’rgatishda bolaning imkoniyatlarini
nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur.
Ma’lumki, mehnat faoliyati, texnologiya fani uchun ham turli sezgilar
yig’indisining (ko’rish, eshitish,
his etish, ta’m bilish, teri, muskul
harakati) namoyon bo’lishi xarakterlidir. Shuning uchun o’qituvchilar
quyi
sinflar
o’quvchilariga yangi materialni yoki asbobni
tanishtirayotganlarida
bolalardagi
sezgining
barcha
turlarini
faollashtiradilar: bolalar qog`ozni ushlaydilar, silaydilar,
aylantirib
ko’rib chiqadilar, uning qanday shitirlashiga quloq soladilar.
Sezgilarning bunday faollashuvi material haqida to’liqroq tasavvurga
ega bo’lishiga yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik
jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi.
Texnologik operatsiyalarni
bajarishda shaxsning qiziqish,
qobiliyat, temperament kabi individual psixologik xususiyatlari
shakllanadi. Texnologik operatsiyalarni bajarishga psixologik va
axloqiy tayyorlash jarayoni murakkab va uzoq davom etuvchi
jarayondir.
Agarda bola mehnat qilishga o’rgatilmagan bo’lsa, uning uchun
mehnat faoliyati maqbul mashg`ulotga
aylanmaydi, unda kerakli
ijobiy emotsiyalarni va boshqa psixologik ko’rinishlarni keltirib
chiqara olmaydi.
Texnologik operatsiya mаlаkаlari ko`p mаrоtаbа tаkrоrlаnаdigаn
mаshqlar nаtijаsidа hоsil bo`lishi sababli hаr bir mаshq jаrаyonigа
o’quvchini aqliy yondashtirsh, buning
uchun esa ish-hаrаkаti
izchilligini tizimlilik sur’аtidа tushuntirib bеrish talab etiladi.