Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mehnatga munosabatni shakllantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Mehnatga munosabatni shakllantirish
. Bu jarayon texnologiya 
fanining muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Mehnatga munosabatni 
shakllantirish va tayyorlashning muvaffaqiyatliroq bo’lishi uchun 
bolalarning xotiralarini o’stirish vazifasi muhim rol o’ynaydi. Chunki 
texnologiya darslarida o’quv materiallarini eslab qolish boshqa 
predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga ega. Boshlang`ich sinf 
o’quvchilari barcha yangi asboblar, materiallar, operatsiyalarning 
nomini, predmetni ko’rib idrok etish bilan birga ularni fikran 
biriktirib, tinglab fahmlashlari kerak. Buning uchun o`qituvchi mehnat 
darsida faqat tushuntiribgina qolmay, balki, asosan, material va 
buyumlar namunasini, asboblarni, materialga ishlov berish usullarini, 
operastiyalarning izchilligini ko’rsatishi lozim. O’quvchida mehnatga 
munosabatni turg’un shakklanishi uchun berilayotgan ta’lim 
mazmunini bilishi, ma’lumotlarni qunt bilan eshitishi, ko’rishi kerak. 
Mehnat darsidan keyingi mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va 
ko’nikmalarning o’quvchilar ongida mujassamlashib borishi, ularning 
xotirlash doirasini kengayib borishiga da’vat etadi va mehnat turlariga 
bo’lgan munosabatlarni yanada oshiradi. 
Mehnatga munosabatni shakllantirishda emostional jarayonlar 
ham xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan 
maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, 
boshlagan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga 
o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy emotsiyalar: mehnatdan quvonish, 
lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda 
muhimdir. Mehnatda turli psixologik holatlar: faollik, diqqatning 


13 
jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg`ular 
namoyon bo’ladi. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi fanining asosiy 
maqsadini izohlab bering.
2. Boshlang`ich sinfda texnologiya fanining fan sifatida o`z 
oldiga qo`ygan vazifalari qaysilar? Misollar asosida tushuntiring. 
3. Texnologiya fanini o’qitishda qanday metodik yondashuv 
mavjud?. 
4.Boshlang`ich sinf o’quvchilarida mehnatga munosabatni 
shakllantirishning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering. 
5. Boshlang’ich sinf texnologiya fani elementlarini izohlab
bering. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin