162
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning
yosh xususiyatlari,
savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar
orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng
qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining
o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u
yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni
faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy
imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va
rivojlantirishning amaliy
yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu
metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga,
erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa,
unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi,
uchragan
qiyinchilik, to`siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash
ko`nikmalarini shakllantiradi.
163
Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish
motivlarini, ularni turli yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini
oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, didaktik
o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va
boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda
tahlil
qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash,
sinash, kuzatish, solishtirish,
xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul
qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o`stirish, til o`rgatish,
yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin
turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik,
sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi. Didaktik o`yin turlarini tanlashda,
quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
— ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz
bolalar yoki aralash guruhlar uchun o`yinlar;
— ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, juftlikda, kichik
guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo
va ommaviy tarzdagi
o`yinlar;
— o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik,
harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;
— vaqt me`yori bo`yicha dars, mashg`ulot vaqtining reja
bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar
aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar.
Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchilarni faqat tayyor
bilimlarni egallashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul o`quvchilarda
mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish tashabbuskorlikni so`ndirar edi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion
pedagogik va axborot texnologiyalari)dan
foydalanib, ta`limning
samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga
kuchayib
bormoqda.
Zamonaviy
texnologiyalar
qo`llanilgan
mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib
topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni
ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu
jarayonda shaxs
va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi
va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda,
boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv
164
jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. Ko’pchilik pedagoglar
interfaol metodlarni ta’lim metodlari
bilan bir xil deb hisoblashadi,
lekin bunday emas. Ta’lim metodlari asosan an’anaviy darsda
foydalaniladi. Ular yangi bilimlarni o’quvchilarga yetkazishga
asoslangan bo’lsa, interfaol metodlar o’quvchilarni mustaqil
shug’ullanish, yanada faollik bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda
faoliyat olib borishlariga asoslanadi.
Quyidagi jadvolda interfaol
metodlar turlarini ko’rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: