Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1503
w www.oriens.uz May 2021 BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHLARINING LUG`ATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH. Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi, Termiz davlat universiteti, Pedagogika fakulteti talabasi Raxmatova Hamida Ismatillo qizi, Termiz davlat universiteti, Pedagogika fakulteti talabasi Annotatsiya: Lug`at- imlo savodxоnligini oshirish, so`z boyligini kengaytirishning muhim manbaidir. Chunki lug`atlar bilan ishlash o`quvchilarda kuzatuvchanlik qobilyatini yuzaga chiqaradi, ularning nutq madaniyatini yuksaltiradi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytiradi, so`z boyligini orttiradi, o`quvchilarda savodli yozuv malakasini takomillashtiradi hamda kreativligini rivojlantiradi. Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilrining lug`atlar bilan ishlash jarayonida kreativligini oshirishning usullari va metodikalari yoritilgan. Kalit so`zlar: So`z, lug`at, nutqiy kreativlik, leksikografiya, leksikologiya, nutq, imloviy savodxonlik, kontekst, atama, imloviy lug`at, ibora, tasviriy ifoda, dunyoqarash, kreativlik. INCREASE THE CREATIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS IN THE PROCESS OF WORKING WITH DICTIONARIES. Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi, Termez State University, student of the Faculty of Pedagogy