Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1504
w
www.oriens.uz
May
2021
KIRISH.
Bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu
o`quvchilarning har tomonlama kreativligini oshirishdir. Shu o`rinda boshlang`ich
sinf o`quvchilarining kreativligini oshirishda asosiy ustuvor usullardan ongli o`qitish,
nutq madaniyatini o`stirish, yozma va og`zaki nutq mashqlarini uyg`un holatda olib
borishdir. O`z navbatida lug`atlar bilan ishlash ham kreativlikni oshirishning muhim
omillaridan biri hisoblanadi. Chunki lug`atlar bilan ishlash o`quvchilarda
kuzatuvchanlik qobilyatini yuzaga chiqaradi, ularning nutq madaniyatini yuksaltiradi,
fikrlash
va dunyoqarashini kengaytiradi, so`z boyligini orttiradi, o`quvchilarda
savodli yozuv malakasini takomillashtiradi. Tildagi jamiki so`zlar, ularning tarixi,
izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug`atshunoslik o`rrganadi. Lug`atlar
qadimdan yaratilib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg`ariy
tomonidan XI asrda
yaratilgan “Devoni lug`atit-turk” , XVI asrda Usmonli turk tilida yaratilgan
“Abushqa” lug`atlari tarixda bizga ma`lum.
Dostları ilə paylaş: