2.
Bo’yimodaron turkumi turlarini aniqlash usullarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar:
o’simliklar aniqlagichi, gerbariylar, rasmlar, lupa,
slaydlar.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Bo‘yimodaron
- Achillea millefolium L. – Тысячелистник, Asteraceae –
Qoqio’tdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik bo‘yi 20-50 sm gacha yetadigan o‘t
o‘simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo‘lib, yer osti novda hosil qiladi. Bunday novdadan
ildizoldi barglar va poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi bir necha tik o‘suvchi, yuqori qismi
shoxlangan bo‘lib, ular qalqonsimon gulto‘plamlari bilan tugallanadi. Bargi oddiy ikki
marta patsimon ajralgan bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘mashgan. Gullari
savatchaga to‘plangan. Savatchalar o‘z navbatida qalqonsimon to‘pgulni tashkil etadi.
Mevasi yassi, tuxumsimon kulrang pista.
Kimyoviy tarkibi.
Tarkibida karotin, К va С vitamini, axillen
va
betonsin alkaloidlari
va efir moylari bor.
Ishlatilishi.
Xomashyosining dori preparatlari me’da-ichak kasalliklarini davolash,
ishtaha ochish va qon to‘xtatuvchi dori sifatida, hamda burun, milk va yaralar
qonaganda uni to‘xtatish uchun ishlatiladi.
Boshog’riq bo’yimodaron-
Achillea millefolium L
.
Tilsimon va savatchaning
o’rtasidagi gullari sariq. Barglari keng, uzunchoq —nashtarsimon, patsimon bo’lakli,
bo’lmalari yirik, tishsimon qirqilgan. Ko’p yillik ildizpoyali o’simlik. Poyasi 60—75
sm, jo’yakli, qirrali, uzun tuklar bilan qoplangan. Tilsimon gullari 1—3(4) tadan. Aprel
— sentyabr oylarida gullab, meva beradi. Adir va tog’larda, turli ekologik sharoitlarda
o’sadi. Toshkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon,
Namangan, Qashkadaryo viloyatlarida tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |