42
O‟smir o‟z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni
xohlaydi. Kattalar va o‟smirlar orasidagi zididyatlarning sababi – kattalarda
ularga nisbatan bolalarcha munosabatning saqlanib qolishidir. O‟smirning
mustaqillik darajasi haqidagi tasavvurlar kattalar va o‟smirlarda turlicha.
Kattalar bu yoshda o‟smirlarga o‟z yonidan joy berishni o‟rganishlari lozim.
O‟smirning tengqurlari bilan munosabati yangi spetsifik funksiyani bajara
boshlaydi, ya‟ni bu munosabatlarda o‟smir amalda kattalar
axloq normalarini
o‟zlashtira boshlaydi. O‟smirlar uchun tengdoshlari bilan ijtimoiy muloqot
yetakchi faoliyat bo‟lib qoladi.
Bilish jarayonlarining o’sishi.
O‟smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab dasturidandan tashqariga
chiqadi, mustaqil o‟qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik,
mustaqillik
hosil bo‟ladi. O‟qituvchi o‟quvchilarga o‟quv materiallarini taqqoslashni,
mavhumlashtirishni, o‟z fikrini to‟g‟ri, ravon va aniq ifodalash yo‟lini
tushuntirib berishlari lozim. O‟smirlarning o‟quv faoliyatida, o‟quv materialini
o‟zlashtirish
darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi
o‟quvchilarni uchratish mumkin. O‟quv faoliyatidagi
kamchiliklar kichik
sinflarda bilinmagan bo‟lsa,
V-VI sinflarda o‟zlashtirishi keskin farqlanadigan
bolalar ko‟zga tashlanib qoladi. O‟smirlarda nazariy, formal va refleksiv
tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari
ham intellektualizasiya
bo‟la boshlaydi, ya‟ni o‟smir o‟quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab
qolishni o‟rgana boshlaydi.
O‟smirlarning o‟z-o‟zini anglashi sifat jihatidan o‟zgaradi. O‟zi haqida
o`ylash, o‟zini boshqalar bilan taqqoslash o‟smirning xususiyatidir. O‟smir o‟z
kamchiligi ustida o`ylaydi, o‟zidan qoniqmaslik hissi paydo bo‟ladi.
Ko‟pchilik o‟smirlar kattalarga o‟xshaydigan o‟z tenglashlariga o‟xshashga
harakat qiladilar.