Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
III. Baholash tartibi va mezonlari
10. Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi
asosida talabaning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
11. Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik
tizimda butun sonlar bilan baholanadi.
Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga — 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga — 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra
tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
13. Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik
ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo’yicha yakuniy davlat attestasiyasi, bitiruv
malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik
dissertasiyasi bo’yicha o’zlashtirish darajasi — 100 ballik tizimda baholanadi.
14. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy
mezonlar (keyingi o’rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:
a) 86 — 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
xulosa va qaror qabul qilish;
4 / 11
Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
ijodiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
b) 71 — 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
5 / 11
Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
v) 55 — 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 — 54 ball bilan baholanishi mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar bo’yicha aniq
mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.
16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaxassislik fanlar bo’yicha tayanch oliy ta’lim
muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim
muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim
muassasalariga yetkaziladi.
17. Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida
tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
6 / 11
|