Bo‘yoqning qovushoqligi. Qovushoqlik lok-bo‘yoq materiallarining muhim
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning qovushoqligini to‘g‘ri belgilash va
bo‘yoq tayyorlash jarayonida qovushoqlikni ma’lum chegarada bo‘lishini
ta’minlash zarur. Bo‘yoqning qovushoqligini aniqlashda BЗ–4 rusumli
viskozimetrdan (2. 2- rasm) foydalaniladi.
BЗ–4 viskozimetrining sig‘imi 100 ml bo‘lgan plastmassa stakan
l ko‘rinishida tayyorlangan bolib, tubida diametri 4 mm bo‘lgan kalibrlangan teshik
mavjud, bu teshik po‘lat zoldir
2 bilan berkitiladi, zoldir yuzasiga stakandan
tashqariga chiqib turuvchi simli ip kavsharlangan. Viskozimetr yuqori sathigacha
sinalishi lozim bo‘lgan bo‘yoq bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng bo‘yoqning
qovushoqligi uning stakandan oqib tushish vaqtini sekundomerda aniqlash yo‘li
bilan belgilanadi. Sekundomer zoldir unga kavsharlangan sim yordamida
bo‘yoqdan tezlik bilan tortib chiqarilgan paytda ishga tushiriladi va bo‘yoqning
stakandan to‘la oqib tushgungacha o‘tgan vaqt uning qovushoqligi deb belgilanadi.
2. 2- rasm. BЗ–4 viskozometrining umumiy ko‘rinishi: a) viskozimetr BЗ–4 ning shtativga o‘rnatilgan ko‘rinishi:
1 – stakan;
2 – zoldir;
3 – shtativ;
b) viskozimetr BЗ–4:
1 – rezervuar;
2 – oqizish uchun
tarnov;
3 – zanglamaydigan metalldan tayyorlangan soplo.
Xona haroratida bo‘yoqning qovushoqligi quyidagi chegaralarda bo‘lishi
lozim: maxsus bo‘yoq sepuvchi moslamalarda sepishga yaroqli bo‘lgan
bo‘yoqning qovushoqligi 20–30 s chegarasida, cho‘tka yordamida ishlatiladigan
bo‘yoqlar uchun esa 30–60 s chegarasida bo‘lishi lozim. Bo‘yoqning
viskozimetrdan oqib tushish vaqti 20 sekunddan kam bo‘lsa, bo‘yoqning
qovushoqligi yetarli bo‘lmaydi, shu bilan birga, bo‘yoqning berkituvchanlik
xususiyati past bo‘ladi. Bunday bo‘yoqlardan foydalanilganida material isrofi ortib
ketadi. Shuning uchun bunday bo‘yoqni ishlatishdan oldin suyultirilmagan bo‘yoq
qo‘shib, zarur qovushoqlikkacha quyultirish lozim. ortib ketsa ham, uni ishlatish
maqsadga muvofiq emas. Chunki bo‘yoq qovushoqligining bu ko‘rsatkichdan ortib
ketishi uning berkituvchanlik xususiyatini yomonlishtirishi bilan birga sifatli
qoplamlar olishga to‘sqinlik qiladi. Hosil qilingan qoplamalar qurish paytidayoq
yorilib ketishi mumkin. Bo‘yoqlarning ishchi qovushoqligi turli markadagi
bo‘yoqlar uchun turlichadir. Masalan, МЛ–197 uchun 20–22 s, МЛ–1110
uchun 24–28 s, МЛ–152 uchun 23–25 s, МШ–123 uchun 25–30 s,