Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bo‘yoqning qovushoqligi. 
Qovushoqlik lok-bo‘yoq materiallarining muhim 
xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning qovushoqligini to‘g‘ri belgilash va 
bo‘yoq tayyorlash jarayonida qovushoqlikni ma’lum chegarada bo‘lishini 
ta’minlash zarur. Bo‘yoqning qovushoqligini aniqlashda BЗ–4 rusumli 
viskozimetrdan (2. 2- rasm) foydalaniladi. 
BЗ–4 viskozimetrining sig‘imi 100 ml bo‘lgan plastmassa stakan 

ko‘rinishida tayyorlangan bolib, tubida diametri 4 mm bo‘lgan kalibrlangan teshik 
mavjud, bu teshik po‘lat zoldir 

bilan berkitiladi, zoldir yuzasiga stakandan 
tashqariga chiqib turuvchi simli ip kavsharlangan. Viskozimetr yuqori sathigacha 
sinalishi lozim bo‘lgan bo‘yoq bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng bo‘yoqning 
qovushoqligi uning stakandan oqib tushish vaqtini sekundomerda aniqlash yo‘li 
bilan belgilanadi. Sekundomer zoldir unga kavsharlangan sim yordamida 
bo‘yoqdan tezlik bilan tortib chiqarilgan paytda ishga tushiriladi va bo‘yoqning 
stakandan to‘la oqib tushgungacha o‘tgan vaqt uning qovushoqligi deb belgilanadi. 
 
2. 2- rasm. 
BЗ–4 viskozometrining umumiy ko‘rinishi: 
a) 
viskozimetr BЗ–4 ning shtativga o‘rnatilgan ko‘rinishi: 

– stakan; 

– zoldir; 

– shtativ; 
b) 
viskozimetr BЗ–4: 

– rezervuar; 

– oqizish uchun 
tarnov; 
3 –
zanglamaydigan metalldan tayyorlangan soplo. 
Xona haroratida bo‘yoqning qovushoqligi quyidagi chegaralarda bo‘lishi 
lozim: maxsus bo‘yoq sepuvchi moslamalarda sepishga yaroqli bo‘lgan 
bo‘yoqning qovushoqligi 20–30 s chegarasida, cho‘tka yordamida ishlatiladigan 
bo‘yoqlar uchun esa 30–60 s chegarasida bo‘lishi lozim. Bo‘yoqning 
viskozimetrdan oqib tushish vaqti 20 sekunddan kam bo‘lsa, bo‘yoqning 
qovushoqligi yetarli bo‘lmaydi, shu bilan birga, bo‘yoqning berkituvchanlik 
xususiyati past bo‘ladi. Bunday bo‘yoqlardan foydalanilganida material isrofi ortib 
ketadi. Shuning uchun bunday bo‘yoqni ishlatishdan oldin suyultirilmagan bo‘yoq 
qo‘shib, zarur qovushoqlikkacha quyultirish lozim. ortib ketsa ham, uni ishlatish 
maqsadga muvofiq emas. Chunki bo‘yoq qovushoqligining bu ko‘rsatkichdan ortib 
ketishi uning berkituvchanlik xususiyatini yomonlishtirishi bilan birga sifatli 
qoplamlar olishga to‘sqinlik qiladi. Hosil qilingan qoplamalar qurish paytidayoq 
yorilib ketishi mumkin. Bo‘yoqlarning ishchi qovushoqligi turli markadagi 
bo‘yoqlar uchun turlichadir. Masalan, МЛ–197 uchun 20–22 s, МЛ–1110 
uchun 24–28 s, МЛ–152 uchun 23–25 s, МШ–123 uchun 25–30 s, 


MC–17 uchun 20–25 s. 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin