Asosiy lok-bo‘yoq materiallari Moyli bo‘yoqlar. Moyli bo‘yoqlar tabiiy va sun’iy aliflarga quruq
bo‘yovchi moddalar va to‘ldirgichlar qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Quyuq
bo‘yoqlarni ishlatishda ularga 20–50 foizgacha alif qo‘shilib, kerakli
qovushoqlikkacha suyultiriladi. Keyingi paytlarda bo‘yoqlarning qovushoqligini
kamaytirish va ularning bahosini arzonlashtirish maqsadida ularga oz miqdorda (5–
10 foiz) uayt-spirit yoki skipidar qo‘shilmoqda. Moyli bo‘yoqlar yuzalarga, odatda,
ikki qatlamda sepiladi (yoki surtiladi), ko‘pchilik hollarda birinchi qatlam
quritilganidan so‘ng grunt vazifasini bajaradi. Moyli bo‘yoqlar asosida hosil
qilingan qoplam yuqori adgezion xususiyatga ega bo‘lib, atmosfera ta’siriga
chidamli, elastikligi yuqori va neft mahsulotlari ta’sirida erimaydi. Shu bilan birga,
moyli bo‘yoqlar bir qator kamchiliklarga ega, jumladan, hosil qilingan qoplam
quritilganidan so‘ng va hatto jilolanganidan keyin ham yetarli darajada
yaltiramaydi, qoplamni quritish uchun ko‘p vaqt (24–48 soat) sarflanadi; kimyoviy
mustahkamligi yuqori emas va tez eskiradi.
Shuning uchun avtomobillarni bo‘yashda moyli bo‘yoqlar sof holda
ishlatilmaydi. Avtotransport korxonalarida qoplamalarni tiklashda ishlatiladigan
bo‘yoqlar tarkibidagi parda hosil qiluvchilar aralashma holida bo‘ladi, masalan,
alif (o‘simlik moyi) va qattiq parda hosil qiluvchi (smolalar) aralashmasidan
foydalaniladi.
Qattiq va aralash parda hosil qiluvchilar aralashmasi asosidagi bo‘yoqlar. Qattiq parda hosil qiluvchilar asosidagi lok-bo‘yoq materiallaridan keng
foydalaniladi. Bunday materiallar jumlasiga loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va
emalli bo‘yoqlar kiradi. Bu materiallarning assortimenti juda ham xilma-xildir.
Shuning uchun quyida avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan gruntovkalar,
shpaklovkalar va emalli bo‘yoqlarning asosiy turlarigagina to‘xtalamiz.
Nitroemallar. Nitroemallarning
asosiy
parda
hosil
qiluvchisi
nitrosellulozadir (selluloza va azot kislotasining murakkab efiri). Ular
erituvchilarda eritilib nitroselluloza loki yoki, qisqacha, nitrolok olinadi. Erituvchi
sifatida ketonlar, efirlar, spirtlar, benzol va ular hosilalarining aralashmalaridan
foydalaniladi. Bunday ko‘p komponentli erituvchilar sifatida 646, 647, 648 raqamli
erituvchilari ishlatiladi.
Nitrolok va pigment aralashmasi