qo‘lda yoki maxsus mashinalar bilan jilvirlanadi, so‘ngra latta, cho‘tka yoki
changyutkich bilan changdan tozalanadi.
2. 7.
Erituvchilar
Erituvchi sifatida butil va etil spirtlari, solvent, toluol, aseton, ksilol, uayt-
spirit (benzinning 165–200°C li bo‘lgan tor fraksiyasi) va ularning aralashmalari
ishlatiladi.
Bulardan tashqari, parda hosil qiluvchi modda turiga qarab, sanoatda
chiqariladigan P–4, P–5, № 648, 646, 647, 651, РВД, PE–1, P–40 va boshqa
suyuqliklardan foydalanish mumkin. Bularning hammasi tarkibida turli miqdorda
etil,
butil spirti, aseton, ksilol va boshqa moddalar bo‘lgan eritmalardir. To‘liq
ta’mirlashda yangi qoplama surtishdan oldin eski bo‘yoqni ketkazish zarur. Buning
uchun turli erituvchi va yuvish suyuqliklaridan foydalaniladi. АТФ–1
suyuqligining ta’siri kuchli bo‘lib bo‘yoqlarni 20 daqiqa ichida parchalaydi. Bu
suyuqlikni ish o‘rnining o‘zida tayyorlash mumkin. Buning uchun aseton, spirt,
toluol, skipidar kabi erituvchilar kerak bo‘ladi. Qaynoq suvda 30–40°C gacha
isitilgan suyuqliklardan foydalaniladi. Zanglarni ketkazish uchun tarkibida
kislotalar, organik to‘ldirgichlar bo‘lgan ko‘pgina vositalar tavsiya etiladi.
Sanoatda tarkibida ortofosfor kislota, etil va butil spirtlar, gidroxinon bo‘lgan 1120
raqamli tarkib ishlab chiqariladi. Kislota zangni eritib, sirtda fosfat pardasi hosil
qiladi. Bu parda metallning yemirilishiga to‘sqinlik qiladi. Tarkib cho‘tka yoki
bo‘yoq purkagich bilan surtiladi va 2–4 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi.
Shundan keyin ishlov berilgan sirt quritiladi va kislota qoldiqlari 107
raqamli
suyuqlik (ammiak bilan etil spirtning suvdagi eritmasi) bilan neytrallanadi. Agar
zangni ketkazish uchun tayyor tarkib bo‘lmasa, unj tayyorlash mumkin. Buning
uchun shisha bankaga 40–50 g kartoshka kraxmali va shuncha suv solinib, massa
yaxshilab aralashtiriladi. Olingan aralashmani aralashtirib turgan holda asta-sekin
100 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Pasta quyulib, tiniq holatga o‘tadi.
Ishlov beriladigan sirtga tarkib cho‘tka bilan surtiladi va 2–3 daqiqadan so‘ng olib
tashlanadi. Tozalangan metall sirt kuchsiz ishqor bilan, masalan, ichimlik sodaning
3 foizli eritmasi bilan neytrallanadi va quriguncha artiladi.
Zangni ketkazuvchi barcha vositalar tarkibida zaharli moddalar bo‘ladi.
Shuning uchun ulardan ehtiyotkorlik bilan, yaxshisi,
ochiq havoda shamol
esayotgan tomonda turib, rezina qo‘lqop kiyib foydalanish zarur. irtlarni bo‘yashga
tayyorlashda bajariladigan eng so‘nggi operatsiya yog‘sizlantirishdir. Bu maqsadda
uayt-spirit yoki benzin-erituvchidan foydalanish mumkin. Yuvish vositalari
tarkibidagi moddalar yog‘ qatlamlarini yaxshi ketkazadi. 11 suvga 1g kaustik soda
(o‘yuvchi natriy), 5–10 g kalsiylangan soda, 15–25 g trinatriyfosfat, 1 g suyuq
shisha qo‘shib tayyorlangan yog‘sizlantirgichni tavsiya etish mumkin.
Sintetik
yuvish vositalari MC (MC–6, MC–5)dan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Yaxshi yog‘sizlantiradigan sirtda suv tomchilari to‘planmaydi, balki oqib tushib
ketadi. Oldindan tayyorlangan sirtga lok-bo‘yoq materiallari bo‘yoq purkagich
yoki cho‘tka bilan 2–3 qatlam qilib surtiladi. Agar purkagichdan foydalanilsa,
bo‘yoq oqimi sirtga perpendikular tarzda yo‘nalishi kerak. Material avval vertikal
polosalar tarzida, so‘ngra gorizontal polosalar tarzda surtiladi. Faqat shundagina
bir tekis qoplam hosil qilish mumkin. Bo‘yashni chang va suv tushmasligi uchun
xona ichida yoki bostirma tagida 10°C dan past bo‘lmagan
haroratda bajarish
lozim. Lok-bo‘yoq qoplama quriganidan so‘ng nam o‘tkazmaydigan qattiq parda
hosil qiladi. Barcha tayyorgarlik operatsiyalari bajarilsa, asosiy lok-bo‘yoq
materiallari (shpaklovka, gruntovka, emal) to‘g‘ri tanlansa va ularni surtish
qoidalariga
amal qilinsa, ta’mirlanganidan keyin zavodnikidan qolishmaydigan
qoplama hosil bo‘ladi. Ammo barcha operatsiyalarga to‘la amal qilinganda ham
lok va bo‘yoqlar faqat bir necha yilgina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli
materiallarni himoya qilish uchun hozir tarkibida korroziyalanishni sekinlatkichlar
(ingibitorlar) bo‘lgan zangni ketkazuvchi vositalar, ingibitor qo‘shilgan sovuqlayin
fosfatlash eritmalari ishlatilmoqda. Ular bo‘yashdan oldin avtomobillar, qishloq
xo‘jaligi mashinalari va turli uskunalarning sirtlariga ishlov berish uchun tavsiya
etiladi. Bundan tashqari, sun’iy alif asosida ingibitorli bo‘yoqlar ishlab chiqarilgan.
Bu
vositalardan foydalanilsa, zangni ketkazish va bo‘yashdan oldin sirtni
yog‘sizlantirishga hojat qolmaydi. Ingibitor qo‘shilgan 1- va 2- raqamli bo‘yoqlar,
masalan, neft mahsulotlarini saqlash hamda haydash uchun mo‘ljallangan po‘lat
quvur va rezervuarlarni korroziyalanishdan saqlaydi. Fosfat bo‘yoq qoplamlarning
narxi odatdagisidan 2–3 barobar arzon, ammo undan 3 barobar uzoq xizmat qiladi.
2. 8.
Dostları ilə paylaş: