Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
nitroemalli bo‘yoq 
deb yuritiladi. 
Nitroemallar asosida hosil qilingan qoplamalar bir qator afzalliklarga ega


jumladan, xona haroratida ham tez quriydi; jilolanganidan so‘ng neft mahsulotlari 
ta’siriga uzoq vaqt chidaydi. Shu bilan birga, nitroemallar qator kamchiliklarga 
ham ega, jumladan, qoplamalarning mexanik mustahkamligi yetarli darajada emas 
(shuning uchun ularni jilvirlash va jilolashga ancha vaqt sarflanadi); 
nitroemal asosidagi qoplamalar 75°C gacha bo‘lgan harorat ta’siriga chidamli 
bo‘lib, 140°C gacha qizdirilganida yemirilib, o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin; 
nitroemallar metallga yomon ilashadi, shuning uchun ular yaxshilab 
gruntovkalangan sirtlarga surtiladi. Emal tarkibida parda hosil qiluvchi qattiq 
modda kam bo‘lganidan, pardaning qalinligi 0,01 mm dan oshmaydi, shu sababli 
emallar 4–6 qatlam qilib surtiladi. 
Nitroemallarning yuqorida keltirilgan kamchiliklarini bartaraf etish uchun 
ularning tarkibiga asosiy parda hosil qiluvchidan tashqari qo‘shimcha parda hosil 
qiluvchilar (modifikatorlar) qo‘shiladi. Bu usul asosida hozirgi zamonaviy 
nitroemallarning barchasi, jumladan, avtomobillarni bo‘yashda ishlatiladigan НЦ–
11 turidagi nitroemallar ishlab chiqarilmoqda. Nitroemallar juda keng tarqalgan 
bo‘yoqlar jumlasiga kiradi. Yengil avtomobillarning kuzovi, qanotlari va yuk 
avtomobillari kabinalarini bo‘yashda nitroemallardan foydalanilar edi. Keyingi 
yillarda. esa bu maqsadlarda sintetik (jumladan, alkidli smolalar) parda hosil 
qiluvchilar asosidagi bo‘yoqlardan foydalanilmoqda. 
Alkidli smolalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallari. 
Bunday bo‘yoqlardan 
parda hosil qiluvchi sifatida alkidli smolalardan foydalaniladi (alkidli smolalar 
ko‘p asosli kislotalari ko‘р atomli spirtlarda polikondensatsiyalash mahsulotidir). 
Bunday parda hosil qiluvchilarning eng muhimlari gliftal (ikki asosli ftalat 
kislotani glitserindagi eritmasi) va pentaftal (pentaeritritning to‘rt atomli spirtdagi 
eritmasi)dir. Alkidli smolalarni eritishda skipidar, uayt-spirit va solvent 
(toshko‘mir smolasini haydashda ajralib chiqadigan aromatik uglevodorodlar 
aralashmasi) ko‘rinishidagi uglevodorodli erituvchilardan foydalaniladi. Gliftalli 
va pentaftalli smolalarning eritmalari 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin