Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar


gliftalli  va  pentaftalli loklar



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
gliftalli 
va 
pentaftalli loklar 
deb yuritiladi. 
Ularga pigment, to‘ldirgich va boshqa komponentlar qo‘shib gruntovkalar (ГФ–
020, ГФ–073, ГФ–089), gruntli shpaklovkalar (ГФ–018), shpaklovkalar (ГФ–075, 
ПФ–002) va emallar (ГФ–571 va boshqalar) olinadi. Gliftalli va pentaftalli 
qoplamalar (bunday bo‘yoqlar yordamida birinchi klass qoplama hosil qilish uchun 
uchta qatlam bo‘yoq berish lozim, nitroemal yordamida bunday qoplam hosil qilish 
uchun 5–7 qatlam bo‘yoq berish kerak) yuqori adgezion xususiyatga, atmosfera 
ta’siriga chidamliligi yuqori, katta mustahkamlikka, yetarli darajadagi elastiklikka, 
hosil qilingan qoplama jilolanganida oyna darajasida yaltiroqlik berish 
xususiyatiga ega. 
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan qoplamalar hosil qilish 
uchun pentaftalli bo‘yoq qatlami 80°C va undan yuqori, gliftalli bo‘yoq esa 100°C 
va undan yuqori haroratlarda quritilishi lozim. Xona haroratida quritilganida hosil 
bo‘ladigan qoplama sifati nisbatan past bo‘ladi. 
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘yoq 
materiallari. 
Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat bitta parda hosil 
qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. 
Shuning uchun lok-bo‘yoq materiallari ishlab chiqarishda parda hosil 


qiluvchilarning aralashmalaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida 
keltirilgan alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator hisoblanadi. Masalan, 
qoplamaning adgezion xususiyatini, elastikligi va yaltiroqligini oshirish uchun 
emallarga gliftalli smolalar qo‘shiladi. Bunday modifikator asosida qurish tezligi 
bo‘yicha toza nitroemalga xos, qoplamaning xususiyatlari bo‘yicha esa gliftalga 
xos bo‘lgan nitrogliftalli emal olinadi. Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari 
asosidagi emallar jumlasiga МЛ–12 turidagi melaminalkidli emallar ham kiradi. 
Melaminalkidli emallar avtomobillarning kuzovlari, qanotlari va kabinalarini 
bo‘yashda ishlatiladi. Ular alkidli va melaminformaldegidli smolalar 
aralashmasidagi pigmentlar suspenziyasidan iborat bo‘ladi. Melaminalkidli 
emallarning qovushoqligini ta’minlashda solvet yoki maxsus erituvchilardan (№ 
651 va boshqalar) foydalaniladi. Melaminalkidli emallar asosida yuqori sifatli 
qoplamalar hosil qilish uchun ularni yuqori haroratlarda (120–140°C) quritish 
lozim. Ular jilolamasdan turib yaxshi yaltiraydigan, suv va neft mahsulotlari 
ta’siriga chidamli, elastik, qattiq qoplama olish imkonini beradi. МЛ–12 turidagi 
emallar taxminan 100 xil rangda ishlab chiqariladi. Avtomobil sanoatida МЛ–12 
turidagi bo‘yoqlardan tashqari boshqa turdagi parda hosil qiluvchilarning 
aralashmalari asosidagi bo‘yoqlardan ham foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
-
ГФ–017 melaminalkidli gruntovkalari (fosfatlangan sirtga ega bo‘lgan uzel 
va detallarni bo‘yashda ishlatiladi);
-
МЛ–152 emali (yuk avtomobillarining kabina va qanotlarini bo‘yashda 
ishlatiladi);
-
МЛ–197 va МЛ–1100 emallari (yengil avtomobillarning kuzovi, qanotlari 
va uzellarini bo‘yashda ishlatiladi);
-
МШ–123 markali mochevina-alkidli emallar (avtomobil ramalari, g‘ildirak 
disklari, radiatorlar va boshqa detallarni bo‘yashda ishlatiladi); 
-
МШ–145 (yuk avtomobillarining metall va taxta platformalarini bo‘yashda 
ishlatiladi); 
-
ФЛ–787 markali fenolformaldegid-alkidli emal (yonilg‘i baklarining ichki 
sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi); 
-
MC–006 markali alkidli-stirolli shpaklovka, MC–17 markali emal 
(dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar. 
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli emallar metallar, 
yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi. Hosil bo‘lgan pardalar yonmaydi, 
nam ta’siriga chidamli, neft mahsulotlari tegadigan sharoitda ham ishlay oladi. 
Perxlorvinilli emallar xona haroratida 2–3 soat mobaynida quriydi. Akril smolalar 
asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga ega. Agar ular epoksid 
gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6 yilgacha yaroqli holatda saqlanadi. Ko‘pgina 
lok-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit loki kabi termoreaktiv smolalar 
asosida olinadi. Plastifikator emallar 200–300°C gacha haroratda ham ishlay oladi. 
Ularning ko‘pchiligi sovuqlayin (xona haroratida) qurishi mumkin. Agar qoplama 
110–140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari yaxshilanadi. Kremniyorganik 


smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar ishlab chiqariladi. Ishlab 
chiqariladigan loklar, bo‘yoqlar markalarining ko‘pligi va ularni belgilashda bir 
xillikning yo‘qligi anchagina qiyinchiliklar tug‘diradi. Har bir muayyan holda 
ushbu material uchun berilgan tavsiyalarga rioya qilish zarur. Yengil avtomobillar 
va yuk avtomobillarini bo‘yashda ishlatiladigan asosiy lok-bo‘yoq materiallari 
to‘g‘risida ma’lumot 2. 1- va 2. 2- jadvallarda keltirilgan. 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin