Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar 
Lok-bo‘yoq 
qoplamalar 
metallarni 
korroziyalanishdan 
saqlabgina 
qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning tashqi ko‘rinishini 
ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik 
uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan 
tashqari, bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xossalariga 
ega bo‘ladi. Lok-bo‘yoq materiallari detallarning yuzalarini yupqa qatlam bilan 
qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam 
lok-bo‘yoq qatlami 
deb yuritiladi. Lok-
bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas va metall qoplamalar kabi buyum 
hamda konstruksiyalarni tashqi muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish 
berish uchun xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan, 
yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish 
maqsadida foydalaniladi. 
Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob berishi va uzoq muddat 
ishlashi uchun quyidagi talablarga javob berishi: 
– bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori adgeziya 
xususiyatiga ega bo‘lishi lozim; 
– yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elastiklikka ega 
bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda mexanik yoki harorat ta’sirida 
vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida qoplamda yoriq va darzlar 
vujudga keladi; 
– imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh nurini kam 
o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasligi zarur. Qoplamning suv 
va uning bug‘i, havo va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi 
atmosfera ta’siriga 
chidamliligi 
deyiladi; 
– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson tiklanishi 
lozim; 
– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi lozim. 
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida sanab 
o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va boshqa sabablarga 
ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil 
qilgan har bir qatlam bir yoki bir nechta talabga javob berishi darkor. 
 
2. 2. 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin