Lok-bo‘yoq materiallari haqida umumiy ma’lumotlar


Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar



Yüklə 147,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix26.12.2023
ölçüsü147,37 Kb.
#197569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 
Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini baholashda bir qator ko‘rsatkichlarga 
asoslaniladi: bo‘yoqning berkituvchanligi, qovushoqligi, mustahkamligi, qurish 
tezligi va boshqalar.
Bo‘yoqning berkituvchanligi. 
Bo‘yoq bir jinsli yuzaga bir tekis qilib 
surtilganda shu yuzaning avvalgi rangini ko‘rinmaydigan holga keltirish xususiyati 
yoki ular oq-qora rangli yuzaga surtilganida undagi oq va qora joylar orasidagi farq 
yo‘qolib, yuzaning hammasini bir xil rangli qilib ko‘rsata olish xususiyatlari shu 
bo‘yoq va 
emalning biriktiruvchanligi 
deyiladi. Son jihatidan esa bo‘yoqlarning 
berkituvchanligi 1 m2 yuzaning oldingi rangini ko‘rinmaydigan holga kelguncha 
bo‘yash uchun sarf bo‘lgan bo‘yoqning gramm hisobidagi miqdori bilan ifodala 
nadi. Ishlatishga yaroqli bo‘lgan moyli bo‘yoqlar va emallarning berkituvchanligi, 
odatda, yo‘lli oyna plastinka yoki shaxmat taxtasi usuli bilan aniqlanadi. Ikkala 
holda ham cho‘tka bilan surtilgan va hali qotmagan emal va bo‘yoqlarning 
berkituvchanligi aniqlanadi.
Boyoqning berkituvchanligini yo‘lli oyna plastinka yordamida aniqlash. 
Bunda qalinligi 2–2,5 mm bo‘lgan, rangsiz oynadan kesib olingan 100–300 mm 
o‘lchamli plastinkaning bir tomoniga uzunligi 250 mm va eni 15 mm keladigan 
tasma shaklidagi uch yo‘l bo‘yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet tomoni 
qora, o‘rtasi esa oq rangga bo‘yaladi. Plastinkaning ikkinchi tomoniga sinalayotgan 
material cho‘tka bilan yupqa qilib surtiladi. Oq qog‘oz ustiga qo‘yilgan 
plastinkaning sirti tasma shaklida, uch yo‘lli bo‘yoq surtilgan ranglar ko‘rinmay 
qolgunicha bo‘yash davom ettiriladi. Agar birinchi qatlam berilganidan so‘ng oq 
va qora yo‘llar ko‘rinsa, u holda qatlam 5 daqiqa davomida quritiladi va ikkinchi 
qatlam bo‘yoq beriladi va shunday yo‘l bilan bo‘yash oq va qora yo‘lli ranglar 


ko‘rinmay qolgunicha davom ettiriladi. Shundan so‘ng bo‘yalgan oyna plastinka 
50–60°C haroratda 10 daqiqa davomida quritiladi. Bo‘yashdan oldin va 
bo‘yalganidan keyin plastinka tortiladi va uni berkitish uchun sarf bo‘lgan 
sinalayotgan bo‘yoqning miqdori aniqlanadi. 

Yüklə 147,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin