2. 3- rasm. Elastilikni aniqlovchi har xil tipli asboblar.
Bo‘yoq pardasining egilishga bo‘lgan mustahkamligi bo‘yoqni qanday ish
sharoitlarida ishlatish mumkinligini aniqlashga imkon beradi. Lok-bo‘yoq
pardaning egilishga bo‘lgan mustahkamligi elastiklik shkalasi deb nomlangan
asbobda aniqlanadi (2. 3- rasm). Bunda pardali asos ma’lum diametrli sterjenga
o‘ralganda uzilmasligi (sinish, yorilish, darz ketish) va ko‘chmasligi kerak. Asbob
plastmassa
taglikka
o‘rnatilgan va vintlar yordamida mahkamlangan.
Mustahkamligi aniqlanishi lozim bo‘lgan bo‘yoq qalinligi 0,2–0,3 mm bo‘lgan
tunuka plastinkaga surkaladi va quritiladi. Quritilganidan keyin (nitroloklar uchun
qurish vaqti 24 soat, moyli bo‘yoqlar uchun 72 soat) undan eni 20 mm, uzunligi
100 mm li tasma qirqib olinadi. Keyin tasmalardan birining bo‘yalgan tomoni
yuqoriga qilimib, diametri 20 mm bo‘lgan sterjen atrofida 180°ga egiladi. Egish
xona haroratida (20 ± 5°C) va qisqa vaqt (2–3 s) ichida amalga oshiriladi. Agar
parda sirtida egilishdan so‘ng lupa yordamida ko‘rinadigan singan yoki darz
ketgan joylar bo‘lmasa egishni diametri 15 mm, 10 mm li va hokazo sterjenlarda,
ya’ni bo‘yoq parda sirtida yoriqlar (darz ketish va qatlam-qatlam bo‘lib ko‘chish)
paydo bo‘lgunicha davom ettiriladi.
Bo‘yoq pardasining egilish mustahkamligi shu lok-bo‘yoq pardani egishda
shikastlanmay qolgan sterjenning eng kichik diametric bilan ifodalanadi. Masalan,
«Elastiklik 15» deyilganida, parda diametric 15 mm dan ortiq bo‘lgan sterjenlar
atrofida egilganda o‘zgarmaydi deb tushuniladi, ammo diametri 10 mm li sterjenda
u buziladi va yoriqlar bilan qoplanadi. Agar parda diametri 20 mm bo‘lgan sterjen
atrofida egilganida urilish yoki ko‘chib ketish hollari ro‘y bersa, u holda parda
elastic emas, ya’ni mo‘rt deb baholanadi. Pardaning zarbiy kuch ta’siriga
chidamliligini aniqlash bo‘yalgan sirtga yuqoridan sharcha tashlab aniqlanadi.
Odatda, har bir buyum uchun texnikaviy shart yoki standartlarda parda
mustahkamligi ko‘rsatiladi.
2. 9.