ya’ni sirti silliq, bir xil rangda bo‘lishi va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi lozim. Yuk
avtomobillarining kuzovlarini bo‘yashda gruntovka, mahalliy shpaklovka va 2–3
qatlam bo‘yoq beriladi. Qatlam 2- klass talablariga mos kelishi kerak (tekis, silliq
yuzalarda mayda dog‘lar, chiziqlar va boshqalar bo‘lishiga ruxsat etiladi).
Avtomobillar ramasi, neft mahsulotlari taralari, o‘tkazgich quvurlar va boshqalar
3- va 4- klass talablari asosida bo‘yaladi. 3- va 4-klass qoplami 1–2 qatlam
bo‘yoqdan (ba’zi hollarda gruntsiz) iborat bo‘ladi va metallni korroziyadan,
yog‘ochni chirishdan himoyalaydi. Bunda notekisliklar, ko‘zga tashlanadigan
nuqsonlar (qoplamning himoya xususiyatiga ta’sir etmaydigan) bo‘lishiga ruxsat
etiladi. Lok-bo‘yoq materiallarining asosiy komponentlari lok, grunt, shpaklovka,
bo‘yoq va plyonka hosil qiluvchilardan iborat. Suyuq (paxta, kungaboqar va
boshqa moylar) va qattiq (alifning turli navlari) plyonka hosil qiluvchilar
hisoblanadi. Plyonka hosil qiluvchining tegishli erituvchidagi eritmasi lok deyiladi.
Plyonka hosil qiluvchi turiga ko‘ra ikki:
-
Alif + pigment
→
moyli bo‘yoq;
-
Lok + pigment
→
emalli bo‘yoqko‘rinishida bo‘ladi.
Pigment sifatida metall oksidlari kukunlaridan (temir, qo‘rg‘oshin, rux, titan va
boshqalar), yaxshilab maydalangan tabiiy noorganik moddalar (bo‘r, oxra) va
aluminiy kukunidan nisbatan ko‘p foydalaniladi. Pigmentning asosiy vazifasi
bo‘yoqqa rang berishdan iborat.
Lok-bo‘yoq materiallari tarkibiga plyonka hosil qiluvchi, erituvchi va
pigmentlardan tashqari qovushoqligini kamaytirish uchun qo‘shimcha, qoplam
elastikligini oshirish uchun plastifikatorlar, bo‘yoqning tezroq qurishini ta’minlash
uchun sikkativ (katalizator) lar qo‘shiladi.
2. 3.
Dostları ilə paylaş: