Bu yerda 3-4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya
boshlaydi.
Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi.
Opistorxozni birinchi marta 1891-yilda Tomsk shahrida shifokor K.N.
Vinogradov aniqlagan. Asosiy xo‘jayini organizimda opistorxis 25 yil
yashaganligi fanga ma’lum.
Ishni о ‘tkazish tartibL
Mushuk ikki so‘rg‘ichlisining doimiy
bo‘yalgan preparatini lupa va mikroskopning kichik obyektivi ostida
qarab tekshiring.
Tanasining oldingi tomonini toping. O g'iz va qorin so‘rg‘ichlarini,
qizilo‘ngachini va ichagidagi ikkita shoxini qarab tekshiring. Parazit
tanasining o‘rta qismidagi sariqdonlarini toping. Tanasining keyingi
qismida bo‘lak-bo‘lak va ketma-ket joylashgan ikkita katta urug‘donini
toping. Urug‘donlarining oldingi qismida oval shaklidagi kichikroq
tuxumdon va sal kattaroq urug‘ olib keluvchi pufagi joylashadi.
M ushuk ikki so‘rg‘ichilisi tanasining orqa tomonida ayirish
sistemasining ekskretor pufagi ravshan ko'rinadi. Mushuk ikki
so‘rg‘ichlisining rivojlanish sikli sxemasini albomga chizib oling.
Dostları ilə paylaş: